13
«Tulki, xo‘roz va quyon» kabi ertakni sahnalashtirishni juda sevadilar. Ertak va
hikoyalarni bolalar ko‘pincha o‘zlarining ijodiy rolli o‘yinlarida sahnalashtiradilar,
bu o‘yinlarda tulki, sichqon, xo‘roz, quyon kabi personajlarni o‘yinlarda aks
ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar.
Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining
o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she’r, ertak
qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlari mana shunday o‘rganiladi.
Sahnalashtirish ishini quyidagi bosqichlar bo‘yicha o‘tkazish mumkin:
1-bosqich. Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun adabiyot tanlaganda
quyidagi talabga rioya qilish kerak:
1. Ertak, hikoya yoki she’rda qatnashuvchilar ko‘p bo‘lishi kerak.
2. Asarda mazmun yaxshi bolib qolmasdan, harakatlarning xili ham ko‘p bo‘lishi
kerak.
3. Asar ifodali o‘qishga mos kelishi shart.
4. Mazmuni qiziqarli bo'lishi kerak.
5. Asar bolalarning yoshiga mos kelishi kerak.
2-bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, she’r yoki ertakning mazmunini
o‘qib berish yoki qo‘g‘irchoq, soya teatrida ko‘rsatish orqali tanishtiriladi. 3-
bosqich. Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari uchun uni qayta o‘qib berish,
postanovka ko‘rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
4-bosqich. O‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun o‘yinga kerakli
materiallar, kiyimlar tayyorlab berish va shu bilan birga to‘g‘ri rahbarlik qilish
kerak. Bu ishni tarbiyachi bajaradi, katta guruhda esa tarbiyachi yordamida u bilan
birgalikda bolalar bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka doir rasmlar ko‘rsatadi.
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo‘lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo‘lib
qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg‘om», «Bo‘g‘irsoq» kabi
ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi.
Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she'rlar ham
olinadi. Sahnalashtirish o‘yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi.
Masalan, tarbiyachi o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar
tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab
munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg‘ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar yoqqanini,
ular ko‘proq qaysi asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan
rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar
vujudga kelganini yozib boradi, Mana shu asosda bo‘lg‘usi sahnalashtiriladigan
o‘yinlar jonlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: