9
bir bola o‘ziga
olgan rolni bajaradi masalan, ona, haydovchi, tarbiyachi, enaga,
san’atkor va hokazo. Rolli o‘yinlarda didaktik, qoidali - harakatli o‘yinlardagi
singari qat’iy o‘rnatilgan qoida bo‘lmaydi. Bunda ko‘pincha bolalar o‘z xayol qilgan
narsalari bo‘yicha harakat qiladilar. Masalan, “raketa tushib oyga uchadilar”,
“paroxodda suzadilar”, “kasalni davolaydilar”.
Ammo bolalarning xayollari bilan o‘ynashlari ularni real voqealikdan
uzoqlashtirib yubormaydimi degan savol tug‘iladi, yo‘q, bolalar o‘zlari
buning
o‘yinligini yaxshi biladilar. Shu bilan birga bolalarning kechinmalari, hayajonlari,
qilgan harakatlari hammasi rostakam, sidqidildan bo‘ladi. Masalan, “doktor”
rolidaga bola kasal to‘g‘risida qayg‘uradi. O‘yin mavzui bolalar olgan taassurotning
kuchli, bolalarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O‘yinda bolalar aks ettiradigan
ijtimoiy-siyosiy voqealar bolalarning bilim doirasi va hayotiy tajribasimng kengayib
borishiga bog‘liq bo‘ladi. Rolli o‘yinlarining mazmuni va mavzusi o‘zgarishi bilan
bir qatorda uning tuzilishi va o‘yin shartlari o‘zgaradi, bolalarning mustaqilligi va
tashabbuskorligi ham o‘sib boradi. Avvalgi bolalar o‘z-o‘zicha
alohida-alohida
o‘ynaydilar. Sekin-asta rolli o‘yinlarning paydo bo‘lishi, o‘yinda kishilar o‘rtasidagi
munosabatni aks ettirish birgalikda bajariladigan o‘yinni keltirib chiqaradi. Avvaliga
katta bo‘lmagan guruhchalar 2-3 kishidan iborat bo‘lib o‘ynashadi, katta va
tayyorlov guruhlariga kelib kattaroq jamoaga birlashadilar. O‘yinda har xil rollar
orqali o‘zaro munosabatda bo‘lish bolalarda o‘rtoqlik munosabatlarini
shakllantirishga yordam beradi. O‘yinning tuzilishi va mazmuni o‘zgarishi bilan
o‘yinchoqning roli va bolalarning unga nisbatan talabi ham o‘zgarib boradi va h.k.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda ijodiy o‘yinning rivojlanib borishi. Uch yoshdagi
bolalarning o‘yinlari yangi tus oladi: bola qo‘g‘irchoqni va o‘zini kishilarning nomi
bilan atay boshlaydi: masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar
undan
sen kimsan, deb so‘rasa, “Haydovchiman” deb javob beradi. Yoki qizcha
qo‘g‘irchog‘iga ovqat pishirayapti. “Sen kimsan?”- degan savolga “Men
oshpazman” deb javob beradi. Bolalar o‘z o‘yinlarida sekin-asta
murakkab
bo‘lmagan syujetli o‘yinlarni o‘ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik
turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks etadi. Bolaga ovqat berishadi,
uxlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi. Yana ovqat berishadi va uxlatishadi.
Yoki qo‘g‘irchoq kasal bo‘lib qolsa, darrov uning qo‘li, oyog‘i bog‘lanadi,
yolg‘ondakam dori beriladi. Uchinchi yoshning oxiriga
kelib bola rol tanlay
boshlaydi. “Men oyisiman”, “Men – vrachman” deb bular birdaniga enaga,
tarbiyachi, doktor bo‘lib qolishi mumkin. Bola to‘rt yoshga o‘tganda syujetli-rolli
o‘yinlar ancha rivojlana boshlaydi. O‘yinlar mavzui har xil bo‘lib, boyib boradi. Bu
yoshdagi bolalar o‘z o‘yinlarida oila, MTTni, avtobusda, tramvayda kelayotgan
kishini aks ettiradilar. Tevarak-atrofni kuzatish natijasida tasavvurlari kengayadi, bu
ularning o‘yin mazmuniga ta’sir etadi: bayramlar, magazin,
transporting har xil
10
turlarini aks ettira boshlaydilar. Ammo bu yoshda ular hayotdagi voqealar
o‘rtasidagi bog'liqliklarni hali tushunib yetolmaydilar. Bola besh yoshga qadam
qo‘yganda undagi kuzatuvchanlik tafakkuri rivojlanganligi, bilim doirasi
kengayganligi sababli o‘yin mazmuni ham murakkablashib boradi. Xayolning
rivojlanib borishi orqasida ertak va hikoyalar mazmuni bo‘yicha murakkab
bo‘lmagan o‘yinlarni o‘ynashadi. O‘yin mazmuni bilan bir qatorda bolalarda hislar
ham rivojlanib boradi. Kundalik hayotga nisbatan bolalarda hissiyot yuqori bo‘ladi.
O‘yin birinchidan, xursandchilik bilan hamohang kechadi. Ikkinchidan, bolalar
kattalarning hislarini o‘z o‘yinlarida aks ettiradilar. Katta maktabgacha yoshdagi
bolalarda ijodiy o‘yin juda ham yaxshi rivojlanadi. Bu o‘yinlarda bolalar o‘zlari
eshitgan, ko‘rgan voqealar, hikoyalar, kitoblar va boshqamanbalardan olgan bilim,
malakalarini, his-hayajonlarini to‘la qo‘llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar
o‘yinlarida berilgan ta’limtarbiyaning natijasi yaqqol ko‘rinib, sezilib turadi. Bolalar
kim bilan o‘ynashi to‘g‘risida va o‘yinning qanday borishi to‘g‘risida o‘zaro
kelishib oladilar. O‘yinlar uzoqroq davom etadigan bo‘lib boradi. Bitta o‘yinni uzoq
vaqt, hatto bir necha kun o‘ynash mumkin, bunda har gal o‘yinga
yangilik kiritib
boriladi. Uzoq davom etadigan o‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlarining
yuqori bosqichi hisoblanadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlariga to‘g‘ri
rahbarlik qilib borilsa, ularning mustahkam jamoasi yuzaga kelib, u o‘z an’anasiga,
o‘z qoidasiga ega bo‘ladi. Bolalarda birgalikda ijod qilish qobiliyati rivojlanadi, ular
o‘rtoqlarining fikri bilan kelishadigan, fikriga quloq soladigan bo‘lib boradi. Bolalar
jamoasining shakllanishi uzoq vaqtni talab etadigan murakkab ish. Bolalar o‘rtasida
murakkab munosabatlar yuzaga kela boshlaydi. Har bir bolaning o‘ziga xos
xususiyati yaqqol namoyon bo‘lib boradi. Bunda bolalar faol tashkilotchi, o‘ziga
ishonadigan va aksincha, tortinchoq, indamaslarga bo'linadi. Faol bolalar har doim
o‘yinni o‘z xohishiga qarab tanlaydi, qiziqarliroq rolni talab etadi. Ular ba’zan
o‘yinni buzishadi, o‘rtoqlarini xafa qilishadi, ammo tarbiyachining ta’siriga tez
berilishadi.
Ularning ijobiy xususiyatlari, sog‘lom qiziqishlari bo‘ladi, tarbiyachi
mana shular asosida ularning ongi va hissiga ta’sir etadi. O‘yin mavzusi o‘zgarishi
bilan o‘yinda qatnashuvchilarning ham o‘zaro munosabatlari o‘zgarib boradi.
Kichkina bolalarning har biri o‘z holicha o‘ynasa, keyinchalik 2-3 kishi bo‘lib
o‘ynay boshlaydi, o‘rta maktabgacha yoshga kelganda o‘ynovchilar soni ko‘payib,
o‘rtoqlik munosabatlari tarkib topa boshlaydi, bunday munosabatlar o‘yinga mavzu
tanlashda, rollar va o‘yinchoqlarni taqsimlashda yuzaga keladi. O‘yinning tuzilishi
va mazmuni rivojlanib borishi bilan o‘yinchoqning roli va unga talab ham o‘zgarib
boradi. Kichkina bolalar o‘yinini ko‘pincha o‘yinchoq belgilaydi. Bitta o‘yinchoq
bir nechta vazifani bajarishi mumkin. O‘rta va katta maktabgacha yoshdagi
bolalarda o‘yin to‘g‘risidagi fikr avval tug‘iladi. Keyin o‘ynay boshlaydi. O‘yinchoq
o‘yin mazmuniga qarab tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: