5
yaratilishi kerak. Bolalarning ijodiy o‘yinlarini rivojlantirish uchun esa o‘z
navbatida yaxshi tashkil etilgan bolalar jamoasi zarur bo‘ladi.
O‘yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, MTTning ta’lim-
tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomonlama tarbiyalashda katta o‘rin tutadi,
O‘yinda bola organizmiga xos bo‘lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy
faollik ortadi, bardamlik,
tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham
bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o‘yin munosib o‘rin egallaydi, O‘yin
ta’lim va mashg‘ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog‘liq
bo‘lib juda katta ta’lim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o‘yinlarda muhim bilim
egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurini,
xayolini, diqqatini, xotirani faollashtirishni talab qiladi,
bola masalalarni mustaqil
hal qilishga o‘rganadi, o‘ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq va
osonroq usul o‘ylab topadi, o‘z bilimlaridan foydalanish va uni so‘z bilan
ifodalashga o‘rganadi.
O‘yinda aks ettirilayotgan narsani bilib olishga qiziqish uyg‘onadi. Ko‘pincha
o‘yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish
uchun xizmat qiladi. Ijodiy o’yinni tor didaktik maqsadlarga bo‘ysundirib
bo‘lmaydi, bu o‘yin yordamida juda katta tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi. Qoidali
o‘yin bolaning sensor rivojlanishini,
tafakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqati va
xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish imkonini
beradi. Har bir qoidali o‘yin ma’lum didaktik maqsadga ega bo‘lib, bolani umumiy
rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Ta’limning o‘yin shaklida bo‘lilshi muhim
ahamiyatga ega bo‘lib bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Ta’limning
o‘yin shaklida bo‘lishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bolaning yosh xususiyatlariga
mos keladi. Qiziqarli o‘yin bolaning aqliy faolligini oshiradi, o‘yinda bola
mashg‘ulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. Bu ta’lim
butunlay o‘yin shaklida bo‘lishi kerak degan gap emas. Ta’lim turli usullar va
metodlarni qo‘llashni talab etadi. O‘yin ta’lim shakllaridan biri bo‘lib,
boshqa bir
6
metod bilan qo‘shib olib borilgandagina yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat,
so‘zlab berish va hokazolar. Bola o‘ynayotib o‘z bilimidan foydalanishni, uni har xil
sharoitda ishlata bilishni o‘rganadi. Ijodiy o‘yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum
yasashi, tajriba qilishiga keng yo‘l ochiladi
O‘yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O‘yin
jarayonida yuz bergan kechinmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun
o‘yin bolada yaxshi hislarni, ulug‘vor orzular va intilishlarni, sog‘lom qiziqishlarni
tarbiyalashga yordam beradi. O‘yin mustaqil faoliyat bo‘lib, bu jarayonda bolalar
o‘z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga
erishishdagi umumiy kechinmalar birlashtiradi. Shuning uchun o‘yin do‘stona
munosabatlarni
tarbiyalashda,
jamoa
hayoti
malakalarini,
tashkilotchilik
qobiliyatlarini shakllantirishda muhimdir. Birgalikdagi o‘yin bilan birlashgan kichik
bolalar jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi
har bir bolani faol o‘yinga jalb qilish, bolalar o‘rtasida do‘stlikka, haqqoniylikka,
o‘rtoqlarini javobgarligini sezishga asoslangan munosabatlar o‘rnatishdan iborat.
O‘yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o‘z
o‘yinlarida har xil kasbdagi kishilari aks ettiradilar.
Bu bilan ular kattalarning
harakatlariga taqlid qilib qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga, mehnatiga
bo‘lgan munosabatlarini ham aks ettiradilar. O‘yin bolada ko'pincha mehnat qilish
xohishini uyg‘otadi, o‘yin uchun kerakli narsalarni tayyorlash va yasashga majbur
qiladi. O‘yinda hozirgi zamon bolalariga xos bo‘lgan texnikaga qiziqish paydo
bo‘ladi va rivojlanadi, bolalar har xil mashinalar yasaydilar va texnik o‘yinchoqlar
bilan o‘ynaydilar. O‘yin estetik tarbiyaning muhim vositasidir. O‘yinda ijodiy
xayol, fikrlash qobiliyati yuzaga keladi va rivojlanadi. Yaxshi tanlangan o‘yinchoq
badiiy didni tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli o‘yinlarda
harakatning
go‘zalligi va maromi bolalarni o‘ziga maftun qiladi. O‘yinning katta tarbiyalovchi
ahamiyati o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. O‘yin befoyda, hatto zararli bo‘lishi,
ba’zan yomon hislarni qo‘zg‘atishi mumkin. Tarbiyachi o‘yin yordamida bolalarni
har tomonlama rivojiantirish vazifasini amalga oshirish uchun unga muntazam
ravishda ta’sir etib borishi zarur.
Bu vazifani hal etishda o‘yin bolalar bog‘chasidagi ta’limtarbiyaviy ishning
hamma tomonlari bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. O‘yinda bolalarning
mashg‘ulotlarda olgan bilim va malakalari aks etadi va rivojlantiriladi,
ular orqali
esa bola hayotga o'rgatiladi. Ikkinchi tomondan, o‘yinda tarbiyalangan sifatlar
faoliyatning boshqa turlariga ko‘chiriladi.
Dostları ilə paylaş: