Mavzu: Shisha ishlab chiqarishda ishlatiladigan kimyoviy birikmalar



Yüklə 71 Kb.
səhifə4/5
tarix22.07.2023
ölçüsü71 Kb.
#137097
1   2   3   4   5
Shisha ishlab chiqarishda ishlatiladigan kimyoviy birikmalar

4. Shisha va sementning olinishi.
Odatdagi deraza oynasining tarkibi taxminan ushbu formula bilan ifodalanadi: Na2O•CaO•6SiO2. Shisha soda, ohaktosh va oq qum aralashmasini maxsus pechlarda birga suyuqlantirish orqali olinadi. Suyuqlantirishda dastlab natriy va kalsiy silikatlari hosil bo`ladi. Bu silikatlar bilan qumtuproq suyuqlanib bir butun massa hosil bo`ladi va u asta-sekin sovitiladi:
SiO2 + Na2CO3 = Na2SiO3 + CO2 SiO2 + CaCO3 = CaSiO3 + CO2
Na2SiO3 + CaCO3 + 4SiO2 = Na2O•CaO•6SiO2

Shisha ishlab chiqarishda Na2CO3 o`rniga ko`pincha Na2SO4 va ko`mir ishlatiladi. Bu holda Na2SiO3 quyidagi reaksiya tenglamasiga muvofiq hosil bo`ladi:


2SiO2 + C + Na2SO4 = 2Na2SiO3 + CO2↑ + 2SO2
Maxsus shisha olish uchun boshlang`ich aralashmaning tarkibi o`zgartiriladi. Soda Na2CO3 o`rniga potash K2CO3 ishlatib, qiyin suyuqlanadigan shisha (kimyoviy idishlar uchun) olinaadi. Bo`r CaCO3 o`rniga qo`rg`oshin (II)–oksid PbO, soda o`rniga potash ishlatib, billur shisha olinadi.
Boshlang`ich aralashmaga metall oksidlarini qo`shish shishaga turlicha rang beradi: Cr2O3 yashil, CoO ko`k, MnO2 to`q qizil. Shishadan texnika ehtiyojlari uchun tola va to`qimalar tayyorlanadi. Shishakristall materiallar, ya`ni sitallar ishlab chiqariladi. Ulardan elektr izolyator, idishlar va boshqalar tayyorlanadi.
Odatdagi silikat sement, ya`ni portlandsement yashilroq-kilrang kukun bolib, suvga qorilganda havoda yoki suvda toshsimon massa bo`lib qotadi. Odatda u ohaktosh bilan gildan iborat xomashyo massani qovushgunga qadar kuydirish (1400-1600 0C) yo`li bilan olinadi.
Qizdirish aylanib turadigan silindrsimon maxsus pechlarda amalga oshiriladi. Hosil bo`ladigan qovushgan donador massa klinker deb ataladi. Bu chala mahsulot. Unga tegishli qo`shimchalar qo`shib, sharli tegirmonlarda mayin kukun holigacha maydalanadi va oxirgi mahsulot olinadi.
Tabiatda tarkibida portlandsement olish uchun zaruriy nisbatlarda ohaktosh bilan gil bo`ladigan jinslar uchraydi, ular
Yüklə 71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin