- namo: narsadan anglashilgan xususiyatga egalik belgisini ifodalaydi: majnunnamo, avliyonamo, darveshnamo.
Bulardan tashqari -kash (dilkash, hazilkash), -gar(ishvagar, sitamgar), -chil (dardchil, xalqchil), -don (gapdan, bilimdon), -msiq (qarimsiq), -m (qaram), -lom (sog‘lom), -qa (qisqa), -lik(ko‘rpalik, ko‘ylaklik mato), -omuz (hazilomuz, ibratomuz) kabi kam unum affikslar orqali ham sifat yasaladi.
2. Fe’ldan sifat yasovchi affikslar:
2. Fe’ldan sifat yasovchi affikslar:
-choq\-chaq\-chiq. O‘zlik nisbatdagi fe’llarga qo‘shilib, harakat bajarishga moyillikning kuchliligini ifodalovchi sifat yasaydi: maqtanchoq, tortinchoq, kuyinchak, erinchoq, sirpanchiq, qizg‘anchiq.
-gir\-qir\-g‘ir\-kir. Fe’ldan anglashilgan harakatning kuchliligini ifodalovchi sifat yasaydi: topqir, uchqur, chopqir, olg‘ir, sezgir, keskir.
-ma. Narsaning fe’ldan anglashilgan harakat vositasida yuzaga kelishini anglatuvchi sifat yasaydi: qaynatma (sho‘rva), burma (ko‘ylak), ko‘chma (ma’no), ag‘darma (etik).
-k\-q\-iq\-uk\-uq\-ak. Harakatning natijasi bo‘lgan holat belgisini ifodalovchi sifat yasaydi: iliq, siniq, yig‘loq, chirik, oqsoq, yumshoq, bo‘lak.
-ki\-qi. Fe’l va taqlid so‘zlardan sifat yasaydi: sayroqi, buzuqi, yig‘loqi, jizzaki, jirtaki.
-kin\-qin-\-g‘in. Fe’l asosiga qo‘shilib, holat, xususiyat ma’nosidagi sifat yasaydi: tushkun, jo‘shqin, ozg‘in, turg‘un.
-mon. Asosdan anglashilgan harakatni bajarish qobiliyati kuchli ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi: bilarmon, o‘larmon, yeyarmon.
-ag‘on. Fe’ldan anglashilgan harakatni bajarish qobiliyati kuchli ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi: topag‘on, bilag‘on, chopag‘on.
Dostları ilə paylaş: |