Mavzu: Signal simvollarini bir-biriga qo‘shilishi. Raqamli aloqa tizimlarida signal-shovqin nisbati



Yüklə 15,58 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü15,58 Kb.
#210941
1   2   3   4   5
Mavzu Signal simvollarini bir-biriga qo‘shilishi. Raqamli aloqa-hozir.org

1.1-rasm. Xabar va signallarning turlari: a) uzluksiz signal, b) ikkilik "Q1" va "0" impulsli signal, v) ikkilik "Q1" va "–1" impulsli signal 1.2-rasm. Vaqt va sath bo‘yicha diskret signallar: a) vaqt bo‘yicha diskret signal; b) sath bo‘yicha diskret signal

Odatda 1; 0 va +1; –1 oddiy signallar davomiyligi bir hil tanlanadi.


  • 3. Vaqt bo‘yicha diskret signallar qiymati o‘zining eng kichik Umin va eng katta Umax qiymatlari orasidagi har qanday kattalikka ega bo‘lishi mumkin (1.2a-rasm). Odatda vaqt oralig‘i Δt bir hil qilib tanlanadi.

  • 4. Vaqt va sathi bo‘yicha diskret signallar (1.2b-rasm) deb, har bir diskret kΔt vaqtda qiymati avvaldan o‘rnatilgan nΔu sathlardan biriga teng signalga aytiladi. Bunda Δu – signal ko‘shni sathlari orasidagi farq. Odatda kΔt – vaqt oraliqlari bir hil o‘rnatiladi, Δu – bir hil yoki signalning vaqt bo‘yicha sekin yoki tez o‘zgarishiga qarab turlicha o‘rnatilishi mumkin. Δt – vaqt bo‘yicha diskretlash qadami deb va Δu – sath bo‘yicha diskretlash qadami deb ataladi.

Uzluksiz signal vaqt va sath bo‘yicha diskret signalga aylantirilishi va uning har bir kΔt vaqtdagi oniy qiymati mos ravishda nΔu sath qiymatlari bilan almashtirilishi, sath qiymatlari raqamlar bilan belgilanishi o‘z navbatida raqamlar tegishli kodlar kombinatsiyasi bilan almashtirilishi asosida xosil bo‘lgan signal raqamli signal deb ataladi.


  • Uzluksiz signal vaqt va sath bo‘yicha diskret signalga aylantirilishi va uning har bir kΔt vaqtdagi oniy qiymati mos ravishda nΔu sath qiymatlari bilan almashtirilishi, sath qiymatlari raqamlar bilan belgilanishi o‘z navbatida raqamlar tegishli kodlar kombinatsiyasi bilan almashtirilishi asosida xosil bo‘lgan signal raqamli signal deb ataladi.

  • Masalan: 3Δt vaqtda signal sathi 5Δu ga teng bo‘lsin, u holda 5 raqami 10110 kod bilan almashtiriladi va aloqa liniyasi orqali modulyatsiyaning ma’lum bir turi orqali uzatiladi, ya’ni sathga mos impuls signallar raqamga almashtiriladi, kodlanadi va modulyatsiyalangan signal IKM-ChM, IKM-FM shaklida aloqa liniyasi orqali uzatiladi. Bunda oxirgi ikki harf foydalanilgan modulyatsiya turini ko‘rsatadi.

  • Uzluksiz signalning kΔt diskret vaqtdagi oniy qiymatlari o‘rnatilgan sath qiymatiga teng bo‘lmasa bu oniy qiymat eng yaqin o‘rnatilgan sath qiymati bilan almashtiriladi. Bunda signal oniy qiymatini o‘rnatilgan sath qiymati bilan almashtirishdagi xatolik εx, sathlar oraliq qiymatining yarmidan oshmaydi, ya’ni εx=Δu/2 bo‘ladi. Bu xatolik aloqa kanalida kvantlash shovqini shaklida paydo bo‘ladi. Signalni sath bo‘yicha diskretlash kvantlash deb ataladi.

  • Aksariyat signallar vaqt funksiyasi s(t) shaklida ifodalanishi mumkin. Signalga mos matematik ifoda yordamida signalning asosiy xususiyatlarini aniqlash mumkin. Ko‘p hollarda turli signallar uchun umumiy bo‘lgan signal bir necha ko‘rsatkichlari (parametrlari)ni bilish etarli hisoblanadi.

  • Signallarni aloqa kanallari orqali axborot tashuvchi deb hisoblab, uni biron bir buyumni jo‘natishdagi asosiy ko‘rsatkichlari (eni, bo‘yi va balandligi)ga o‘xshash ko‘rsatkichlarini aniqlaymiz. Buyumni jo‘natishda ko‘p hollarda uning rangi, yumshoq yoki qattiqligi e’tiborga olinmaydi.

  • Har qanday signal vaqt funksiyasi hisoblanadi, ma’lum bir Ts vaqt davomiyligida uzatiladi (1.3-rasm). Signal Ts vaqt oralig‘ida o‘zining eng kichik oniy qiymati Umin bilan eng katta oniy qiymati Umax oralig‘ida o‘zgaradi. Signal eng katta kiymati Umax ning uning eng kichik qiymati Umin ga nisbati, ya’ni Umax / Umin = Ds signal dinamik diapazoni deb ataladi.
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin