Mavzu: Signal simvollarini bir-biriga qo‘shilishi. Raqamli aloqa tizimlarida signal-shovqin nisbati
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMAD AL- XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
MAVZU: Signal simvollarini bir-biriga qo‘shilishi. Raqamli aloqa tizimlarida signal-shovqin nisbati.
Har qanday signal vaqt funksiyasi hisoblanadi, ma’lum bir Ts vaqt davomiyligida uzatiladi. Axborotni uzatish uchun uni ma’lum bir shaklga keltirish lozim, (masalan: matn, jadval, grafik, rasm, harakatdagi tasvir va boshqalar). Bunday shakllanish natijasida axborot xabarga aylantiriladi.
Axborot – bu har xil fizik jarayonlar, tarixiy hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotdir. Axborotni uzatish uchun uni ma’lum bir shaklga keltirish lozim, (masalan: matn, jadval, grafik, rasm, harakatdagi tasvir va boshqalar). Bunday shakllanish natijasida axborot xabarga aylantiriladi. Xabarni birinchi fazoviy nuqtadan ikkinchi nuqtaga uzatish uchun uni biror bir fizik jarayonga yuklashimiz, ya’ni signalga aylantirishimiz lozim.
Signal – deb, biror bir fizik jarayonning bir yoki bir nechta parametrlarini xabarga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi.
Elektr signali – deb, elektr jarayonning bir yoki bir nechta parametrlarini xabarga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi.
Xabarlar va signallar
quyidagicha farqlanadilar:
Xabarlar va signallar quyidagicha farqlanadilar:
1. Shakli avvaldan ma’lum xabar va signallar. Bunday signallar ma’lum matematik formula orqali ifodalanadi. Masalan: garmonik tebranishlar shaklidagi signal
u(t)=U0cos(ω0t+φ0). (2)
Bunday signalning xar qanday t1 vaqtda oniy qiymati u(t1) ni aniqlash mumkin. Bunday signallardan qurilmani sozlash va tekshirishda foydalaniladi;