Bunda o‘ralma juftlikning bittasi komp'yuterni takrorlovchiga, ya'ni konsentratorga ma'lumotlarni uzatish uchun (Tx), ikkinchisi esa konsentratordan komp'yuterga ma'lumotlarni uzatish uchun (Rx) ishlatiladi. Bu kabelning uzunligi ko‘pi bilan 100 m bo‘lishi mumkin. 10Base-T standartida «4-tagacha konsentratorlar» qoidasi amal qiladi.

10Base-T tarmog‘ining uzunligi ko‘pi bilan 500 m ni tashkil qiladi. Ya'ni 5-ta segment har biri 100 m dan bo‘lganda tarmoqning diametri 500 m bo‘ladi. Tarmoqqa ko‘pi bilan 1024 ta komp'yuter ulashga ruxsat beriladi. Bunga konsentratorlarni ikki sathli ierarxik ko‘rinishda ulash bilan erishish mumkin bo‘ladi.
SIMSIZ LOKAL TARMOQ TEXNOLOGIYALARI: O’TMISH VA KELAJAK
Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib birinchi radiosignal uzatilishi bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida amplituda modulyatsiyali radio qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu texnologiyalarni rivojlanish jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga kelib tovushni radioto’lqinlar orqali uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi. Dastlab bular analog tarmoqlarda ishlagan bo’lsa, 80-yillar boshida raqamli standartlarga o’tish boshlanganligini anglatuvchi, spektrni yaxshi taqsimlashini, eng yaxshi sifatli signalni va eng yaxshi xavfsizlikni ta’minlovchi GSM standarti ishlab chiqildi. XX asrning 90-yillarida simsiz tarmoqlar holatini mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Bugungi kunda simsiz texnologiyalar kundalik hayotimizga mustahkam joylashib bormoqda, yuqori tezlikni ta’minlash bilan birga ular yangi qurilma va xizmatlarni taqdim etmoqda.