So’nggi yillarda tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi personal kompyuterlarning yagona tarmoqqa ulash, hamda umumjahon Internet tarmog’iga chiqish imkoniyati usullarini oshirib yubordi.
Hozirgi kunda deyarli barcha turdagi kompyuterlarda tarmoqqa ulanish yohud internetga chqish imkoniyati mavjud. Keling ana shu hozirgi kunda deyarli barcha foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin bo’lgan tarmoqqa ulanish usullarini biroz ko’rib chiqamiz.
Dial-Up. Telefon liniyasi orqali kommutatsiyalangan ulanish. Ushbu texnologiya ulanishdagi oddiylik sababli yaratilganidan buyon ishlatilib kelinmoqda. Ikki modem bir-biri bilan telefon liniyasini ishlatgan holda aloqa o’rnatadi. Oddiy holda ulanish birga-bir amalga oshiriladi hamda ma’lumot uzatish uchun barcha mavjud ovoz diapazoni chastotasidan foydalanadi. Lekin ushbu texnologiyaning ko’pgina kamchiliklari mavjud. Masalan: ma’lumot uzatishdagi past tezlik, tashqi ta’sir tufayli yuborilayotgan paketlarning qismi yo’qolish extimoli, ulanishning uzilib qolish extimoli hamda ulanish davrida telefon liniyasining butunlay band bo’lishi.