Wi-MAX texnologiyasidan simsiz ulanish nuqtalarini tashkil qilib, kompaniyalar bo’limlari o’rtasida tarmoqni tashkil qilib va ilgari ananaviy texnologiyalar sababli imkoni bo’lmagan boshqa masalalarni hal etib “oxirgi nuqta” keng polosali ulanishlarni yaratish uchun foydalanish mumkin.
Wi-MAX texnologiyasi yuqori tezliklarda Internetga ulanishni, Wi-Fi tarmoqlariga qaraganda keng zonalarni qoplash va ishonchlilikni ta’minlashga imkon beradi.
Wi-MAX texnologiyasi -bu butun shahar hududida tashkil qilinadigan keng polosali simsiz ulanish tarmog’i, resiverdan baza stantsiyasigacha masofa esa kilometrlar bilan o’lchanadi.
Wi-MAX texnologiyasi -bu butun shahar hududida tashkil qilinadigan keng polosali simsiz ulanish tarmog’i, resiverdan baza stantsiyasigacha masofa esa kilometrlar bilan o’lchanadi.
Wi-MAX qayd etilgan, mobil va harakatdagi ulanish senariylarini ta’minlaydi.
Aloqa bilan ta’minlash masofasi-60 km, ulanish tezligi — 60 Mbit/s gacha.
Wi-MAX texnologiyasi ishlash prinsiplari: Wi-MAX sistemasi ikki asosiy qismdan iborat.
1. Wi-MAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus ustinga o’rnatilishi mumkin).
Wi-MAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card yoki tashqi kartalar form faktori asosida).
Telekommunikatsiya sohasidagi dunyo olimlari simsiz aloqa texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida ko’plab ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Buning natijasida yangi texnologiyalar paydo bo’lmoqda.
Simsiz aloqa tizimlari rivojlanishi natijasida foydalanuvchilar uchun keng va qulay imkoniyatlar paydo bo’ldi. Ular mobil telefon apparati yoki simsiz aloqa vositasi yordamida internet tarmog’iga katta tezlikda ulanish, fayl va turli ko’rinishdagi axborotlarni uzatish tarmog’i orqali uzatib qabul qilish kabi xizmatlar turidan foydalanish uchun etarlicha imkoniyatlarga ega bo’ldilar. Zamonaviy simsiz aloqa texnologiyalariga Wi-Fi, Wi-Max va Wi-Bro misol qilib ko’rsatish mumkin. Bu texnologiyalardan ko’pgina davlatlarda keng foydalanilmoqda.