1 amaliy ish. Mavzu: Ma’lumotlar bazasiga ulanish. Ishdan maqsad



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix15.12.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#75149
1 amaliy ish



1 amaliy ish. 
Mavzu: Ma’lumotlar bazasiga ulanish. 
Ishdan maqsad: Ma’lumotlar bazasiga ulanish o’rganish va ko`nikmaga ega 
bo`lish. 
Uslubiy ko`rsatma: MySQL - bu eng mashhur va juda ko‘p foydalaniladigan 
ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta 
ma'lumotlar bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi 
bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, 
saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko‘p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan 
shu MBBT saqlanadi. 
MySQL - juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda 
sodda va uni o‘rganish qiyinchilik tug‘dirmaydi. 
MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun 
korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning 
asosiy bazasi sifatida yoyildi. 
So‘rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma'lumotlar 
baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil 
topgandir.MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, ya'ni 
MYSQLni ko‘chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi 
va GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi, 
GPL shartiga ko‘ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda ishlatsangiz, bu 
dasturingiz ham GPL(tekin) bo‘lishi kerak. Bu esa dasturchiga to‘g‘ri kelmaydi. 
Shuning uchun, bu dasturingizni pullik qilishingiz uchun MySQL pullik 
litsenziyasini sotib olishingiz kerak. 
MySQL logotipi delfin hisoblanadi. Bu delfinni ismi "Sakila"dir. Bu logotipni 
OpenSource tuzuvchilaridan biri Ambrose Twebaze ga tegishlidir. 
MySQL juda ko‘p operatsion tizimlar bilan ishlay oladi. Bularni yozadigan 
bo‘lsam:AIX, BSDi, FreeBSD, HP-UX, Linux, Mac OS X, NetBSD, OpenBSD, 
OS/2 Warp, SGI IRIX, Solaris, SunOS, UnixWare, Windows 95, Windows 98, 
Windows NT, Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2000, Windows 
Vista, Windows 7,... 


MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo‘lgan, keyinchalik SUN firmasi 
MySQL ni o‘ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant korxonalardan 
biriOracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti 
sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft SQL Server ga katta raqobatdosh 
ekanligini anglatadi. 
MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, WAMP, 
AppServ, LAMP, Denwer,... Kliyentlar MySQL serveriga ma'lum bir 
kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi 
mumkin: Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va boshqalar. 
Amaliy qism 
Denwer 3 Web Serverini va MySQL ni yuklab olish 
Denwer 3.exe dasturiustida sichqonchani ikki marotoba bosamiz: 
 
Natija yuqoridagi oyna hosil bo’ladi va “Yes” tugmasini bosamiz. 
Yuqoridagi oyna 100% bo’lgandan keyin quyidagi qora oyna ochiladi va uni 
yopamiz: 
Yopganimizdan so’ng quyidagi oyna ochiladi va “Enter” tugmasini bosamiz. 


Keyingi qiladigan ishimiz “Denwer” ni qayerag yuklashni ko’rsatishdir: 
Shundan so’ng kerakli vaqtda “Enter” tugmasini bosib turish kifoya. 
Enterni bosamiz: 
Klaviaturadan “y” klavishini bosib “Enterni” bosamiz: 
Keyin Denwerning kerakli fayllari ko’rsatilgan joyga tushadi va kutib turamiz: 
Jarayon yakunlangandan so’ng bizga “1” sonini kiritishimizni taklif qiladi va 
shunday qilamiz: 
Ishchi stolida Denwer yorlig’ini hosil qilish uchun “y” ni kiritamiz: 
So’ng dastur muvaffiqiyatli ornatilgani haqida browser xabar chiqaradi, uni 
shunchaki yopib tashalsh mumkin: 



Ish stolida quyidagi 3 ta yorliq hosil bo’ladi, PHP kodlarini browsreda o’qilishi 
uchun “Start Denwer” ga ikki marta bosamiz: 
Ishga tushgan Denwer quyi o’ng burchagida ko’rinib turadi: 
Biror browserni ochib web serverni ishlayotganini tekshirish uchun http/test1.ru  
ni URL manzilga yozib “Enter” ni bosish kifoya.Shundan so’ng browseringiz 
markazida quyidagi yozuv chiqadi: 
 


 
Nihoyat, dastur o’rnatilganligi haqida oyna ko’rindi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin