Mavzu: Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish


Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning zamonaviy tamoyillari



Yüklə 81,38 Kb.
səhifə3/5
tarix26.04.2023
ölçüsü81,38 Kb.
#102658
1   2   3   4   5
Djumakulova N TAT Mustaqil ish

2. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning zamonaviy tamoyillari
Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, xususan, milliy istiqlol gʻoyalarining hayotimizga tobora chuqur ildiz otib borishi ta‟lim tizimidagi islohotlarning ham mazmunini boyitmoqda. Ta‟lim jarayonida oʻqitishning tajribada sinovlardan oʻtgan shakl va usullari boyitilib, zarurat boʻlganda, yangilanib amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Bu boradagi davlat siyosati ham uzluksiz ta‟lim vositasida ma‟naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalangan har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishninazarda tutadi. Uning nechogʻli toʻgʻri amalga oshirilishi koʻp jihatdan boshlangʻich ta`lim tizimining samaradorligiga bogʻliq. Boshlangʻich ta‟lim uzluksiz ta‟limning eng muhim boʻgʻinidir. “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta ta‟lim toʻgʻrisida“gi Nizomda taʻkidlanganidek: “Boshlangʻich ta`lim oʻqish, yozish, sanash, oʻquv faoliyatining asosiy malaka va koʻnikmalari, ijodiy fikrlash, oʻzini-oʻzi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiyena va sogʻlom turmush tarzi asoslarining egallab olinishi ta‟minlashga da‟vat etilgan. Boshlangʻich sinflarda sinfdan tashqari oʻqishga kichik yoshdagi oʻquvchilarni ona tilini puxta oʻzlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta‟lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari oʻqishning maqsadi – kichik yoshdagi o‟quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og‟zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir. Sinfdan tashqari oʻqish dasturining mazmuniga koʻra ta‟limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‟lim ajratiladi: 1-bosqichda o‟qish doirasi, ya‟ni oʻqitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda oʻqish bilan tanishtirish yuzasidan o‟quvchilarga koʻrsatma beriladi. 2-bosqichda shu o‟quv materiallari asosida bilim, ko‟nikma va malakalar shakllantiriladi. Umumiy oʻrta ta‟limning davlat standartlari va oʻquv dasturiga ko‟ra 1-sinfda sinfdan tashqari oʻqish mashgʻulotlarida savod o‟rgatish darslarida hosil qilingan ko‟nikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlartushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi. Sinfdan tashqari oʻqish va qiroatxonlik saboqlari 1-sinfda haftada 1 marta saboq o‟rgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtiriladi. Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uyg‟otish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir. Asosan bu sinf oʻquvchilariga kitob bilan muomala qilish, kitob oʻqish qoidalari, kitobni asrash, asar qahramonlarining hatti harakatini kuzatish, ijobiy tomonlarini oʻrganish, obrazli qilib qayta hikoya qilib berish bilim, ko‟nikma va malakalar shakllantiriladi. Bu sinf ovquvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi. Oʻqituvchi bolalarning his-tuyg‟ularini oʻstiradigan kitoblarni o‟qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz, uning goʻzal shaharlari, qishloqlari, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, oʻtmishi, insonlarning orzu-istaklari bilan tanishtiriladi. Ularda bilimga havas uygʻotadi 2-sinfda oʻquvchilar kichik hajmdagi asarlarni oʻqituvchining yordami va topshirigʻi asosida mustaqil oʻqishga o‟tadilar. Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari o‟qish darsi oʻtkaziladi. Ona – Vatan va ota-bobolar jasorati, oʻsimliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarni oʻqituvchi topib, tanlab oʻquvchilarga oʻqishga tavsiya etadi. 3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari oʻqish mashg‟ulotlarida oʻquvchilarning mustaqil oʻqishlari uchun kishilarning hayoti, yorqin tasvirlangan, ularning ma‟naviy-axloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi. 3-4 sinflarda sinfdan tashqari oʻqish darslari ikki haftada bir marta oʻtkaziladi. Bu sinflarda oʻqituvchi sinf kutubxonasida kerakli boʻlgan o‟quvchilar yoshiga mos kitoblarni toʻplashni. Sinfdan tashqari oʻqish burchagi turlicha bezalishi mumkin. Bunda oʻqituvchi va oʻquvchi hamkorlikda ish olib boradi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil oʻqib borilsagina oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi[4]. Sinfdan tashqari oʻqish darslari yosh avlod qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat tuygʻularini uygʻotish, matn mazmunini qayta hikoyalash, ma`lum reja asosida qisqartirib yoki shaxsini oʻzgartirib hikoyalash, badiiy tasvir vositalarini aniqlash, asar qahramonlarining fe‟l-atvorini, xatti–harakatini baholash orqali ularning bogʻlanishli nutqini oʻstirish, qisqa qilib aytganda, kitobxonlik madaniyatini kamol toptirishda katta imkoniyatlarga ega. Sinfdan va sinfdan tashqari oʻqish boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan barcha predmet dasturlarining boʻlimlari bilan bevosita bog‟liq. O‟z navbatida grammatika va to‟g‟ri yozuv, tabiatshunoslik, tasviriy san‟at, musiqani oʻrganishda olingan bilim va hosil qilingan ko‟nikmalar o‟qish darslaridan o‟qish darslarida foydalaniladi. Oʻqish darslarida oʻtilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o‟quvchini ijod qilishga undaydi. Har bir sinfda sinfdan tashqari oʻqilgan barcha asrlar oʻquvhilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nitqni rivojlantirishga, lug‟at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o‟quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o‟sadi. Hatto sahnalashtirish oʻquvchini har tomonlama yoʻnaltiradi, ya‟ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni oʻrgata boshlaydi[3]. Asarni sahnalashtirish davrida albatta oʻqituvchi rahbarlik qiladi. Oʻquvchilar ifodali, obrazli, shuningdek qahramonlar harakatini toʻgʻri bajarishlari, o‟qishlari o‟quvchilarda zavq-shavq uyg‟otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o‟qib o‟rganishga intilish uygʻotadi. Sinfdan tashqari oʻqish darslarida oʻqituvchi oʻquvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Mo‟min, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotadi. Shuning uchun har bir maktab, ta‟lim muassasasi o‟quvchilar o‟rtasida turli mavzularda ijod ahli boʻlgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishi shart. Bunday uchrashuvlar oʻquvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo boʻlishini, uni hurmat qilish asrab-avaylashni oʻrgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot go‟zalligini idrok etishga o‟rgatadi. Soʻz san‟ati badiiy asarda oʻz ifodasini topadi.

Yüklə 81,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin