Mavzu: Sinxron motorning tuzilishi va ishlash prinsipi. Reja: Sinxron motorning afzalligi.
Sinxron motorning kamchiligi.
Yordamchi motor vositasida ishga tushirish.
Sinxron motorning tuzilishi sinxron generatorniki kabidir. Sinxron mashina motor rejimida ishlashi uchun uning stator chulg‘amlariga uch fazali o‘zgaruvchan tok, qo‘zg‘atish chulg'amiga esa o‘zgarmas tok beriladi. Stator chulg'amidagi tok vujudga keltirgan MYK aylanma magnit maydonni hosil qiladi. Bu maydon qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok bilan ta’sirlashib aylantiruvchi momentni hosil qilib, motorning rotori aylanadi. Noayon qutbli sinxron motorning EYK muvozanat tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:
- U t = £ 0 - y / lx el - / , r , .
(1 9 .1 )
Ayon qutbli sinxron motor uchun - V t = K - j i d x d ~ j i q хч -1\Г\-
(1 9 .2 )
Sinxron motorlar asinxron motorlarga nisbatan quyidagi afzalliklargaega. Sinxron motor coscp = 1 da ishlaganda tarmoqning quvvat koeffitsiyenti yaxshilanadi, motorning o'lchamlari kichiklashadi. Sinxron motorning toki shunday quvvatli asinxron motornikiga nisbatan kam bo'lgani uchun motorning o‘lchamlarini qisqartirish imkoni tug'iladi. Sinxron motor maksimal momenti kuchlanishga to‘g‘ri mutanosib bo'lgani tufayli mazkur motorga kuchlanishning amaldagi me’yoriy o'zgarishi ta’sir qilmaydi. Valdagi yuklamaning qanday bo‘lishidan q t’yi nazar, sinxron motorning aylanish chastotasi o‘zgarmasdir. Shu bilan birga sinxron motorlar quyidagi kamchiliklargaham ega: ishga tushirish va aylanish chastotasini rostlash hamda konstruksiyasi ancha murakkab; qo‘zg‘atish chulg‘ami uchun o‘zgarmas tok manbayi talab etiladi; asinxron motorga nisbatan narxi qimmat; cho‘tka halqa qism ining mavjudligi tufayli ishonchliligi nisbatan past. Sinxron motorda elektromagnit moment stator va rotor magnit maydonlari ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘ladi. Stator chulg'ami bevosita tarmoqqa ulanganda motor ishga tushib keta olmaydi, chunki qo‘zg‘atish chulg'amiga o‘zgarmas tok berilib, rotori qo'zg'almas bo‘lganda, stator magnit maydonining qutblari yarim davrda rotorning bir xil qutblari bilan, davrning qolgan yarmida rotorning boshqa qutblari bilan ta’sirlashadi. Oqibatda moment ishorasi o'zgaradi va rotorning mexanik inersiyasi hisobiga, moment rotorni yarim davrda aylantirib yubora olmaydi. Sinxron motorni ishga tushirishning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, ulardan yordamchi motor vositasida, tok chastotasini o‘zgartirish yo‘li bilan va asinxron usulda ishga tushirish usullari keng qo‘llaniladi