va bylar har xil, ya’ni nosimmetrik bo‘lsa, ular har xil hajmni egallaydi. axchulg'am umumiy pazlarning 3/4 qismini, bychulg‘am esa 1/4 qismini egallagan bir qatlamli noayon qutbli rotorning chulg‘amlari ko‘rsatilgan. Noayon qutbli bo‘ylama ko‘ndalang qo‘zg‘atishli sinxron mashinalarda bo‘ylama o‘q axqo‘zg‘atish chulg‘amining o‘qi bo'yicha yo‘nalgan bo‘lib, uning musbat yo‘nalishi axchulg‘amining magnit oqimi bilan bir xilda yo‘nalgan bo'ladi. Qo‘zg‘atish chulg'amlari ax va byhar xil bo‘lgan noayon qutbli rotorva dempfer chulg‘ami o'rniga ko'ndalang qo'zg'atish chulg'ami o'rnatilgan ayon qutbli rotor. O‘q qesa byqo'zg'atish chulg‘ami o'qi bo'yicha yo‘nalgan bo’ladi. Shu sababli axqo'zg'atish chulg‘amini bo'ylama, byqo'zg'atish chulg‘amini esa ko'ndalang qo'zg'atish chulg'amlarideyiladi. Bo‘ylama ko‘ndalang o‘qlar bo'yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron mashinaning rotori ayon qutbli bo‘lsa, u holda qo'zg'atish chulg‘amlari a x va bylarni bir xil, ya’ni simmetrik qilish mumkin emas. Asosiy bo‘ylama qo'zg'atish chulg‘ami axxuddi oddiy sinxron mashinalardagi qo 'zg'atish chulg‘ami kabi qo‘shimcha ko'ndalang chulg'ami byesa dempferlovchi chulg‘am o'rnida joylashtiriladi va bu chulg'amning MYK asosiy chulg‘am MYK ning 20-30 % ni tashkil etishi mumkin. Bunday sinxron rhashinalarning ishlash prinsipi an’anaviy sinxron mashinanikidan farq qilmaydi, faqatgina o‘tish jarayonlarida ko'ndalang qo'zg'atish chulg'ami byishga tushiriladi. Ikkala qo'zg'atish chulg'amiga ham o'zgarmas tok manbayidan kuchlanish beriladi. Bu mashinalar motor, generator, sinxron kompensator rejimlarida ishlashi mumkin. Bo'ylama-ko'ndalang o'qlari bo'yicha qo'zg'atiladigan sinxron mashinalarning ekspluatatsion xarakteristikalari an’anaviy sinxron mashinalarnikidan afzaldir, chunki yakor reaksiyasining ta’siri ko'ndalang qo'zg'atish chulg'ami MYK tomonidan kompensatsiyalanadi. Shunday qilib, qo'shimcha ko'ndalang qo'zg'atish chulg'ami mashinaning static va dinamik turg'unligini oshirib, mashinani boshqarish yaxshilanadi. Hozirgi vaqtda Ukrainada Rossiya bilan hamkorlikda quvvati 320 MVA bo'lgan bo'ylama-ko'ndalang qo'zg'atishli noayon qutbli sinxron kompensatorlar ishlab chiqarilmoqda. Asinxronlashtirilgan sinxron mashinalardabir-biriga perpendikular bo'lgan ikkita qo'zg'atish chulg'ami bo'lib, ularga ikki fazali o'zgaruvchan kam chastotali kuchlanish manbayi ulansa, bu chulg'amlardan sinusoidal toklar o'tib aylanma magnit maydonini hosil qiladi. Bu maydon rotorga nisbatan kam sirpanish bilan aylanadi. Shu sababli, bunday mashinalar asinxronlashtirilgansinxron mashinalardeyiladi. Bunday mashinalarning tuzilishi va ishlash prinsipi bo'ylama ko'ndalang qo'zg'atishli sinxron mashinalarniki kabi bo'ladi, ammo qo'zg'atish chulg'amlariga kam chastotali sinusoidal tok beriladi. Bu mashinalar ham motor, generator, sinxron kom pensator rejimlarida ishlashi mumkin. Asinxronlashtirilgan sinxron mashinalarning xarakteristikalari (sinxron ish rejimida) va ko'ndalang qo'zg'atish chulg'amining roli ham xuddi bo'ylama - ko'ndalang o'qlari bo'yicha qo'zg'atiladigan mashinalarniki kabidir. Hozirgi vaqtda Ukrainaning Burshtinsk IES da ikkita 200 MWli asinxronlashtirilgan turbogeneratorlar ishlab turibdi, shuningdek, quvvati 800 MW bo'lgan asinxronlashtirilgan turbogeneratorlarning loyihasi ustida ishlar olib borilmoqda.