Ovqat tarkibida iste’mol qilingan oqsil, yog‘, uglevodlar, suv, tuzlar me’da-ichaklardan qonga so‘rilib, jigarga boradi, unda keraksiz (zaharli) moddalardan tozalangach, yana qon orqali tananing barcha to‘qima va hujayralariga tarqaladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida bu oziq moddalar kislorod bilan oksidlanib, parchalanadi. Bu jarayonlar natijasida organizm uchun zararli moddalar (siydik kislota, qoldiq azot, mochevina, kreatinin, karbonat angidrid kabilar) hosil bo‘ladi. Bu zararli qoldiq moddalar hujayralardan qonga o‘tib, ayirish organlari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi

Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan gazsimon moddalar (karbonat angidrid) nafas olish organlari orqali tashqariga chiqariladi. Siydik kislota, qoldiq azot, tuzlar suvda erigan holda buyraklar orqali siydik tarkibida ajratiladi. Suv, tuzlar va qoldiq azotning oz qismi teri orqali ter sifatida tashqariga chiqariladi.
Siydik ayirish organlarining tuzilishi va funksiyasi. Siydik ayirish organlari ayirish sistemasining asosiy qismi hisoblanadi. Siydik ayirish organlariga buyraklar (o‘ng va chap), siydik yo‘llari (o‘ng va chap), qovuq (siydik pufagi) va siydik chiqarish kanali kiradi.