Fenilketonuriyani temir xloridi yordamida aniqlash juda oson siydikka bir necha tomchi temir xlorid eritmasi qo'shilganida 2-3 daqiqadan so'ng zaytun yashil rang hosil bo'ladi. Alkaptonuriyada (gomogenizinuriya) siydikda tirozin almashinuvi metabolitlaridan biri gomogentizin kislotasi miqdori keskin ortadi. Natijada havoda qoldirilgan siydik havo kislorodi yordamida gomogentizin kislotasining oksidlanishi hisobiga keskin qorayadi. Alkaptonuriyada metabolizm buzilishining sababi bo'lib, gomogentizin kislota oksidazasining yetishmovchiligi hisoblanadi. Shuningdek, yana tug'ma kasalliklar giperprolinemiya (prolinoksidaza fermentining yetishmovchiligi natijasida vujudga keladi, oqibati-prolinariya): gipervalinemiya (valin almashinuvining inay buzilishi, siydikda valin konsentratsiyasining keskin ortishi bilan boradi; sitrulinemiya (siydikchil hosil bo'lish siklining insiy buzilishi, argininsuksinat-sintetaza fermentining yetishmovchiligiga bog'liq, siydik bilan ko'p miqdorda sitrullin ajralib chiqadi va boshqalar kuzatiladi.