vaqt CMS ni sharofati bilan minimal bo‘ladi. Buning ustiga CMS da
ma‘lumotlarni hop etishga tayyorlash jarayoni juda ham oddiy. CMS kontenti
boshqarish tizimining shubhasiz ijobiy tomoni shundaki,
saytni boshqarish va
taminlash narxi pasayadi. Bu web – master oylik, maoshiga hujjatlarni izlashga
ikkilanish va hatoliklarni oldini olishga ketgan yoqotishlarning pasayishi, sheriklar
va mijozlar bilan bog‘lanish tezligining ortishi … hisobiga yuz beradi. Sizga
loyihani ta‘minlash va rivojlantirish uchun mutaxassis yollashingizga to‘g‘ri
kelmaydi.
CMS yordamida siz saytga joylashtirilgan ma‘lumotlarning
hajmi sayt narxiga
ta‘sir qilmasligiga guvoh bo‘lasiz. CMS kontentni boshqarish tizimi sizga saytda
ihtiyoriy hajmdagi ma‘lumotlarni joylashtirishga imkon beradi.
Odatda CMS ga asoslangan sayt sahifalari butunligicha saqlanmaydi, balki ularga
murojat qilishda juda tez shakllanadi, bu sahifalarni yuklashdagi tezlikni oshirishga
imkon beradi, chunki sahifa shabloni (dizaynerlik rasmiylashtirish) faqat bir marta
yuklanadi va keyinchalik har bir yangi sahifa so‘rovida foydalanuvchi
kompyuteridan ochilaveradi.
Saytni boshqarish tizimida odatda keshlashtirish mexanizmi
amalga oshiriladi, bu
qurilmalarga tushadigan yuklamalarni kamaytirishga imkon beradi va ishlashning
va saytning kiritish qobiliyatining tezligi oshishiga imkon beradi. Bu ishlar
ma‘lumotlar bazasi va static materiallarga so‘rov natijalarini saqlash evaziga sodir
bo‘ladi.
Odatda CMS tizimini saytning kompaniya ishlab chiqaruvchisi o‘rnatishini taklif
qilishadi. Bu ancha to‘g‘ri variant chunki tizim avval boshidanoq sizning
saytingizga joylashib, moslashib ketadi. Shuningdek, CMS tizimlari qo‘shimcha
funksiyalarni taklif etadi va oxir oqibat saytda forum, mehmon kitobi, savollar va
javoblar va hokazolarni joylashtirishga imkon beradi.
CMS ning tekinlari ham mavjud, ular sayt tarkibini boshqarish uchun yetarlicha
katta imkoniyatlarni namoyish qiladi. Tekin CMS lar ko‘p foydalanuvchilarga ega,
ular tekin kontentni boshqarish tizimi yordamida saytni boshqarish muammolarini
hal qilishga yordam beradi. Tekin CMS larga katta miqdordagi kengaytma va
qo‘shimchalar mavjud, ular saytni boshqarish jarayonini
ancha qulay va
funksional qilishga imkon beradi. Ammo tekin CMS larning salbiy tomoni rasmiy
texnik qo‘llab quvvatlashning yo‘qligi va sayt tarkibini boshqarish tizimida kritik
xatolarni to‘g‘rilash, tezligining paytligidadir.
Dostları ilə paylaş: