Bugungi kun[tahrir]
Bugungi kunda taraqqiyotni frilanserlar ishtirokisiz tasavvur qilish mushkul. Buni
rivojlangan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda frilans-xizmat koʻrsatish
bozorining keng taraqqiy etgani ham isbotlab turibdi. Ular tomonidan orttirilgan
boy tajriba asosida dunyoning boshqa koʻplab mamlakatlarida ham ushbu
xizmatdan foydalanish tobora keng quloch yoymoqda. Bundan oʻn yil muqaddam
AQSh Mehnat departamenti mamlakatda qariyb 10,3 million ishchi frilanserlik
bilan shugʻullanishini maʼlum qilgan edi. Bu mehnatga jalb etilgan umumiy
ishchilarning 7,4 foizini tashkil etadi. Frilanserlikka asos solingan AQSh hozirga
qadar frilanser-mutaxassislar soni boʻyicha dunyoda yaqqol peshqadamlik qilib
kelmoqda. AQSh Frilanserlar uyushmasi (Freelancers Union) hamda „SYeO
Elance-oDesk― kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, ayni paytda 53 million
amerikalik frilanser sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu esa mamlakat mehnat
resurslarining qariyb 34 foizini tashkil etadi. Kompaniyaning 2014 yil III choragi
boʻyicha hisobotida keltirilishicha, frilanserlar dunyo miqyosida 2,9 milliard AQSh
dollari miqdorida foyda koʻrishgan. Topilgan mablagʻlarning qariyb yarmi
texnologiyalar sohasiga tegishli boʻlsa, mualliflik ishlari va tarjimalar orqali ham
kattagina foyda koʻrilgan
Dostları ilə paylaş: