Rivojlanish tadqiqotlarini tahlil qilish Tadqiqotchilar tadqiqotning umumiy tamoyillarini tadqiqotning o'ziga xos xususiyatlariga, tadqiqot savollariga mos kelishini ta`minlaydi. Odatda, ular o'zlarining savollariga yetarlicha javob beradigan ovozlarni sanash orqali natijani aniqlaydilar. Ba'zida tadqiqotchilar tartibsiz ma'lumotlarni to'plab yoki ularning ma'lumotlaridan asossiz izohlar olib noto'g'ri qarorlar qabul qilishadi. Rivojlantiruvchi tadqiqotlarni tanqidiy tahlil qilish uchun Siz ma'lumotlar yig'ishning keng tarqalgan texnikasi va tadqiqotlar dizayni bilan tanishishingiz kerak.
Ma'lumot yig'ish usullari Tadqiqotchilar to'rt xil metodlardan foydalangan holda ma'lumotlarni to'playdilar: biografik usul, testlar va boshqa baholash usullari, fiziologik tadbirlar va xulq-atvorni kuzatish. Ushbu metodlarning har biri bolalar va o'spirinlarning ong va odatlariga xos ma`lumotlarni taqdim etadi.
Biografik usul Tadqiqotchilar ko'pincha bolalardan o'z e'tiqodlari, qarashlari, umidlari va umidsizliklarini tushuntirishlarini so'rashadi. Darhaqiqat, ba'zi bir tadqiqot ma'lumotlari yoshlarning o'zlari haqidagi bayonot shaklida, ya'ni biografik hisobot shaklida keladi. Biografik usul ikkita asosiy shaklda namoyon bo`ladi: suhbatlar va so'rovnomalar.
Biografik usul - bu ma'lumotlar yig'ish texnikasi bo`lib, ushbu usul orqali ishtirokchilardan o'z xususiyatlarini va ish faoliyatini tavsiflash so'raladi.
Suhbat - bu yuzma-yuz muloqot orqali biografik hisobot uchun ma'lumotlar olinishini oydinlashtiradigan texnik usul.
Suhbat davomida tadqiqotchilar bolalarning fikrlarini o'rganish uchun savollar beradi. Tadqiqotchilar tomonidan bolalarning o'zlarini erkin va qulay his qilishlari uchun muhit qanchalik darajada yaxshi yaratilsa, suhbatdan ko`zlangan maqsad, ya`ni muammo yechimi uchun materiallar shunchalik darajada ko`p yig`iladi.
Quyida kichik bir suhbat metodi asosidagi tadqiqotni e`tiboringizga havola qilamiz: