mavzu soat juftlik Muloqot samaradorligini belgilovchi omillar


Empatiya, identifikatsiya, refleksiya. Empatiya



Yüklə 27,32 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü27,32 Kb.
#211994
1   2   3
Muloqot 5-mavzu

Empatiya, identifikatsiya, refleksiya.
Empatiya
-inson o‘zini xayolan suhbatdoshini o‘rniga qoyish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilish. Bunda insonning emotsional muammolarga yondashishi tushuniladi. Bu boshqa odan hissiyotlari va kechinmalariga hamdard bo‘la olishdir. Bir tomondan ob’ektning tushunishda uni o‘rniga o‘zini qo‘ya olish muhim bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning ichki hissiyotlarini tushunish unga hamdard bo‘la olish ham muhimdir. Identifikatsiya (lotincha tenglashtirish)-u kishiga tenglashtirish, baravarlash ma’nosini anglatadi. Ya’niy inson o‘zini xayolan suhbatdoishi o‘rniga qo‘yib, uning fikrlari va tasavvurlarini tushunishga intilishi.
Refleksiya (lotincha aks ettirish) – insonni suhbatdoshi tomonidan qanday idrok etilayotgani va tushinilayotganini amglashda intilish. Inson inson tomonidan idrok qilinishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o‘xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga o‘zini ham aks ettiradi. Agar inson o‘zi muloqotga kirishadigan inson haqida to‘liq ilmiy asoslangan ma’lumotga ega bo‘lsa, ular bilan bexato aniqlikda o‘zaro ta’sir o‘rnatish mumkin. Biroq, sub’ekt hamma vaqt hamma vaqt bunday aniq ma’lumotga ega emas. Shuning uchun u boshqalar xatti-harakatlarini sabablarini o‘ylab chiqishga majbur bo‘ladi. Boshqa kishining harakatlarini tushuntirish uchun faoliyat motivlari, his-tuyg‘ular, intilish va fikrlashning o‘ylab chiqarilishi kauzal atributsiya deb ataladi. Buyuk fransuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi “Muloqot – shunday ne’matki u orqali inson lazzatlanadi”,deb yozgan edi.
So‘zning mohiyati haqida Sa’diy “Aqilliymisan yoki ahmoq kattamisan yoki kichik, buni bir so‘z aytmaguncha bilib olmaymiz”, degan edi.
Xalqimizda shunday ibratli ibora bor “Inson aql farosati uning nutqining aniqliligida namoyon bo‘ladi”. Psixolog Ye. Melibruda quyidagilarni ta’kidlaydi: “Muloqot shaxslararo munosabatlarda biz uchun havodek ahamiyatga egadir”. Muloqotda biz foydalanayotgan usullar ta’siri muloqotning samarali yakun topishiga omil bo‘ladi. Demak, muloqot har doim insonlarni bir-birlarini bog‘lab turuvchi vositalardan biridir. . Muloqot samaradorligida noverbal kommunikatsiyani o‘rni.
Kommunikativ jarayonda qo‘llaniladigan qo‘llaniladigan bir necha belgilar tizimi mavjud. Ular verbal (nutq orqali) va noverbal (nutq bilan bog‘liq bo‘lmaydigan belgilar orqali) kommunikatsiyadir. Noverbal – kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza(holat), ko‘z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar noverbal kommunikatsiyada-so‘zni o‘rnini to‘ldiradi. Bolgarlarda boshni qimirlatish yo‘q degani, ruslarniki teskarisi bo‘ladi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha bo‘ladi. Masalan bolalar ko‘pincha kattalarga ta’sir etish uchun, ularga o‘z hohish va kayfiyatlarini o‘tkazishda yig‘idan vosita sifatida foydalanishadi. Axborotni so‘z bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir. Noverbal kommunikatsiya belgilarning optik-kinetik tizimiga kirib, ularga jestlar(qo‘l harakatlari), mimika(yuz harakatlari), pantomimika(qo‘l, oyoq, tana harakatlari kiradi).
Jestlar- insonning qo‘l harakatlari bo‘lib, u orqali insonning ichki hplati. Biror-bir ob’ektga munosabati va tashqi olamga yo‘nalganligi ifodalanadi. U yoki bu xalqlarda jestlar turlicha qabul qilinadi. Italyan va fransuzlar o‘z muloqotlarini jestsiz tasavvur eta olmaydilar. O‘zbek xalqida nutqda jestlardan foydalanish yaxshi odat sifatida qabul qilinmaydi. Lekin, shuni ham ta’kidlash lozimki, noverbal kommunikatsiya og‘zaki nutqda aytilmay qolgan fikrlarni ifoda etish imkonini beradi. Mimika- inson yuz harakatlarining bir qismi bo‘lib, u orqali insonni o‘ylari, xatti-harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajjubi va hokazolarda namoyon bo‘ladi.

Yüklə 27,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin