6-mavzu 2 soat 1 juftlik O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Reja: 1 O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.
2. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.
3. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish
Mashg`ulot maqsadi:- talabalarga o‘zbekiston davlatining milliy davlat boshqaruvi tizimi, inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish xaqida malumotlar berish.
Mavzuni o’rganish natijasida talaba: Darsda O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi malumotlarga ega bolish.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati:
1. Q.Ergashev, H.Hamidov. O`zbekiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: G’afur G’ulom, 2015.
2. Oblomurodov N., va boshqalar. O`zbekiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Yangi asr avlodi, 2011.
3. Oʻzbekiston tarixi. Darslik II jild. Mualliflar jamoasi. – T.: Yangi asr avlodi, 2015.2. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга қурамиз. - Тошкент: Ўзбекистон. 2017.
4. Мустақиллик: Изоҳли илмий-оммабоп луғат // М.Абдуллаев ва бошқалар: тўлдирилган учинчи нашр. - Тошкент: Шарқ, 2006.
5. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. – Тошкент: Maънавият, 2017.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari 2000-yildan bugungi kunga qadar bo‘lgan davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haqhuquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta'minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. 2002-yili bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning IX sessiyasida mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ayni ana shu ko‘p qirrali islohotlarni amalga oshirishning yangi tamoyillarini o‘rtaga tashladi. Unda islohotlarga doir yettita masala - ustuvor yo‘nalish belgilab berildi. 30 Ustuvor yo‘nalishlardan biri jamiyat hayotida nodavlat va notijorat tashkilotlarning o‘rni va rolini oshirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarini chuqurlashtirish, “Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari” tamoyilini amalga oshirish hisoblanadi. Davlat siyosatining bosh yo‘li huquqiy, demokratik davlatni vujudga keltirish, qonun oldida barchaning tengligini ta'minlash, “fuqaro - jamiyat - davlat” prinsipini joriy etish, ana shu yo‘l bilan fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish bo‘ldi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Islom Karimovning 2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida qilgan ma'ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sarhisob qilish hamda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish yuzasidan Konstitutsiyaning 78, 89, 93, 96, 98-moddalariga o‘zgartirishlar kiritilib, unga asosan Bosh Vazir nomzodi saylovlarda (Oliy Majlis) eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdorda ko‘p o‘rin olgan siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi, Prezident taqdim etilgan nomzodni ko‘rib 31 chiqib, 10 kun muddat ichida Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taklif etadigan bo‘ldi. Sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida advokatura instituti takomillashtirildi va uning mustaqilligi yanada mustahkamlandi.
Yodda tuting! Konsepsiya olti qismdan iborat bo‘lib, unda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini, saylov huquqi erkinligini ta'minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, bozor iqtisodiyotini liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish borasidagi muhim vazifalar belgilangan.
Jinoiy jazolarni liberallashtirish munosabati bilan jinoyatlar tasnifi o‘zgartirildi. Sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazildi. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilish belgilandi. Natijada axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta'minlash sohasida, umuman, mamlakatda ushbu sohaga oid 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta'minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish sohasida saylov qonunchiligi takomillashtirilib, saylov tizimi izchil va bosqichma-bosqich liberallashtirib borildi. Muddatidan oldin ovoz berish muammosini hal etish, uchastka saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini ta'minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish belgilandi. Ayni paytda yurtimizda 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti mavjud. 29 ta xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining filial va vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. 2017-yilda «Nuroniy» jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi kabi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilindi. Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi. 2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Shu yilning sentabr oyida Bosh vazirning (pm.gov.uz elektron manzilida) virtual qabulxonasi ochildi. 2017-yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilinishi bu sohadagi ishlarni faollashtirdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomil32 lashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma - Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.
Bir yil davomida sinovdan o‘tib, tobora takomillashtirilib borilgan ushbu mexanizm dunyo hamjamiyatiga chinakam demokratiya yo‘lidagi muvaffaqiyatlarimizdan biri sifatida namoyish etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimizning barcha hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini hamda hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta'kidlab o‘tdi. 2017-2021-yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining tahlili, bugungi kunda jahon bozori talabi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuvni ishlab chiqishni taqozo etdi. Mamlakatning 2016-yilda saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama, jadal rivojlanishi uchun shartsharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Strategiya dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan. Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda, alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Prezident rahbarlik qiladigan 14 kishilik Milliy komissiya tuzilib, u mazkur hujjatda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qiladigan bo‘ldi
Yodda tuting!
Harakatlar strategiyasida mamlakatni yanada rivojlantirish bo‘yicha 5 ta ustuvor yo‘nalish keltirilgan: I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish (moviy havorang - osmon va toza suv ramzi, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi). II. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish (siyohrang - qonun ustuvorligi va or-nomuslilik ramzi). III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish (tillarang - iqtisodiyotni rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi). IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish (qizil rang - hayot va aholining munosib turmush tarzini ta'minlash ramzi). V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat (oq rang - tinchliksevarlik siyosati elementlari hisoblangan tinchlik va soflik ramzi).