x
(qoldiq 20);
3) 142 : 10 = 14 (qoldiq
x
);
2) 1718 : 100 = 17 (qoldiq
x
);
4) 2105 : 100 =
x
(qoldiq 5).
64. Natural
a
sonni
b
songa bo’lganda to’liqsiz bo’linma
c
ga va qoldiq
d
ga teng bo’ldi. Agar
bo’linuvchi va bo’luvchi 4 marta orttirilsa,
d
qanday o’zgaradi? Misollarda tushuntiring.
65. Uznunligi 7 m bo’lgan simdan har birining uzunligi 65 sm bo’lgan bo’laklarni kesib
olishmoqchi. Jami nechta bo’lak hosil bo’ladi? Qancha uzunlikdagi sim ortib qoladi?
66. Mohiraning 280 so’m puli bor. U 70 so’mga muzqaymoq sotib oldi. Qolgan puliga daftar
sotib olmoqchi. Agar bitta daftar 40 so’m bo’lsa, u eng ko’pi bilan necha dona daftar sotib olishi
mumkin? Unga qancha qaytim berilishi kerak?
67. Bo’yi 4 sm 5 mm, eni 3 sm 5 mm bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning perimetrini toping.
68. Bir tomoni ikkinchi tomonidan: 1) 2 marta; 2) 4 sm ga uzun bo’lgan to’g’ri to’rtburchakni
daftaringizga chizing.
69. Boks tushadigan maydoncha (ring) – tomonlari 6 m ga teng kvadrat. Ring uch qator yo’g’on
arqon bilan o’raladi. Buning uchun necha metr arqon kerak?
70. To’g’ri to’rtburchakning har bir tomoni: 1) 2 marta; 2) 3 marta uzaytirildi. To’g’ri
to’rtburchakning perimetri qanchaga ortdi?
71. Tomoni berilgan kvadratning tomonidan: 1) 3 marta; 2) 5 marta uzun bo’lgan kvadrat yasash
uchun dastlabki kvadratdan nechta kerak bo’ladi?
72. 12 ta gugurt cho’pidan qanday qilib 5 ta kvadrat hosil qilish mumkin?
73. Perimetri 30 sm ga teng va tomonlari natural sonlarda ifodalangan barcha to’g’ri
to’rtburchaklarning tomonlarini toping.
74. Perimetri 12 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchak chizing. Uning tomonlari qanday bo’lishi
mumkin? Bunday to’g’ri to’rtburchaklar ichida kvadrat bormi?
75. Sariqamish ko’lining sathi 3600 km
2
. Toshkent suv omborining sathi Sariqamish ko’lidan 180
marta kam, ammo Kosonsoy suv omboridan 12 km
2
ko’p. Kosonsoy suv omborining sathi
qancha?
76.
1) Samolyot 4500 km masofani 750 km/soat tezlik bilan uchib o’tdi. Samolyot necha soat
uchgan?
2) Samolyot 6 soatda 5100 km masofani uchib o’tish uchun qanday tezlik bilan uchishi
kerak?
77. Birinchi son 315 ga teng. Ikkinchi son undan 3 marta kichik. Uchinchi son esa ikkinchi sondan
5 marta kichik. Shu sonlar yig’indisini toping.
78. Birinchi son 256 ga teng. U ikkinchi sondan 4 marta, uchinchi sondan esa 8 marta katta. Shu
sonlar ko’paytmasini toping.
79. Bo’linuvchi 15000 ga, bo’luvchi esa 2500 ga teng. Bo’linmani toping. Bo’linuvchini va
bo’luvchini 10 marta; 25 marta; 50 marta; 250 marta kamaytiring. Hosil bo’lgan
bo’linmalarni dastlabki topilgan bo’linma bilan taqqoslang.
80. Sayyoh 160 km yo’l yurishi kerak. Dam olish vaqtida hisoblab qarasa, yo’lning bosib
o’tgan qismi qolgan qismidan 3 marta kam ekan. Sayyoh manzilga yetish uchun yana necha
kilometr yo’l yurishi kerak?
81. Birinchi shkafdagi kiroblar soni ikkinchisidagiga qaraganda 3 marta ko’p. Ikkala shkafda 340
ta kitob bo’lsa, har bir shkafda nechtadan kitob bor?
82. Podadagi qo’ylarning oyoqlari soni boshlari sonidan 180 taga ko’p. Podada qancha qo’y bor?
83. Kitobning O’g’iloy o’qigan qismi o’qimagan qismidan 5 baravar ko’p ekan. O’qilishi kerak
bo’lgan betlar o’qilganidan 128 bet kam ekan. Kitob necha betli? O’g’iloy kitobning necha betini
o’qigan?
84. Kitob umumiy daftardan 4 marta, yoki 900 so’m qimmat turadi. Kitobning narxi necha so’m?
85. Do’ppi va ko’ylak birgalikda 6000 so’m turadi. Ko’ylak do’ppidan 2 marta qimmat. Do’ppi
necha so’m turadi?
86. Ikkita sonning yig’indisi 100 ga, bo’linmasi 4 ga teng. Shu sonlarni toping.
87. 24 sm uzunlikdagi arqon ikki bo’lakka bo’lindi. Ulardan biri ikkinchisidan 3 marta uzun. Har
qaysi bo’lakning uzunligini toping.
88. Ikkita sonning ayirmasi 294 ga teng, bo’linmasi 8 ga teng. Shu sonlar yig’indisini toping.
89. 1134 m
2
yer maydoniga: sabzi, pomidor va piyoz ekilgan. Sabziga 3 hissa, pomidorga 4 hissa,
piyozga esa 2 hissa yer to’g’ri keladi. Sabzavotlarning har biri necha kvadrat metr yerni band
qilgan?
90. To’g’ri to’rtburchakning perimetri 36 sm. Bo’yi enidan 2 marta uzun. To’g’ri
to’rtburchakning tomonlarini toping.
91. Naimaning 180 so’m puli bor. U 7 ta qalam xarid qildi. Sotuvchi unga 5 so’m qaytardi. Bitta
qalamning bahosini toping.
92. 5 – «A» va 5 – «B» sinflardan jami 75 ta bola o’qiydi. Jismoniy tarbiya muallimi ularga: «Har
qatorda 4 tadan bo’lib saflaning!», - deb buyruq berdi. Bolalar necha qator bo’lib saflanishadi?
Oxirgi (to’liqsiz) qatorda nechta bola bo’ladi?
93. Bahrom 7 ta qalam sotib oldi. Bir dona 25 so’m turadi. Sotuvchi unga 5 so’m qaytim berdi.
Bahrom sotuvchiga necha so’m pul bergan edi?
94. Ombordan 73 t kartoshkani 5 t yuk ko’tara oladigan mashinada do’konlarga tashilmoqchi.
Bu mashina jami necha marta qatnashi kerak bo’ladi? Qancha kartoshka ortib qoladi?
95. Qahramonning 350 so’m puli bor edi. U bir nechta daftar xarid qildi. Sotuvchi unga 30 so’m
qaytim berdi. Agar bitta daftarning narxi 40 so’m bo’lsa, u nechta daftar xarid qilgan?
96. Bo’linuvchi 3815 ga, bo’luvchi 21 ga, qoldiq esa 14 ga teng. To’liqsiz bo’linmani toping.
97. Bo’linuvchi 4931 ga, to’liqsiz bo’linma 46 ga, qoldiq esa 101 ga teng. Bo’luvchini toping.
98. 12 qavatli uyning har bir qavatida 4 tadan xonadon bor. 33-xonadon nechanchi qavatda
joylashgan? 31-xonadon-chi?
Dostları ilə paylaş: |