25. To’g’ri to’rtburchak shaklidagi ekin maydonining bo’yi 960 m, eni bo’yidan 160 m kam.
Maydonning perimetrini toping
26. To’g’ri to’rtburchak shaklidagi basseynning perimetri 80 m. Uning bo’yi enidan 10 m ortiq.
Basseynning bo’yi va enini toping.
27. Tarozining bir pallasiga 5 kg li tosh, ikkinchi pallasiga esa olmalar qo’yildi. Tarozining almali
pallasiga 2 kg li tosh qo’yilgach, u muvozanatga keldi. Olma necha kilogramm ekan?
28. Birinchi son 564 ga teng va u ikkinchi sondan 3 marta katta, uchinchi sondan esa 5 marta
kichik. Shu uchta sonning yig’indisini toping.
29. 1 kg guruch 900 so’m turadi. Sotuvchi har bir qopi 60 kg dan bo’lgan 25 qop guruch sotdi.
Sotuvchi necha so’mlik savdo qilgan?
30. Velosipedchi 16 km/soat tezlik bilan Guliston shahridan Toshkentga qarab yo’lga chiqdi. 2
soatdan keyin Toshkentdan Gulistonga qarab tezligi 70 km/soat bo’lgan «Damas» yo’lga chiqdi
va 1 soatdan so’ng velosipedchini yo’lda uchratdi. Shu shaharlar orasidagi masofani toping.
31. Muqaddas opa 5 kg olma, 4 kg nok, 6 kg uzum xarid qildi. 1 kg olmani 245 so’mdan, 1 kg
nokni 480 so’mdan, 1 kg uzumni esa 350 so’mdan sotib oldi. Jami xarid uchun 6000 so’m pul
yetadimi? Necha so’m ortib qoladi?
32. 1) 5 va 1; 2) 6 va 0 raqamlari yordamida yoziladigan barcha uch xonali sonlarni yozing.
Ulardan eng kattasi bilan eng kichigining ko’paytmasini toping.
33. Do’konda 1 buxanka non 170 so’m. Abdulhaq aka oilasiga 1 kunda 2 buxanka non zarur. Bu
oila uchun 30 kunda necha so’mlik non sotib olinadi?
34. Yozgi ta’til vaqtida 12 ta o’quvchi fermer xo’jaligiga 10
kun davomida meva terishda
yordamlashdi. Har bir o’quvchi 1 kunda 150 kg dan meva terdi. O’quvchiga
terilgan har bir
kilogram meva uchun 20 so’mdan pul berildi. 12 ta o’quvchiga 1 kunda necha so’m to’landi? 10
kunda-chi?
35. Erkin otaga polga ishlatiladigan taxtaning bir kvadrat metri yo’l xarajatlari bilan 3500 so’mga
tushdi. Har bir kvadrat metr taxtani qoqish uchun ustaga 1800 so’mdan to’landi. Erkin ota 30 kv.
m lik xonani pol bilan qoplash uchun necha so’m sarfladi? Masalani ikki usul bilan yeching.
36. Fozil ota 5 ta o’quvchi nabirasining har biriga 7 tadan bir chiziqli daftar, 6 tadan katak daftar
sotib oldi. Ota jami nechta daftar sotib oldi? Masalani ikki usul bilan yeching.
37.
1) Samolyot 4500 km masofani 750 km/soat tezlik bilan uchib o’tdi.
Samolyot necha soat
uchgan?
2) Samolyot 6 soatda 5100 km masofani uchib o’tish uchun qanday tezlik bilan uchishi
kerak?
38. Birinchi son 315 ga teng. Ikkinchi son undan 3 marta kichik. Uchinchi son esa ikkinchi sondan
5 marta kichik. Shu sonlar yig’indisini toping.
39. Birinchi son 256 ga teng. U ikkinchi sondan 4 marta, uchinchi sondan esa 8 marta katta. Shu
sonlar ko’paytmasini toping.
40. Bo’linuvchi 15000 ga, bo’luvchi esa 2500 ga teng. Bo’linmani toping. Bo’linuvchini va
bo’luvchini 10 marta; 25 marta; 50 marta; 250 marta kamaytiring. Hosil bo’lgan bo’linmalarni
dastlabki topilgan bo’linma bilan taqqoslang.
41. Sayyoh 160 km yo’l yurishi kerak. Dam olish vaqtida hisoblab qarasa, yo’lning bosib o’tgan
qismi qolgan qismidan 3 marta kam ekan. Sayyoh manzilga yetish uchun yana necha kilometr
yo’l yurishi kerak?
42. Birinchi shkafdagi kiroblar soni ikkinchisidagiga qaraganda 3 marta ko’p. Ikkala shkafda 340
ta kitob bo’lsa, har bir shkafda nechtadan kitob bor?
43. Podadagi qo’ylarning oyoqlari soni boshlari sonidan 180 taga ko’p. Podada qancha qo’y bor?
44. Kitobning O’g’iloy o’qigan qismi o’qimagan qismidan 5 baravar ko’p ekan. O’qilishi
kerak
bo’lgan betlar o’qilganidan 128 bet kam ekan. Kitob necha betli? O’g’iloy kitobning necha betini
o’qigan?
45. Kitob umumiy daftardan 4 marta, yoki 900 so’m qimmat turadi. Kitobning narxi necha so’m?
46. Do’ppi va ko’ylak birgalikda 6000 so’m turadi. Ko’ylak do’ppidan 2 marta qimmat. Do’ppi
necha so’m turadi?
47. Quyidagi sonlar qanday qoida bo’yicha tuzilgan:
1) 5, 10, 15, …;
3) 2, 20, 200, …;
5) 3, 9, 27, …;
2) 7, 14, 21, …;
4) 2, 5, 8, 11, …;
6) 4, 44, 444, ….
48. Yulduzchalar o’ringa shunday raqam qo’yingki, natijada tog’ri tenglik hosil bo’lsin:
1) 1* + 2* + 4* = 91;
2) 2* + 3* + 4* = 117.
49. Ikkita sonning yig’indisi 100 ga, bo’linmasi 4 ga teng. Shu sonlarni toping.
50. 24 sm uzunlikdagi arqon ikki bo’lakka bo’lindi. Ulardan biri ikkinchisidan 3 marta uzun. Har
qaysi bo’lakning uzunligini toping.
51. Ikkita sonning ayirmasi 294 ga teng, bo’linmasi 8 ga teng. Shu sonlar yig’indisini toping.
52. 1134 m
2
yer maydoniga: sabzi, pomidor va piyoz ekilgan. Sabziga 3 hissa, pomidorga 4 hissa,
piyozga esa 2 hissa yer to’g’ri keladi. Sabzavotlarning har biri necha
kvadrat metr yerni band
qilgan?
53. To’g’ri to’rtburchakning perimetri 36 sm. Bo’yi enidan 2 marta uzun. To’g’ri
to’rtburchakning tomonlarini toping.
54. Naimaning 180 so’m puli bor. U 7 ta qalam xarid qildi. Sotuvchi unga 5 so’m qaytardi. Bitta
qalamning bahosini toping.
55. 5 – «A» va 5 – «B» sinflardan jami 75 ta bola o’qiydi. Jismoniy tarbiya muallimi ularga: «Har
qatorda 4 tadan bo’lib saflaning!», - deb buyruq berdi. Bolalar necha qator bo’lib saflanishadi?
Oxirgi (to’liqsiz) qatorda nechta bola bo’ladi?
56. Bahrom 7 ta qalam sotib oldi. Bir dona 25 so’m turadi. Sotuvchi unga 5 so’m qaytim berdi.
Bahrom sotuvchiga necha so’m pul bergan edi?
57. Ombordan 73 t kartoshkani 5 t yuk ko’tara oladigan mashinada do’konlarga tashilmoqchi.
Bu mashina jami necha marta qatnashi kerak bo’ladi? Qancha kartoshka ortib qoladi?
58. Qahramonning 350 so’m puli bor edi. U bir nechta daftar xarid qildi. Sotuvchi unga 30 so’m
qaytim berdi. Agar bitta daftarning narxi 40 so’m bo’lsa, u nechta daftar xarid qilgan?
59. Bo’linuvchi 3815 ga, bo’luvchi 21 ga, qoldiq esa 14 ga teng. To’liqsiz bo’linmani toping.
60. Bo’linuvchi 4931 ga, to’liqsiz bo’linma 46 ga, qoldiq esa 101 ga teng. Bo’luvchini toping.
61. 12 qavatli uyning har bir qavatida 4 tadan xonadon bor. 33-xonadon
nechanchi qavatda
joylashgan? 31-xonadon-chi?
62. Natural sonlarni 2 ga; 3 ga; 5 ga; 8 ga; 10 ga; 100 ga; 1000 ga bo’lganda qanday qoldiqlar
chiqishi mumkin?
63. Tenglamani yeching:
1) 1700 : 80 =
Dostları ilə paylaş: