Jismoniy mashqlarning nafas tizimiga ta’siri Odam atmosfera havosidan nafas oladi. Uning tarkibiga quyidagi gazlar kiradi; O2-20·94%, CO2-0·03%, N-79·03%. Nafas chiqaradigan havo tarkibiga esa O2-16·3%, CO2-4%, N-79·7% kiradi. Nafas chiqaradigan havosi tarkibi 112 o‘zgaruvchan bo‘lib, moddalar almashinuvining intensivligi, nafasning tezligi va chuqurligiga bog‘liq. Bunga organizmga kiradigan va chiqadigan havoning solishtirma tarkibi ham dalolat beradi. Alveolyar havosining tarkibi atmosfera havosi tarkibidan keskin farq qilishi tabiiy holdir, chunki nafas olingan havo alveolalari va qon orasida gazlar almashinuvida ishtirok etadi. Buning natijasida kislorod qonga va qondan esa karbonat angidrid muntazam diffuziya bo‘lib turadi. Oqibatda, alveolyar havo tarkibida kislorodning miqdori kamayib, karbonat angidrid gazining miqdori esa ortadi. Shu vaqtning o‘zida alveolyar havoning tarkibi quyidagicha ko‘rinadi: O2- 14·2-14·6%, CO2-5·2-5·7% va N-79-80% .
Nafasning asosiy vazifasi organizmga kislorod yetkazib berish va karbonat angidridni chiqarib tashlash bo‘lganidan u birinchi navbatda, moddalar almashinuvining shiddatiga qarab o‘zgaradi. Organizm tinch turgan vaqtda nafas olish sekin va yuzaki, ish qilganda esa chuqur va tez bo‘ladi. Jismoniy ish va sport bilan shug‘ullanganda kislorod iste’mol qilish bir daqiqada 100 ml ortganda qonning daqiqalik hajmi taxminan 800-1000 ml ko‘payishi aniqlangan. Odam tinch turganda kislorod iste’mol qilish bir daqiqaga 250-300 ml ga, ish vaqtida esa 4500-5000 ml ga yetishi mumkin. Jismoniy ish vaqtida sistolik hajm uch hissa (70 dan 200 ml gacha), yurakning qisqarishlar chastotasi 2 va hatto 3 baravar ortgani (daqiqaga 70 dan 150 gacha va hatto 200 martagacha urgani) uchun ham shunchalik ko‘p kislorod tashib berilishi mumkin.\
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishga tanlash haqida umumiy tamoyillar Jismoniy mashqlar har bir insonning hayotida muhim, lekin, har xildagi ahamiyat kasb etadi. Bu esa organizmning individual morfologik va funksional xususiyatlariga bog‘liqdir. Masalan, jismoniy rivojlanishdan qolgan bolalar uchun korreksiyalovchi jismoniy mashqlar zarur bo‘lsa, boshqalari uchun sport turi bo‘yicha rekord natijalariga erishish imkoniyatiga ega bo‘lish sport bilan shug‘ullanishni tavsiya qilish mumkin.
Sportga tanlash – bu tanlab olinadiganlarning qobiliyatini oldindan aniqlash asosida sport faoliyatini bajarishi mumkin ekanligini tasdiqlashdir va murabbiy faoliyatining ajralmas qismidir. Tanlash usuli faqatgina yetarlicha tibbiy-biologik nuqtayi-nazardan asoslangan tamoyillar asosida bajarilgandagina samarali bo‘lishi mumkin. Sportga tayyorlash guruhiga bolalarni tanlashda takomillashmagan usullardan foydalanish natijasida sportga tayyorlash guruhiga spot bilan shug‘ullanishga qobiliyati bo‘lmagan bolalar ham tushib keladi. Bunday 166 bolalardan yuqori sinfdagi sportchilar tayyorlash uchun sarflanadigan mehnat va material vositalari samarasiz hisoblanadi. Bo‘ladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi komandaga ishtirokchilar tanlashning yana bir shakli mavjuddir. Tanlashning bu turi uzoq muddatli bashoratlarni talab qilmaydi va uslubiy jihatdan juda oddiy. Tayyorlash guruhiga dastlabki tanlash ikki yo‘l bilan bajariladi: jismoniysport oriyentatsiya yoki sport seleksiyasi shakllarida. Jismoniy mashq oriyentatsiyaning mohiyati bo'yicha qobiliyatli va harakatchan bolalarni aniqlash, tayyorlash guruhidan qobiliyatli bolalarni tanlab olish yo‘li bilan yuqori sport natijalariga erishish mumkin. Bunday bolalar ko‘p emas, bor yo‘g‘i 3-5% ni tashkil etadi. Qolganlariga esa sog‘lig‘i va jismoniy tayyorgarligi hisobiga olingan holda maxsus dastur asosida umumiy sog‘lomlashtirish tayyorgarligi uchun tavsiya qilinadi.
Nozik, jismoniy rivojlanishi jihatdan ma’lum asoratli bolalar taklif qilinadi. Bunday oriyentatsiyaning birinchi bosqichi maktab yoshigacha bo‘lgan muassasalarda mavjud bo‘lgan va tashkil qilingan tadbirlarni qamrab oluvchi 5-7 yoshli bolalarda o‘tkazish tavsiya qilinadi. Yuqorida qayd qilingan turdagi tanlash asosida faqatgina murabbiylar tomonidan istalgan, lekin, kelajakdan ancha uzoq bo‘lgan xohishdir. Hozirgi paytda sport seleksiyasidan keng foydalanilmoqda. Bu tanlash ancha tor doiradagi masalalarni yechadi, ma’lum turdagi sport bilan shug‘ullanishiga yoki tanlangan turdagi sportning navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishga qodir ekanligi yoki qodir emasligi aniqlanadi. Sport seleksiyasining ikki turi farqlanadi: saralash va tanlovdan o‘tmaganlar. Saralash – sportning ushbu turi bo‘yicha o‘z xohish muammolarini yecha olmagan yoki sportning ushbu turi bilan shug‘ullanishni istamagan bolalar kiradi.
Saralash odatda maktabgacha bo‘lgan muassasalarda va maktablarda o‘tkaziladi va ajratish uchun loyiq bo‘lmagan, lekin, shug‘ullanishni istovchilar qatoridan tanlab olinadi. Sportchilar tayyorlash guruhiga saralash tamoyili ko‘p yillardan buyon davom etib kelmoqda va u ko‘p bosqichlidir.
Yuqorida qayd qilingan dastlabki 167 saralash bosqichidan tashqari yana (ayrim paytlarda undan ham ko‘p) asosiy va hal qiluvchi bosqichlari mavjud, bularni o‘tkazish paytida sportga tayyorlashning navbatdagi ancha yuqori bosqichlarini egallashi mumkinligi tekshirib ko‘riladi va aniqlanadi.