Mavzu: Sport fiziologiyasi


Jismoniy faoliyat tanlash uchun tibbiy tekshiruv



Yüklə 53,72 Kb.
səhifə4/5
tarix17.03.2023
ölçüsü53,72 Kb.
#88442
1   2   3   4   5
reabilitologiya 1

Jismoniy faoliyat tanlash uchun tibbiy tekshiruv
Zamonaviy hayot sharoitlari tez-tez gipodinamiya bilan birga kuzatiladi. Inson harakatlanish uchun yaratilgan. Fiziologiya nuqtayi nazaridan, inson kam haraktli hayot tarziga yetarlicha yaxshi moslashmaydi. Jismoniy mashqlarni tanlashda quyidagi insonlar mashqlarni boshlashdan oldin to’liq tibbiy tekshiruvdan o’tishi lozim; 1) yoshi 40 dan oshgan erkaklar; 2) yoshi 50 dan oshgan ayollar; 3) kasallik ehtimoli yuqori bo’lgan istalgan yoshdagi insonlar. Mashg’ulotlar rejasidan oldin sog’lom insonlar uchun o’tkazilgan tibbiy tekshiruv jismoniy faoliyat bajarilishi natijasida kasallik ehtimolini kamaytirmaydi. Aynan shu sababli kasallikka chalinish ehtimoli yuqori bo’lgan insonlarni aniqlash imkonini beradigan maxsus tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bu insonlarda yurak koronor kasalligi ehtimolining ikki va undan ortiq omillari mavjud. Koronar kasalligi ehtimolining asosiy omillari (D.X.Uilmor va L.L.Kostill bo’yicha, 2001): 1. Gipertenziya tashhisi ikki bor belgilanganda: sistolik bosimi 160mm sim.ust. baland, qonning diastolik bosimi esa 90mm sim.ust ga teng bo’ladi. Bunday vaqtda tezlik bilan gipertenziyadan davolash kerak bo’ladi. 2. Xolesterin miqdori 6,20mmol’/l dan yuqori bo’lmasligi kerak; 3. Chekish mumkin emas; 4. Insulinga tobe qand kasalligi bo’lgan 30 yoshdan oshganlar yoki 15 yil mobaynida bu kasallikdan aziyat chekib kelayotganlar, shuningdek, insulinga tobe bo’lmagan qand kasalligi bo’lgan 35 yoshdan katta insonlar bemor hisoblanadi; 5. Ota-onasi yoki aka-opalari 55 yoshgacha koronor yoki boshqa aterosklerotik kasalliklarga chalinish holatlarini o’rganish kerak. Tibbiy tekshiruv, jismoniy mashqlarni bajarish dasturini shifokor bilan maslahatlashishni o’z ichiga olishi zarur (ayniqsa muayyan jismoniy mashqlar bajarishga qarshi ko’rsatmalar bo’lganda). Masalan, gipertenziyadan aziyat chekadiganlarga izometrik mashqlarni bajarish tavsiya etilmaydi, chunki bu mashqlar qon bosimini oshiradi. Valsalva uslubi ham tavsiya etilmaydi, chunki 204 qorin va ko’krak kafasi ichki bosimi oshishi venaga qon oqishini va tabiiyki, vena oqimi qaytishini cheklaydi. Bu reaksiyalar jiddiy oqibatlar - hushdan ketish yoki insultga sabab bo’lishi mumkin. Bundan tashqari yuqorida ta’kidlanganidek, dinamik yo’naltirilgan kuch mashg’uloti natijasida arterial bosim oshishi mumkin. Kasallik ehtimolini oshiruvchi omillarga metabolik va kordiorespirator kasalliklari kirib, ularning belgilari quyidagicha: 1) kukrak sohasida og’riq yoki siqilish; 2) sababsiz xansirash; 3) bosh aylanishi; xushdan ketish; 4) otopnoe (kechasi xansirab qolish); 5) oyoqlar sohasida shish; 6) tezlashgan yurak urishi (taxikardiya); 7) yurakda paydo bo’lgan shovqinni tibbiy nuqtayi nazardan ko’rib chiqish kerak, chunki ularning hammasi ham metabolik yoki kardiorespirator kasalliklarning yaqqol ko’rsatgichlari hisoblanadi. Jismoniy faoliyatni mustaqil tanlashda ularning me’yoriyliligi, YUQCH va nafas olishning biroz oshishini unutmaslik kerak. Bizning fikrimizcha, har qanday holatda ham inson jismoniy faoliyatdan rohatlanishi shart!

Jismoniy yuklamani tanlash Jismoniy yuklamani tanlash jarayoni to’rt asosiy jihatdan iborat: 1) jismoniy yuklama tartibi yoki turini aniqlash; 2) mashg’ulotlar chastotasini aniqlash; 3) har bir mashg’ulot davomiyligini aniqlash; 4) har bir mashg’ulot intensivligini aniqlash. Eng birinchi o’rinda jismoniy yuklamani eng optimal hajmini aniqlash zarur. Aerob imkoniyatlar oshishini ta’minlash uchun mashg’ulotlarning maksimal davomiyligi, chastotasi va intensivligiga erishish lozim. Shu bilan birgalikda muayyan mashg’ulotlar dasturiga individual reaksiyalar bir qator tebranishlar bilan izohlanishini bilamiz.


Jismoniy yuklama turlari Jismoniy yuklama dasturi, odatda, yurak qon-tomir tizimi chidamliligini oshirishga qaratilgan mushak faoliyatini anglatadi. Bular asosan: 1) yurish; 2) 205 lo’killab yugurish; 3) yugurish; 4) piyoda sayr; 5) velosipedda yurish; 6) eshkak eshish; 7) suzish.
Bolalar va o’smirlarning rivojlanish davrlari
Organizmning morfologik va funksional bolalik davrlaridan boshlab uch xil “kritik” davrlar farqlanadi: 3 yoshgacha, 7 yoshlik va 12-16 yoshlik. Rivojlanish kritik davrlarining klassifikatsiyasiga chaqaloqlik davri - bola hayotining 1 oylik davrini kiritish zarur, chunki bu davrning kechishida hayotning 1-kunining birinchi daqiqalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Tug’ilish davrida organizm rivojlanishining yangi davri boshlanadi va shunga yarasha yangi sharoit yaratiladi. Yashash muhiti o’zgaradi: suvlikdan havoli muhitga o’tiladi va gravitatsiya kuchlari harakatga kela boshlaydi. Yangi tug’ilgan bola hayotida birinchi marta havo yutadi va bunda organizmning tashqi muhit bilan gaz almashinuvi jarayoni homila orqali emas, balki o’pka orqali boshlanadi. Bola organizmida qon harakatining yo’li keskin o’zgarib, qon katta va kichik qon aylanish doiralari orqali aylanadi, natijada o’pka gaz almashinuv funksiyasini bajara boshlaydi.
Bola 3 yoshga to’lganda mustaqil harakatlanib, amalda o’zi kattalarning yordamisiz qiynaladi. Unda bu vaqtga kelib, ota-onalari va tengdoshlari bilan so’zlashish qobiliyati tez rivojlana boshlaydi. Bola 7 yoshida maktabga boradi. Markaziy nerv tizimi, sensor va muskul tizimlarining rivojlanishi yangi bosqichga ko’tariladi. Bu yoshda bolada gipofizar – buyrak usti tizimining faolligi yuqori darajaga yetadi.
Kritik davr 12-16 yoshlarni o’z ichiga olib, yoshlarda gormonal rivojlanishlarning yaqqol ko’zga tashlanishi, jinsiy balog’atga yetishishi va jismoniy hamda aqliy jihatdan rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Butun bolalikni qo’yidagi davrlarga bo’lish mumkin: 1. Prenatal ontogenez (natus - rivojlanish) 1) embrional davr (embrionning 2 oyligigacha); 2) fetal davr (homilaning 2 oyligidan tug’ilgungacha); 68 2. Postnatal ontogenez: 1) chaqaloqlik davri (neonatal davr yoki tug’ilgandan 1 oylikgacha); 2) emadigan davr (1oydan 1 yoshgacha); 3) yasli yoshidagi davr (1 yoshdan 3 yoshgacha); 4) maktabgacha tarbiya davri (3dan 7 yoshgacha); 5) kichik maktab yoshi davri (o’g’illarda – 7dan 13 yoshgacha, qizlarda – 7dan 11 yoshgacha); 6) o’smirlik davri (pubertat davr – o’g’illarda 13 yoshdan 17 yoshgacha, qizlarda – 11 yoshdan 15 yoshgacha). Organizm rivojlanish davrlarini sxemasi bo’yicha bo’lish amaliy maqsadlar uchun qulay hisoblanadi

Suyaklarning rivojlanishi va yetilishishiga yetarli ovqatlanishning ahamiyati muhimdir. Kalsiyning oziq-ovqat moddalarida yetishmasligi yoki uning ichaklarda yomon surilishi vitamin D ning yetishmasligi tufayli kelib chiqadi va bunda qondagi kalsiy miqdori suyaklardan kalsiyning so’rilishi sababli turib qoladi, ya’ni suyaklarning rivojlanishi teskari tomonga burilib, osteomalyatsiya holati yuzaga keladi. Suyak to’qimalarining o’sishi va qayta modellanishi bolalar uchun suyaklarning qon bilan ta’minlanishining ko’payishini, ayniqsa, endoxondral ossifikatsiya zonalarida qo’llab-quvvatlab turadi. Metafiz va epifizlarning qon bilan ta’minlanishi metafiz va epifiz arteriyalari orqali amalga oshadi. Qon plazmasidagi kalsiy miqdori normada 2,44mmol/l yoki 0,98g/l.ga teng bo’ladi.





Yüklə 53,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin