Mavzu: Sport fiziologiyasi


Jismoniy mashqlarning yurak-qon tomirlari faoliyatiga ta’siri



Yüklə 53,72 Kb.
səhifə2/5
tarix17.03.2023
ölçüsü53,72 Kb.
#88442
1   2   3   4   5
reabilitologiya 1

Jismoniy mashqlarning yurak-qon tomirlari faoliyatiga ta’siri
Qon aylanish tizimiga yurak, arteriya, vena, kapillyarlar va limfa tizimi kiradi. Yurak va tomirlar faoliyati tufayli odam organizmida qon to‘xtovsiz harakatlanib turadi va turli-tuman tashilish funksiyalarini bajaradi. Yurak-qon tomirlar tizimining markaziy a’zosi bo‘lib, asab va garmonlar boshqaruvining ta’sirida doimo bir maromda qisqarib va kengayib turadi. Buning natijasida organizmdagi qon suyuqligi har xil kattalikdagi qon tomirlari yordamida hujayralarga va to‘qimalarga oziq moddalarni olib boradi va turli qon tomirlar orqali yurakka qaytib keladi.
Shuning uchun barcha qon tomirlar ikki turga bo‘linadi: 1) markaziy a’zo bo‘lmish yurakdan chiqib, butun tanaga tarqaladigan hamma qon tomirlariga (ichidagi oqayotgan qonning qandayligidan qat’i nazar) arteriya qon tomirlari deyiladi; 2) hujayralardan, to‘qimalardan markaziy a’zo hisoblangan yurakka qon olib keladigan tomirlar esa vena qon tomirlari deb yuritiladi.
Ba’zan puls defisiti deb ataluvchi hodisa kuzatiladi, bunda qorinchalarning har bir qo‘zg‘alish to‘lqini tomirlar tizimiga qon otilib chiqishiga va puls turtkisi hosil bo‘lishiga olib kelavermaydi. Sistolada qon juda sust haydalgani uchun qorinchalarning ba’zi sistolalari periferik arteriyalarga yetib boruvchi puls to‘lqinini hosil qila olmaydi, bunda puls turlicha bo‘ladi (puls aritmiyasi). 110 Yurak qisqarganda qon chap bo‘lmadan aortaning yoyiga faqat haydalish fazasida chiqadi. Tinch holatda bo‘lgan odamning qon harakati tezligi haydalish fazaning boshlarida 100 sm/soniyadan ko‘proq bo‘ladi. Yurakdan uzoqlashish bilan oqish tezligining o‘zgarish amplitudasi asta-sekin kamayadi.
Qonning hajm tezligi qon harakatining miqdori gavdaning turli a’zolarida turlicha bo‘lib, shu a’zoda tomirlar to‘ri qanchalik rivojlanganligiga va organizmning ishiga bog‘liq. A’zolar ishlayotganda tomirlari kengayadi, ulardagi qarshilik kamayadi. Tomirlarning bunday mahalliy kengayishi qonning umumiy bosimini kam o‘zgartirgani uchun ishlayotgan a’zo tomirlaridagi qonning hajm tezligi ortadi. Aorta va yirik arteriyalar qon harakati yurak qisqarishiga qarab o‘zgarib turadi. Qon oqishning o‘rtacha chiziqlik tezligi aortada 40 sm/soniya yurakdan otilib chiqadigan qon miqdori oshganda qon oqishining chiziqlik tezligi 100 sm/soniyadan ham oshib ketishi mumkin. Qon oqishining o‘rtacha tezligi tomirlarning ko‘ndalang kesimiga teskari proporsional bo‘lganidan bu tezlik periferik arteriyalarda ancha past, 20-30 sm/soniya, oxirgi arteriya va arteriolalarda juda kamayib ketadi

Yüklə 53,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin