Sport mashqlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari va usullari.
O‘rgatishning tamoyillari
O‘rgatish metodlari
Xulosa
Adabiyotlar ro‘yxati
1.Sport mashqlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari va usullari.
Birinchi shart. Sport mashqlari o‘rgatishni muvaffaqiyatli tashkil etishning birinchi sharti — o‘quvchining tayyorlik darajasini aniq baholashdir.
Bunda o‘quvchining potentsial imkoniyatlari quyidagi ko‘rsatkichlarga binoan baholanadi:
harakat tayyorgarligi (o‘zlashtirgan harakatlarining hajmi va xarakteri, harakatlarni o‘rganishdagi tipik qiyinchiliklar, o‘quvchida yangi harakatlardagiga o‘xshash harakat tajribasining mavjudligi;
-jismoniy tayyorgarligi (yangi harakatni o‘rganib olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan xislatlarning kamolot darajasi);
psixik xislatlarining (o‘quvchilarning dadilligi, qat’iyligi, uzoq vaqt davom etadigan asabiy zo‘r berishlarga reaktsiyasi va boshqa shaxsiy xislatlarining) qay daraja rivoj topgani.
O‘quvchining qobiliyatini baholash xarakteri ayni choqda qanday mashq o‘rganayotganligiga bog‘liq. Sport mashqlari esa nihoyatda xilma-xil, shuning uchun yangi harakat o‘rganilayotgandagi har bir konkret holda o‘quvchinnng imkoniyatlarini aniqlash o‘zgarib turishi mumkin.
Ikkinchi shart—o‘rgatish dastursini harakat tuzilishini taxlil qilish va o‘quvchining individual xususiyatlarini bilish asosida tuzish. O‘qitish dastursi algoritmik topshiriq, chiziqli yoki tarmoqli dastur tarzida yoziladi. Sport mashqlarining texnikasi murakkablasha borgan sari o‘rgatish dasturlarining samaradorligi ham orta boradi.
Uchinchi shart — mashqni o‘zlashtirish jarayonini mohirlik bilan boshqarish. Buni o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini tahlil qilish hamda aniqlik kiritadigan komandalar va nazorattopshiriqlarni tanlash asosida amalga oshiradi.
To‘rtinchi shart — tegishli sharoit va o‘quv vositalarinpng mavjud bo‘lishi. Bunga quyidagi: mashg‘ulot joyi (sinf xonasi, zal, maydoncha), asosiy va yordamchi snaryadlar, metodik o‘quv vositalari (jadvallar, rasmlar, kinogrammalar, odam gavdasining modellari, ta’lim texnikasini va metodikasi yuzasidan tuzilgan metodik rejalar va hokazo), texnikaviy ta’minlash vositalari kino va fotoapparatlar, o‘lchov qurilmalari va goniometr, dinamometr va hokazo tipidagi asboblar, magnitofonlar, videomagnitofonlar, diktofonlar va hokazolar kiradi.
O‘rgatishning tamoyillari
Sportda o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘rgatishning didaktik tamoyillari asosiy faoliyat qo‘llanmasi hisoblanadi.
Onglilik va aktivlik tamoyili. Sport mashqlarn Sportchilarning jismoniy, harakat va irodaviy xislatlariga katta talablar qo‘yadi. Yangi mashqlarni o‘zlashtirish jarayonidagi onglilik va aktivlik tamoyili o‘quvchilardan eng avvalo harakatni tushunib o‘rganishni, qo‘yilgan vazifani hal etishga qiziqib va ijodiy munosabatda 'bo‘lishni tarbiyalashni talab etadi.
O‘qish jarayonida harakat ko‘nikmalarini ongli o‘rganib olishlari uchun shugullanuvchilarga quyidagilarni o‘rgatish darkor.
O‘z faoliyatining natijalarini baholash; turli (og‘zaki, grafik, yozma, xayolda takrorlash) usullardan foydalanib harakat texnikasini tasvirlash; yangi harakatni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan turli qiyinchiliklarni sngish; kundalik daftar tutish va mashqlarni o‘zlashtirish planlarini tuzish; o‘qituvchiga mashg‘ulotni tashkil etishda va o‘rtoqlariga harakatni o‘rganishda yordam berish.
Ko‘rgazmalilik tamoyili. O‘rgatish ko‘rgazmali bo‘lishiga erishish uchun o‘qituvchi quyidagi bir qancha vosita va usullardan foydalanadi: harakatning mukammal ijrosini namoyish qilish, kinomateriallar va fotomateriallarni, rasmlar, jadvallar va «etalon» modellarni ko‘rsatish;
ayrim harakat topshiriqlari texnikasining detallarini og‘zaki tasvirlab berish va boshqa harakatlar bilan taqqoslash; qo‘shimcha signallar ishlatish (fazadagi orientirlar, harakatlarga ovoz bilan jo‘r bo‘lib turish ohista ko‘tarib yuborish va ko‘l tekizib qo‘yish); trenajyor qurilmalarda, odam gavdasi modellarida va hokazolarda o‘rganilayotgan mashq yoki uning elsmentlari texnikasini ko‘rsatib berish; alohida holatlarni maxsus to‘xtatib ko‘rsatish, taqlid qilish, yordamlashib bajartirish va boshqa osonlashtirilgan harakatlar natijasida harakatni alohida e’tibor bilan his etishni hosil qilish.
Osonlik tamoyili shug‘ullanuvchilarga ular kuchiga mos ksladigan vazifalar berilishini talab qiladi. Aks holda o‘quvchilar mashg‘ulotlarga qiziqmay qo‘yadilar. Birok, osonlik tamoyili Sportchilarni qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatish zaruratini mutlaqo iikor etmaydi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning nimaga qodirligini, ularning konkret mashqlarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini uzluksiz chuqur o‘rganib borishi kerak. U, masalan, turnikda katta aylanishni bajarish uchun o‘quvchida bir qancha boshqa mashqlarni bajara olish, ko‘lida yetarlicha kuch bo‘lishi, dadillik va qat’iyatlilik singari ko‘p xislatlar hosil qilingan bo‘lishi zarurligini bilishi kerak. SHunday xislatlarning mavjudligi ana shu mashq o‘quvchi uchun osonligini ko‘rsatadigan o‘lchov bo‘ladi.
Osonlik tamoyili didaktikaning ma’lumdan noma’lumga, osondan qiyinga, soddadan murakkabga, degan qoidalari bilan chambarchas bog‘liq.
Tizimlilik tamoyili quyidagilarni: harakat faoliyatini o‘rganishda muayyan izchillik bo‘lishini;
turli harakat vazifalarini hal qilish qobiliyatini rivojlantirish uchun harakat texnikasini muntazam takomillashtirib borish va yangi mashqlar o‘rganishni; o‘quvchilarning ishga ishtiyoqi va aktivligini so‘ndirmaslik maqsadida o‘rgatish jarayonida ish bilan dam olishni almashlab turishni nazarda tutadi.
O‘rgatish metodlari
O‘rgatish metodlari deganda qo‘yilgan vazifalarni hal qilish uchun kerakli muayyan yo‘llar tanlashni tushunish kerak.
Xilma-xil o‘rgatish metodlarini quyidagi guruxlarga bo‘lish mumkin:
Birinchi guruh o‘rgatish metodlariga quyidagilar kiradi:
og‘zaki metod universal metodlardan biri bo‘lib, o‘quvchilar bilan munosabatda bo‘lish jarayonida o‘rgatishni idora qilish imkonini beradi. Bunda sport terminologiya,sidan foydalanish alohida ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki shu terminologiya yordamida o‘qituvchining o‘quvchilarga nutq orqali ta’sir etishi aniq va qisqa bo‘lishiga erishish mumkin;
harakat texnikasi to‘g‘risidagi ma’lumotni bildirish metodi namoyish qiluvchi tomonidan mashqlarni ijro etish yo‘li bilan ko‘rgazmali qurollar ko‘rsatish, tovushli va nurli orientirlar, taktil signallar berish, harakatning ayrim parametrlari haqida mikdoriy axborot berish va o‘quvchi tomonidan harakat texnikasi elementlarini bajarish yo‘li bilan namoyon qilinadn.
Mazkur o‘rgatish metodlari asosan mashq texnikasi asoslari to‘g‘risidagi tasavvurni hosil qilish va aniqlashga qaratilgan bo‘lib, butun o‘rgatish davri mobaynida qo‘llanilishi mumkin. Ikkinchi gurux o‘rgatish metodlariga quyidagilar kiradi: yaxlit mashq metodi, u o‘rganilayotgan harakatni bir butun tarzda bajarishni nazarda tutadi.
Bunda ijro etish sharoitini yengillashtirish yordam ko‘rsatish va straxovka qilishning qo‘shim-cha vositalarini qo‘llanish, snaryad balandligini kamaytirish, harkatni trenajyorda bajarish, dastlabki yoki pirovard holatni soddalashtirish (masalan, past turnikda gavda yozib ko‘tarilishni murabbiy yordamida bajarish) hisobiga bo‘lishi mumkin;
yordamchi mashqlar metodi (yaxlit mashq metodining variantlaridan biri), u struktura jihatidan asosiy mashqqa o‘xshash, lekin ayni vaqtda mustaqil mashq bo‘lgan ilgari o‘rganilgan harakatni yaxlit bajarishni nazarda tutadi (masalan, turnikda gavdani yozib ko‘tarilish uchun bir oyoqda ko‘tarilib tayanish yordamchi mashq bo‘lib xizmat qiladi);
bo‘lingan mashq metodi bu bugun harakat texnikasini ayrim qism va elemsntlarga ajratib olish va ularning har birini o‘zlashtirib olgandan keyin uni qayta yaxlit bajarishdan iboratdir. Mashqni qismlarga bunday sun’iy bo‘lish asosiy harakat faoliyatini o‘rganish sharoitini osonlashtirish maqsadida qilinadi;
xususiy harakat vazifalarini hal qilish metodi bo‘lingan mashq metodining varianti bo‘lib, harakat texnikasining muayyan elementlari bo‘lgan o‘quv vazifalari seriyasini tanlash bilan xarakterlanadi (masalan, endi boshlovchi Sportchilar oyoqni kerib tayanib sakrashni o‘rganib olish uchun yerga tushishni, yugurib kelishni, depsinish va undan ko‘prik tushishni birin-ketin o‘rganadilar).
Mazkur o‘rgatish mstodlari o‘quvchilarga mashq haqida axborot olish va o‘rganilayotgan harakat texnikasi asoslarini bilib olish imkonini beradi. undan tashqari, ular harakat tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvur aniqlashuvi va aniqlashuviga, shuniigdek ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xatolarni tuzatishga yordam beradi.
Uchinchi gurux o‘rgatish metodlariga quyidagilar kiradi:
standart mashq metodi bu metod trsnirovka mashg‘uloti sharoitida harakat ko‘nikmasini mustahkamlash maqsadida harakatni mustaqil bajarish bilan xarakterlanadn; o‘zgaruvchan mashq metodi, u quyidagi qiyinlashtirilgan sharoitlar bilan bog‘liq bo‘ladi: adashtiruvchi signallar (shovqin, begona tovushlar va hokazolar), atrofdagi sharoitning o‘zgarishi (snaryadlarning odatdagidan boshqacha qo‘yilishi, yoritishni o‘zgartirish va hokazolar), ma’lum topshiriqni bajarish haqida kutilmagan ko‘rsatma berilishi, mashqning kombinatsiyadagi joyi o‘zgarib qolishi mashqni charchagan yoki ortiqcha hayajonlanib turib bajarish;
o‘rgatishning o‘yin va musobaqa mstodi o‘quvchilarning o‘zaro raqobat qilishini yoki harakatdan muayyan natijaga erishish uchun mas’uliyat sezishni nazarda tutadi. Mazkur o‘rgatish metodlari harakat ko‘nikmalari barqarorligiga erishish imkoniyatini beradi. To‘rtinchi gurux o‘rgatish metodlari yangi harakatni
o‘rgatishning to‘g‘ri taktikasini va o‘quv jarayonini tashkil qilishning samarali formasini tanlab olish imkoniyatini beradigan dasturlash metodlaridan iboratdir. Mashqni o‘rgatish jarayonini algoritmlash dasturlashtirishning turlaridan biridir.
Algoritmik tipdagi topshiriqlar o‘quv materialini qismlarga (dozalar, portsiyalar yoki o‘quv vazifalariga) bo‘lishnn va ana shu qism vazifalarni shug‘ullanupchilarga qat’iyan aniq tartibda birin-ketin o‘rgatishni nazarda tutadi. O‘quv vazifalarining birinchi seriyasi o‘rganib bo‘lingandan ksyingina ikkinchi seriyaga o‘tish huquqi beriladi. Topshiriqlarni tuzishga quyidagi talablar qo‘yiladn:
1) topshiriqlar yoki o‘quv materialining qismlari har bir faoliyat
xarakterini aniq ko‘rsatishi, ularni tanlashda tasodifga yo‘l qo‘ymasligi va u kimlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, shularga tushunarli bo‘lishi kerak;2) algoritmik tipdagi topshiriqlar bitta harakat faoliyati uchun ham, struktura jihatidan o‘xshash harakatlar seriyasi uchun ham tuzilishi mumkin;
3) o‘quv vazifalarining hammasi bir-biri bilan bog‘liq hamda murakkablashib borishi jihatidan izchil bo‘lishi kerak.
Topshiriqqa binoan o‘quv materiali qismlarini o‘rganish tartibi ular orasidagi aloqadorlikka qarab belgilanadi.
Algoritmik tipdagi topshiriqning har bir vazifalar seriyasi muayyan maqsadni hal qilishga qaratilgan bo‘ladi.
Chunonchi, o‘rganiladigan harakat faoliyatini muvaffaqiyat bilan bajarish uchun zarur jismoniy xislatlarni rivojlantiradigan mashqlar, o‘quv vazifalarining birinchi seriyasida bo‘lishi kerak.
O‘rganiladigan harakat faoliyati boshlanishi va tugallanishidagi dastlabki va pirovard holatlarni o‘zlashtirishga mo‘ljallangan mashqlarni esa o‘quv vazifalarining ikkinchi seriyasi o‘z ichiga olishi kerak.
O‘quv vazifalarining birinchi va ikkinchi seriyasi bir vaqtda yoki boshqa-boshqa vaqtda o‘zlashtirilishi mumknn,
O‘quv vazifalarining uchinchi seriyasi asosiy harakatlar bajarilishini nazarda tutadi, Masalan, bruslarda qo‘llarga tayanib turib oldinga siltanib ko‘tarilishni o‘zlashtirish uchun o‘quvchi siltanib turishni va oldinga qarab zarur bo‘lgan balandlikka siltanishni bajara bilishi kerak.
To‘rtinchi seriyaga bajarishnn ayrim parametrlarga fazo, vaqt, muskullarning zo‘r berish darajasiga qarab baholash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv vazifalari kiradi. Differentsasiyalash miqdori va aniqlik darajasi o‘rganiladigan mashqning murakkabligiga bog‘liq.
O‘quv vazifalarining beshinchi seriyasi yordamchi mashqlami o‘z ichiga oladi. O‘quv vazifalarining mana shu seriyalari bajarilgandan keyin, harakat osonlashtirilgan sharoitda (trenajyorda, o‘qituvchi yordamida texnika vositalaridan foydalanib va hokazo) yaxlit o‘rganiladi.
Har bir o‘quv vazifasini o‘rganayotganda topshiriqlar qanchalik.to‘g‘ri bajarilayotganini nazorat qilish orqali o‘quv jarayonini aktiv boshqarish imkoniyati yaratiladi.
Yaxlit o‘rgatish metodini qoTlanishning iloji bo‘lmaganda yoki samarasi kam bo‘lganda algoritmik tipdagi topshiriqdan foydalanish kerak. Bu tipdagi topshiriqdan, odatda texnik jihatdan murakkab mashqlarni o‘rganishda foydalaniladi.
Harakat texnikasi to‘g‘risidagi ma’lumotni bildirish metodi namoyish qiluvchi tomonidan mashqlarni ijro etish yo‘li bilan ko‘rgazmali qurollar ko‘rsatish, tovushli va nurli orientirlar, taktil signallar berish, harakatning ayrim parametrlari haqida mikdoriy axborot berish va o‘quvchi tomonidan harakat texnikasi elementlarini bajarish yo‘li bilan namoyon qilinadn.
Mazkur o‘rgatish metodlari asosan mashq texnikasi asoslari to‘g‘risidagi tasavvurni hosil qilish va aniqlashga qaratilgan bo‘lib, butun o‘rgatish davri mobaynida qo‘llanilishi mumkin. Ikkinchi gurux o‘rgatish metodlariga quyidagilar kiradi: yaxlit mashq metodi, u o‘rganilayotgan harakatni bir butun tarzda bajarishni nazarda tutadi.
Sport o‘yinlari jismoniy tarbiyaning asosiy vositalaridan biri sifatida jismoniy tarbiya bo‘yicha umumta’lim maktab dasturi va “Salomatlik” majmuining talablaridan kelib chiqib, o‘quv – trenirovka jarayonida asosan quyidagi vazifalarni hal etadi: - O‘quvchilarni sog‘lig‘ini mustahkamlash, chiniqtirish, jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish, yuqori mehnat qobiliyatini saqlash, yuksaltirish hamda ijtimoiy – gigiyenik ko‘nikmalarini tarkib toptirish. - O‘quvchilarda axloqiy va irodaviy sifatlarini tarbiyalash, shuningdek, o‘z salomatligi to‘g‘risida qayg‘urish nafaqat shaxsiy ish, balki, ijtimoiy burch ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni shakllantirish. - Hayotiy muhim harakat ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish, ularni turli sharoitlarda qo‘llay bilishni o‘rgatish. 14 - O‘quvchilarda asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish, jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish hissini shakllantirish, o‘z jismoniy kamolotini takomillashtirishga ehtiyojni tarbiyalash. Jismoniy madaniyat fakultetining o‘quv – trenirovka jarayonida yuqoridagilar bilan bir qatorda quyidagi kasbiy – pedagogik tayyorgarlik vazifalarini ham hal etadi: - nazariy va uslubiy bilimlarni egallash; - o‘yinlarning zamonaviy taktika va texnika usullarini o‘zlashtirish; - sport o‘yinlarining biridan o‘z mahoratlarini oshirish va h.k. Bu vazifalar ilg‘or va samarali usullarni qo‘llash orqali hal etiladi. Jismoniy texnik, taktik, ruhiy, tashkiliy – uslubiy va hakamlik qilish sohasidagi tayyorgarliklar o‘quv – trenirovka jarayonining mazmunini tashkil etadi. Bu asosiy qismlar bir biri bilan uzviy bog‘liqdir. Murakkab harakat malakalariga o‘rgatish jarayonida nafaqat ta’limiy balki, tarbiyaviy vazifalar ham o‘zaro ajralmagan holda hal etiladi. O‘qituvchi va murabbiy harakat ko‘nikmalari va malakalariga o‘rgatar ekan, u o‘quvchilar tarbiyasining barcha jabhalarini jumladan, halollik, ongli intizom, vijdonlilik kabilarni nazarda tutadi. Biroq, fanning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u umumiy tarbiya vazifalarini hal etish bilan bir qatorda jismoniy madaniyat uchun xos bo‘lgan quyidagi tarbiyaviy vazifalarni ham hal etadi: - jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish hissini tarbiyalash; - yuqori darajada rivojlangan irodaviy sifatlarni, murakkab mashqlarni bajarishdagi jismoniy mashaqqatni yengish malakasini tarbiyalash; - gigiyenik ko‘nikma, mehnat va dam olish tartibiga rioya qilish odatini o‘z jismi hamda kiyimlarini toza va ozoda tutish kabilarni tarbiyalash; 15 - o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro to‘g‘ri muomala va muloqotda bo‘lishni, o‘g‘il va qizlar o‘rtasida do‘stlik va yuqori axloqiy munosabatlarni tarbiyalash. Sog‘lomlashtirish vazifalari jismoniy tarbiyaning jamiki vositalari orqali amalga oshiriladi. Mashqlarni to‘g‘ri tanlash, miqdorlash, shug‘ullanuvchilarning sog‘lig‘ini, jismoniy tayyorgarligini, yosh xususiyatlarini hisobga olish o‘qituvchi diqqat markazida bo‘lmog‘i lozim. Shuningdek, ta’lim jarayonida tibbiy ko‘rsatkich natijalari ham hisobga olinadi. Uning asosida o‘quvchilar asosiy, tayyorlov va maxsus guruhlarga ajratiladi. Jismoniy rivoji va tayyorgarligi jihatdan orqada qolgan o‘quvchilarga maqsadga yo‘naltirilgan mashqlar va maxsus uyga vazifalar beriladi. O‘quv talablarini bajarishga ham yengillik berishga ruxsat etiladi. Ta’lim tamoyillari - Ta’lim jarayoni ko‘p qirrali bo‘lib, u jismoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish bilan uzviy bog‘liqdir. U inson faoliyati qonuniyatlariga muvofiq holda tuziladi. Bu qonuniyatlar didaktik tamoyillarda o‘z aksini topadi. Ko‘rgazmalilik tamoyili o‘rganilayotgan materialni turli ko‘rgazmali vositalar (sxema, plakat, kinogramma, slayd, elektron darsliklar va h.k.)dan, mashqlarni aniq ko‘rsatishlik kabilardan foydalanib to‘g‘ri tasavvur qilishni shakllantirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Ko‘rgazmalilik tamoyilini barcha yoshdagi guruhlar bilan o‘tkazilib, o‘quv – trenirovka jarayonining barcha jabhalarida amalga oshirish zarurdir. O‘qitish va tarbiyalashning barcha ko‘rsatmaliligi ko‘rish sezgilari, idrok, obrazlardan keng foydalanishni ham, voqelik bilan bevosita munosabatda bo‘lishni ta’minlovchi barcha sezgi organlariga doimo tayanishni ham taqozo etadi. Jismoniy tarbiya jarayonida ko‘rgazmalilik, ayniqsa, muhim o‘rin tutadi, chunki shug‘ullanuvchining faoliyati asosan amaliyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rgazmalilikning har hil shakllari bir - biri bilan o‘zaro bog‘lanibgina qolmay, balki o‘zining ta’siri bo‘yicha biri 16 ikkinchisining o‘rnini bosadi. Bu bilishning xissiy va mantiqiy bosqichlarining birligini, fiziologik nuqtai nazardan esa, voqelikning birinchi va ikkinchi signal tizimlarning birligini ko‘rsatadi. Ko‘rgazmalilik faqat dastlabki shart – sharoit emas, balki butun harakat faoliyatini takomillashtirish jarayonining ajralmas shartidir. Ayniqsa sezgilarga, idrok, obrazli tasavvurlarga suyanmay turib harakat malakalarini takomillashtirish ham, jismoniy qobiliyatlarni o‘stirish ham mumkin emas. Ko‘rgazmalilik shunchaki zarur bo‘libgina qolmay, balki u ta’lim tarbiya tamoyillarini amalga oshirishning umumiy sharti sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Ko‘rgazmalilikning xilma - xil shakllaridan foydalanish mashg‘ulotlarga qiziqishni oshiradi, berilgan topshiriqlarni tushunish va bajarishni yengillashtiradi, mustahkam bilim, mahorat va malaka hosil qilishga yordam beradi. Muntazamlilik va izchillik tamoyili ta’limda izchil tizim o‘rnatilishini nazarda tutadi. Izchillikka o‘quv materiali va mashg‘ulotlarni aniq rejalashtirish orqali erishiladi. Yangi material ilgari o‘rganilgan materialga tayanmog‘i lozim. Bu harakat ko‘nikmalarini mustahkamlash va kengaytirish imkonini beradi. Dastlab asosiy usullar o‘rganiladi. Masalan, basketbolda ilib olish va uzatish, voleybolda uzatish va oshirish, futbolda to‘xtatish va zarb berish kabilar. So‘ngra esa nisbatan murakkabroq, ikki va undan ortiq o‘yin usullarini o‘z ichiga olgan, kombinasion harakatlarni o‘rganishga o‘tiladi. Dastlab ular oddiy, so‘ngra esa murakkabroq sharoitlarda o‘rganiladi. Agar harakat malakalarini egallash borasida muntazam mashq qilinmasa, ular bora – bora yo‘qoladi. Taraqqiyot tamoyili yuklamalar hajmi va sur’atining asta sekin ortib borishi, mashqlar texnikasining murakkablashishi, texnika va taktikaning murakkab o‘yin usullarini egallashga ma’naviy – irodaviy sifatlarni rivojlantirishga imkon beruvchi mashqlar texnikasining murakkablashishi, texnika va taktikaning kengayishi bilan ifodalanadi. Yuklamalar hajmi hamda sur’atini 17 oshirish chog‘ida o‘qituvchi shug‘ullanuvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish zarur. Shuningdek bajariladigan jismoniy yuklamalarning mohiyatini baholashi, ularning sog‘lomlashtirish ta’sirini hisobga olmog‘i lozim. Individuallashtirish tamoyili jismoniy tarbiya jarayonida shug‘ullanuvchilar qobiliyatini yanada yaxshiroq rivojlantirish maqsadida ularning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Ta’limni xususiylashtirish o‘quvchilar jismoniy tayyorgarligi darajasini turli – tumanligi, ularning yosh, jins xususiyatlari, jismoniy og‘irliklarga bardosh bera olish qobiliyatlari bilan bog‘liqdir. O‘qituvchi shaxsiy reja va tavsiyanomalar ishlab chiqishda fe’l – atvor (xarakter) xususiyatiga, temperament va asab (nerv) tizimining xususiyatlariga tayanmog‘i zarur. Ayol jinsidagi shaxslarga ta’lim berishda ularning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ularning psixologik xususiyatlari erkak jinsidagilarga nisbatan o‘zgacha uslubiyat va o‘zgacha jismoniy og‘irlikni talab etadi. Onglilik va faollik tamoyili o‘quv – trenirovka jarayoniga ongli va faol munosabatda bo‘lishlikni, hal etilayotgan vazifalarni, ular qaysi vosita va usullar bilan hal etilishini chuqurroq tushunishni nazarda tutadi. Har qanday ta’lim – tarbiya jarayonining muvaffaqiyati tarbiyalanuvchilarning o‘zlari bu ishga qanchalik ongli va faol munosabatda bo‘lishlariga ham bog‘liqdir. Topshiriqlarning mohiyatini tushunish, ularni qiziqish bilan faol bajarish kabi, ta’lim va tarbiyaning borishini tezlashtiradi, hosil qilingan bilim, malaka va ko‘nikmalarni chuqur takomillashtirish va ulardan hayotda ijodiy ravishda foydalanishga imkon beradi. Bu qonuniyatlar eng avvalo onglilik va faollik tamoyilning asosini tashkil etadi. O‘yinlarning texnik va taktik usullarini chuqur anglab yetmasdan turib bu borada muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Shug‘ullanuvchilar o‘z faoliyatining natijalarini, o‘quv – trenirovka 18 jarayonida jismoniy yuklama (nagruzka)lar ta’sirida jismda o‘z beradigan fiziologik va psixologik jarayonlarni tushunishlari, o‘z mehnat qobiliyatlarini nazorat qila bilishlari zarur. O‘quv – trenirovka jarayoniga qiziqish va ongli munosabatda bo‘lish oxir – oqibatda o‘yin usullarini egallash va takomillashtirishga bo‘lgan faol harakatni yuzaga keltiradi. O‘qituvchi har doim shug‘ullanuvchilarni faollikka yo‘naltiradi va nazorat qilib boradi. Uning shug‘ullanuvchilar muvaffaqiyatini har doim va aniq baholab berishni mashg‘ulotlarga bo‘lgan faollik hamda qiziqishni yuksaltiradi. Yuqorida ta’kidlangan barcha ta’lim tamoyillari o‘zaro aloqadorlikda qo‘llaniladi. O‘qituvchi bu ta’lim tamoyillarini qachon va qaysi vaziyatlarda qo‘llashni mustaqil hal etadi. Ta’lim usuli deganda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash, harakat, ma’naviy hamda irodaviy sifatlarni rivojlantirish uslubi tushuniladi. O‘qituvchi u yoki bu harakatlarni tushuntiradi va ko‘rsatadi, o‘quvchilar esa ularni egallaydilar. Usulni tanlash pedagogik vazifalar, materialning mazmuni va o‘quvchilarning tayyorgarligiga qarab belgilanadi. Sport o‘yinlaridagi o‘quv – trenirovka jarayonida asosan ta’limning uch guruh: so‘z, ko‘rgazmali va amaliy usullari qo‘llaniladi. Dastlabki ikki guruh zamin yaratadi, amalga oshirishda bevosita amaliy harakatlar, mashqlardan foydalaniladi. Barcha usullar uzviy bog‘liq bo‘lib, kompleks holda qo‘llaniladi. So‘z usullari: hikoya, tushuntirish, suhbat, tahlil, vazifa, ko‘rsatma, buyruq. Hikoya shug‘ullanuvchilarda texnik – taktik usullar va trenirovka uslubiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarni yuksaltirish uchun qo‘llaniladi. Hikoyalar qisqa, obrazli va tushunarli bo‘lishi zarur. Tushuntirish nafaqat harakatlarning harakteri va shakllarini ochib berishga, balki bu harakatlarni to‘g‘ri bajarishga ta’sir etuvchi sabablarni ham ko‘rsatib berishga ko‘maklashadi.
Xulosa Osonlik tamoyili shug‘ullanuvchilarga ular kuchiga mos ksladigan vazifalar berilishini talab qiladi. Aks holda o‘quvchilar mashg‘ulotlarga qiziqmay qo‘yadilar. Birok, osonlik tamoyili Sportchilarni qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatish zaruratini mutlaqo iikor etmaydi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning nimaga qodirligini, ularning konkret mashqlarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini uzluksiz chuqur o‘rganib borishi kerak. U, masalan, turnikda katta aylanishni bajarish uchun o‘quvchida bir qancha boshqa mashqlarni bajara olish, ko‘lida yetarlicha kuch bo‘lishi, dadillik va qat’iyatlilik singari ko‘p xislatlar hosil qilingan bo‘lishi zarurligini bilishi kerak. SHunday xislatlarning mavjudligi ana shu mashq o‘quvchi uchun osonligini ko‘rsatadigan o‘lchov bo‘ladi.