Mavzu: spraytlar bilan ishlash darsning maqsadi: Ta`limiy maqsadi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə2/12
tarix01.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#121805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5-A. Informatika Spraytlar bilan ishlash

Uyga vazifa : 93-bet, 1-4 savol va topshiriqlar .
O`.I.B.D.O`


2 – Dars.
5-“B” sinf
Mavzu: SODDA ANIMATSIYA DASTURINI YARATISH 12.04.2022
Darsning maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsadi: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari bilan ishlashni o`rgatish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga jamoa bo`lib muammoni hal etish malakasini shakllantirish. Ajdodlarimiz meroslarini asrab – avaylab, ular ishlarining davomchilari bo`lish ruhida tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi maqsadi: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari malaka ko`nikmalarini hosil qilish.

Darsning jihozi: 5- sinf informatika darsligi, plakat, texnika vositasi,
(kompyuter), chizmalar, rangli qog`ozlar.
Darsning uslubi: Aqliy hujum interfaol mashqlar yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi.
Yangi mavzu bayoni:



Animatsiyafransuzcha animation – jonlantirishso‘zidan olingan bo‘lib, Yevropada
multiplikatsiya, ya’ni kino san’at turitushunchasini anglatadi.
Hozirgi kunda esa, unga kompyuter yordamida yaratiladigan multiplikatsiya turi sifatida
qaraladi.
Scratchdasturi kutubxonasida tayyor ishlangan animatsiyalar to‘plami mavjud. Ulardan birini
ko‘rib chiqish uchun quyidagi ko‘rsatmalarni bajaramiz.

Scratch dasturini ishga tushiring, Menyubo‘limidan Tutorials(yo‘riqnomalar) bo‘limini


tanlaymiz va ochilgan oynachadan Animation(animatsiya) tugmachasini bosamiz. Istalgan
animatsiyani tanlab, uning qanday bajarilganini ko‘rish va ishga tushirish mumkin.

Masalan: Animatsiya bo‘limidan Make it Flyni tanlang va uning bajarilishini tomosha qiling.





Spraytlarni harakatlantirishda faqat oldinga, orqaga, yuqoriga va
pastga buyruqlaridan boshqa Scratch dasturida burchaklarga burilish
imkoni ham mavjud. Blokda joylashgan oq doira ichidagi qiymatlarni
o‘zgartirish mumkin va ular quyidagi yo‘nalishlarda bo‘ladi. Shuningdek,
spraytlarni, kutib turish vaqti, ixtiyoriy pozitsiyaga o‘tish, musiqa
sadosida harakatlantirish imkoniyatlari mavjud


1-mashq.Mushukchani sahna bo‘ylab o‘ngga-chapga


harakatlantiramiz va sahna chegarasiga yetgach, burilib, harakatni
davom ettirish skriptini yozamiz.
Bajarish texnologiyasi:
— mushukchani sahnaning quyi chap burchagiga sichqoncha
yordamida olib o‘tamiz;
— spraytlar panelida uning ikonkasiga sichqoncha bilan bosamiz
(agar boshqa spraytlar bo‘lsa);
— quyidagi dasturni skriptlar oynasida taxlaymiz va ishga
tushiramiz. Harakatni to‘xtatish uchun tugmachani bosamiz.
2-mashq. Qahramonimiz mushukchani sahnada o‘ngga, so‘ngra chapga harakatlantirish
va sahna chetiga yetganda ovoz chiqarish skriptini (dasturini) tuzing.
Bajarish texnologiyasi
Dasturni ishga tushiring. Quyida berilgan algoritmni qadam-baqadam bajaring va natijani
saqlab oling.
1-qadam. Sahna fonini dastur kutubxonasidan tanlab o‘rnatamiz.
2-qadam. Qahramonimiz mushukchani sichqoncha yordamida quyi chap burchakga
joylashtiramiz.
3-qadam. Spraytlar panelida mushukcha ikonkasini sichqoncha bilan belgilaymiz.
4-qadam. Rangli bloklardan rasmdagi skriptlarni joylashtiramiz.
5-qadam. Harakatlanish blokidagi 10 qadamni 100 ga almashtiramiz.
6 -qadam. Skriptni ishga tushiramiz.
3-mashq. Takrorlash bloki yordamida spraytlarni harakatlantiring.
Bajarish texnologiyasi
Qahramonimiz mushukchani sahnaning quyi chap burchagiga joylashtiramiz. Avval u bajaradigan
ko‘rsatmalar algoritmi bilan tanishamiz:
1. Mushukcha sprayti 10 qadam yuradi. Bu amalni 10 marta takrorlasa, 100 qadam yurgan
bo‘ladi.
2. Bu skriptga endi burilish ko‘rsatmasini qo‘shamiz va ishga tushiramiz
4-mashq. Diagonal bo‘yicha harakatlanish. Vazifani bajarish texnologiyasi
1. Ish stolida Scratch yorlig‘iga sichqoncha tugmachasi bilan 2 marta bosib, dasturni ishga
tushiring.
2. Mushukchani sahnaning quyi chap burchagiga joylashtiring.
3. Endi mushukcha uchun skript (buyruqlar ketma-ketligi) yozamiz. Spraytlar panelida mushukcha
sprayti yorlig‘iga 2 marta sichqoncha ko‘rsatkichini bosamiz

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin