Bunga ko‘ra, Vendors jadvaliga vend_phone nomli ustun qo‘shiladi, ustundagi ma’lumotlarning turi simvolli bo‘lib, uning uzunligi 20 ta simvoldan iborat.
ALTER TABLE buyrug‘idan ehtiyotlik bilan foydalanish zarur.Bunday so‘rovni amalga oshirishdan avval sizda barcha ma’lumotlarning va sxemalarning to‘liq nusxasi borligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.
Shuni ta’kidlash lozimki, jadvalga o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng uni bekor qilib bo‘lmaydi. Keraksiz ustunni qo‘shgandan keyin uni o‘chirishga imkoniyat bo‘lmasligi mumkin, masalan, quyidagi so‘rov hamma MBBT larda ham ishlayvermaydi:
Bunda vend_phone ustunini o‘chirish talab qilinyapti.
ALTER TABLE Vendors
DROP COLUMN vend_phone;
Bunda vend_phone ustunini o‘chirish talab qilinyapti.
Ba’zi hollarda keraksiz jadvallarni o‘chirishga to‘g‘ri keladi. Jadvalni o‘chirish deganda uning yozuvlarini emas, balki uni o‘zini to‘laligicha o‘chirish tushuniladi.
Jadvalni o‘chirish buyrug‘i quyidagi ko‘rinishga ega:
Agar Vendors jadvali boshqa jadvallar bilan bog‘lanmagan bo‘lsa, bu buyruq bajariladi va Vendors jadvali o‘chiriladi.
Agar Vendors jadvali boshqa jadvallar bilan bog‘langan bo‘lsa, ko‘p MBBTlarda jadvallar orasidagi aloqa bekor qilinmaguncha bu buyruq bajarilmaydi. Shuning uchun jadvalni o‘chirishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun relyasion qoidalarga amal qilish tavsiya qilinadi.