Mavzu: Statistik jadvallar va grafiklar Reja: Statistik jadvallar. Statistik jadvallarning turlari



Yüklə 141,92 Kb.
səhifə5/9
tarix07.01.2024
ölçüsü141,92 Kb.
#202425
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4 mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar

Maydon o‘lchovlari – grafik tasvir joylashtiriladigan maydonning koordinatalar tizimi, ya’ni grafik maydonning o‘lchovini ifodalovchi to‘r. Amaliyotda keng qo‘llaniladigan koordinatalar tizimi bu to‘g‘ri chiziqli koordinata tizimidir (1-rasm). Uning asosan birinchi choragidan, ba’zan barcha choraklaridan statistika grafiklarini tasvirlashda foydalaniladi. Grafiklarni tasvirlashda qutbli koordinata tizimidan ham foydalaniladi (2-rasm). Ular vaqt bo‘yicha siklik (davriy) o‘zgarishlarni tasvirlashda muhimdir. To‘g‘ri chiziqli koordinata tizimida maydon o‘lchovlari vertikal va gorizontal o‘qlarda (ordinata va absissa o‘qlari) ifodalansa, qutbli koordinata tizimida esa markazdan chiqqan nur (asosan o‘ng tomondagi gorizontal nur), ya’ni koordinata o‘qi va unga nisbatan nur burchagi o‘lchovlarida ifodalanadi. Statistika xaritasini tasvirlashda esa o‘lchovlar kontur to‘r (daryo, dengiz, okean va mamlakat chegaralari konturi) shaklidagi chegaralarda turli xil rang yoki gemetrik belgilar orqali ifodalanadi.


1-rasm. To‘ri chiziqli koordinata tizimi

2-rasm. Qutbli koordinata tizimi



Masshtab (miqyos) - bu raqamli ko‘rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan o‘lchamidir. U statistik grafiklarda raqamlar bilan ifodalangan ko‘rsatkichlarni grafik maydonda tasviriy nisbatlarga aylantiradi.
Grafik masshtabini belgilashda shkala muhim ahamiyatga ega. SHkala deganda aniq raqamlar kabi o‘qilishi mumkin bo‘lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi. SHkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar (3-rasm).


Шкала
таянчи

Шкала
нуқталари
-2 -1 0 1 2

шкала рақамлари


3-rasm. SHkala


SHkala tayanchi to‘g‘ri va egri chiziqli (yoysimon, aylanasimon) bo‘lishi mumkin. SHkaladagi oraliqlar (nuqtalar orasidagi masofa) teng yoki teng bo‘lmagan holda bo‘lishi mumkin. Agar shkala oraliqlari teng bo‘lsa, bunday shkala teng o‘lchovli shkala deb, agar oraliqlar teng bo‘lmasa teng bo‘lmagan o‘lchovli shkala deyiladi.
Grafikning oxirgi unsuri – bu grafik talqinidir (eksplikatsiya). Bu unsur grafikning mohiyatini, mazmunini so‘z bilan ifodalanishini ta’minlaydi.
Grafik talqini grafik nomini, masshtab shkalasidagi yozuvlarni, grafikning ba’zi bir qismlariga izohlarni aks ettiruvchi unsurdir. Grafik talqini qisqa va tushunarli bo‘lishi lozim.
Grafiklarni tasvirlashda ko‘rsatkichlar, yozuvlar, shartli belgilar kam bo‘lishi, qisqa ifodalanishi ularni tushunishni, tahlil qilishni osonlashtiradi.
Statistik grafiklar quyidagicha tasniflanadi:

  1. Mazmuni yoki vazifasiga ko‘ra: taqqoslovchi grafiklar; turli nisbiy miqdorlar (tarkib, dinamika va h.k.) grafiklari; dinamika qatorlari grafiklari; variatsion qatorlar grafiklari; hududlar joylashuvi grafiklari (xaritalar); o‘zaro bog‘lanishdagi ko‘rsatkichlar grafiklari va boshqalar.

  2. Grafik tasvirni geometrik shakliga ko‘ra (4-rasm): nuqtali; chiziqli; yassi (ustunli, lentali yoki tasmali, kvadrat, doira, sektor, figura va hokazo); hajmli.

  3. Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko‘ra (5-rasm): diagrammalar; statistika xaritalari (xaritogramma va xaritodiagrammalar).



Echilayotgan topshiriqni xususiyatiga ko‘ra diagrammalar taqqoslash, tuzilmaviy, dinamika va o‘zaro bog‘lanishni ifodalovchi diagrammalarga bo‘linadi.
Statistik grafiklarning asosiy turlariga yana gistogramma, poligon, ogiva, kushumeta va boshqalar kiradi.
Taqqoslash diagrammalarining keng tarqalgan turlaridan biri bu ustunli diagrammalardir. Bunday diagrammalar eni bir xil bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakli ustunlardan tashkil topgan bo‘lib, har bir ustun uzunligi (bo‘yi) kuzatilayotgan kattaliklarni aks ettiradi. Bunda har bir ustun uzunligi ma’lum masshtabda statistika ko‘rsatkichlarining kattaligini ifodalaydi. Ustunlar bir-biriga yopishgan, ustma-ust (qisman) yoki bir xil masofada vertikal holda joylashtiriladi. SHuningdek, ular grafik maydonda (bu holda vertikal o‘q shkala vazifasini bajaradi), ya’ni to‘g‘ri chiziqli koordinat tizimida joylanishi mumkin.
Taqqoslovchi diagrammani tashkil etuvchi barcha ustunlarda faqat bitta o‘lchov o‘zgaruvchan miqdor hisoblanadi. Misol tariqasida quyidagi ustunli diagrammalar tuzilishini ko‘rib chiqamiz.
YUqorida bayon etilgan qoidalarga muvofiq gorizontal o‘q bo‘ylab ustunlar vertikal joylashtiriladi. Mazkur diagrammalarning yaqqolligi ustunlardagi miqdorlarni solishtirish orqali erishiladi.
Grafik maydonda ustunlarning joylanishi gorizontal o‘q bo‘ylab turlicha bo‘lishi mumkin: bir-biridan bir xil uzoqlikda; bir-biriga jipslashgan holda; bir-birini ustiga qo‘yilgan holda.


Yüklə 141,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin