Mavzu: Statistik jadvallar va grafiklar


Statistik jadvallar, ega harakteriga qarab



Yüklə 11,55 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü11,55 Kb.
#206433
1   2   3   4
Xasanboy

Statistik jadvallar, ega harakteriga qarab:
oddiy; guruhiy jadvallarga; kesim
(gruppali); kombinacion harakteriga qarab: kesimi
oddiy ishlab chizilgan; kesim kombinaciya ishlab chiqilgan; guruhlash maqsadi bo'yicha: informaciya tavsifli; analitik; tipologik; mahsus tayinlangan (balans, matrica va h.k.) jadvallarga bo'linadi
Oddiy jadvallar deb egasi faqat hodisalar, yillar, ob'ektlar ro'yhatidan tashkil topgan jadvallarga aytiladi.
Oddiy jadvallar, ma'lumotlarni berilishiga qarab sanoqli, territorial va xronologik jadvallarga bo'linadi. Jadval egasida hodisalar sanoqi berilishi mumkin.

Statistik jadvallarni tuzish va rasmiylashtirish bo'yicha quyidagi hoidalarga amal qilinadi:


Jadval uncha katta bo'lmasligi kerak. Agar o'rganilayotgan to'plam juda murakkab bo'lsa, u qolda uni bitta jadval yordamida emas, balki bir-biri bilan boqlangan bir nechta jadvalda ifodalash zarur.
advalning umumiy sarlavhasi uning mazmunining qisqa ifodasi bo'lishi kerak. Unda vaqt, hudud, o'lchov birligi (agar ham ko'rsatkichlar bitta o'lchov birligida o'lchansa) ko'rsatiladi. Ustun va qatorlardagi nomlar ham aniq, qisqa va tushunarli bo'lishi lozim.
Agarda jadval katta bo'lsa, qulaylik tug’dirish uchun Jadvalning ustunlariga tartib nomeri beriladi, qatorlari bir, ikki va h.k yoki A, B, V harflari bilan belgilanishi mumkin. Jadvalda o'zaro
bogliq ma'lumotlar yonma-yon keltiriladi.
Jadvalda ko'rsatkichlar bir- birini tekshira oladigan “soddadan murakkabga” tamoyilida
joylashtirilishi kerak, bu esa ularni tekshirish imkonini beradi.
Agarda jadvalda hisobot
ma'lumotlari bilan bir qatorda
tekshiruvchining hisob-kitob usuli bilan
olgan ma'lumotlari keltirilsa,
bu haqida eslatma berish kerak.
Jadval har tomonlama yakunlangan, ya'ni barcha guruh, guruhchalar va
umumiy
to'plam bo'yicha yakunlar chiqaril gan, o'rtachalar hisoblangan bo'lishi
kerak.
Jadvallarda keltirilgan ma'lumot- lar manbai ko'rsatilishi kerak.
Agar tekshiruvchining o'zi hisoblagan bo'lsa, qaysi ma'lumotlar
asosida hisoblanganligi ko'rsatiladi.
Bu qoidalarga rioya qilib tuzilgan jadvalni tahlil qilish va uning ma'lumotlari asosida kerakli hulosalar chiqarish mumkin. Jadval ma'lumotlarini tahlil qilishni umumiy jamlar yoki o'rtachalardan boshlash yahshi, chunki oldin to'plam bo'yicha umumiy ifodani olib, keyin, uning bo'laklari, ya'ni qator va ustunlarini o'rganishga o'tiladi. Bu bilan, birinchi navbatda, jadvalning eng muhim elementlari tahlil qilinadi, keyin esa qolganlari.
Grafiklar zamonaviy statistikaning ilmiy o'rganish qurollaridan biri hisoblanadi va hozirgi kunda birorta ma'ruzani yoki ommaviy chiqishlarni, taqdimotlarni, gazeta , jurnallarda chop etiladigan maqolalarni, televizordagi mahsus eshittirishlarni va hatto reklama industriyasini statistik grafiklarsiz tassavur ham qilib bo'lmaydi.

Yüklə 11,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin