Mavzu: statistik ko’rsatkichlar mohiyati va turlari 22/2 gurux talabasi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə1/4
tarix12.10.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#154807
  1   2   3   4
PATTAYEV NEMATILLO

MAVZU: STATISTIK KO’RSATKICHLAR MOHIYATI VA TURLARI

22/2 gurux talabasi

PATTAYEV NE’MATILLO

Statistika ijtimoiy – iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganadi. Ijtimoiy voqea – hodisalarga aholining soni, uning xarakati, sog‘ligi, ta’lim olishi, turmush darajasi bilan bog‘liq jarayonlar kiradi. Iqtisodiy voqea – hodisalarga mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, savdo, sog‘liqni saqlash va shu kabi tarmoqlarda sodir bo‘layotgan jarayonlar), tayyor mahsulotlarni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq jarayonlar kiradi. Ijtimoiy – iqtisodiy voqea – hodisalar holati va harakati ma’lum ko‘rsatkichlarda ifodalanadi.

Statistik ko‘rsatkichlar ijtimoiy – iqtisodiy voqea – hodisalarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat mohiyati bilan uzviy bog‘liqlikda ifodalaydi. Voqea – hodisalarning miqdoriy tomoni deganda, ularning soni, hajmi, o‘lchami, qiymati kabi miqdorlar tushuniladi. Sifat esa voqea – hodisalarning ichki qiyofasi, mohiyatidan kelib chiqadi. Statistikada ko‘rsatkichlar miqdoriy va sifat tomondan chambarchas bog‘liqlikda o‘rganiladi. Ijtimoiy – iqtisodiy voqea – hodisalar ma’lum makon va zamonda sodir bo‘ladi

Shuning uchun ham statistik ko‘rsatkichlar ularni makon (korxona, firma, birlashma, tuman va mamlakat miqyosida) va davrlar (kunlar, oylar, choraklar, yil va yillar) bo‘yicha o‘rganadi. Demak, statistik ko‘rsatkichlar deb, ommaviy ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning ma’lum makon va zamondagi holatini, xarakatini, rivojlanishini, tarkibiy tuzilishini ifodalovchi me’yorlarga aytiladi. Ijtimoiy – iqtisodiy voqea – hodisalar holati va xarakati, ularni kuzatishdan (o‘rganishdan) olingan miqdorlar (raqamlar) bilan ifodalanadi.

Statistik ko‘rsatkichlarning turlari hodisalar kabi ko‘p bo‘lganligi sababli, ularni biror belgilari bo‘yicha tasniflash lozim bo‘ladi. Statistik ko‘rsatkichlar voqea – hodisalar to‘plamini qamrab olishiga qarab, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga guruhlanadi. Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar faoliyat yurutuvchi sub’ektlarda (firma, korxona ularning bo‘limlari, birlashmalar, koorporatsiyalar va shu kabilar) sodir bo‘layotgan jarayonlarni ifodalaydi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar mamlakat yoki uning hududlaridagi ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar holati va xarakatini ifodalaydi. Angren ko‘mir konida qazilgan ko‘mir, biror fermer xo‘jaligida terilgan paxta, biror korxonada ishlayotgan xodimlar soni va shu kabilar mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlardir. Mamlakat miqyosida qazib olingan ko‘mir, viloyat yoki mamlakat miqyosida tayyorlangan paxta, ishlayotgan xodimlar soni va shu kabilar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardir. Statistik ko‘rsatkichlar miqdori raqamlar bilan ifodalanadi.

  • Statistik ko‘rsatkichlarning turlari hodisalar kabi ko‘p bo‘lganligi sababli, ularni biror belgilari bo‘yicha tasniflash lozim bo‘ladi. Statistik ko‘rsatkichlar voqea – hodisalar to‘plamini qamrab olishiga qarab, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga guruhlanadi. Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar faoliyat yurutuvchi sub’ektlarda (firma, korxona ularning bo‘limlari, birlashmalar, koorporatsiyalar va shu kabilar) sodir bo‘layotgan jarayonlarni ifodalaydi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar mamlakat yoki uning hududlaridagi ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar holati va xarakatini ifodalaydi. Angren ko‘mir konida qazilgan ko‘mir, biror fermer xo‘jaligida terilgan paxta, biror korxonada ishlayotgan xodimlar soni va shu kabilar mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlardir. Mamlakat miqyosida qazib olingan ko‘mir, viloyat yoki mamlakat miqyosida tayyorlangan paxta, ishlayotgan xodimlar soni va shu kabilar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardir. Statistik ko‘rsatkichlar miqdori raqamlar bilan ifodalanadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin