Guruhlash usuli ommaviy to`plamlarda miqdor o`zgarishlaridan sifat o`zgarishlariga o`tish jarayonini aniqlash maqsadida juda keng qo`llaniladi. Masalan korxonalarni: - Guruhlash usuli ommaviy to`plamlarda miqdor o`zgarishlaridan sifat o`zgarishlariga o`tish jarayonini aniqlash maqsadida juda keng qo`llaniladi. Masalan korxonalarni:
Samaradorlik darajasi bo`yicha:
Katta kichikligiga qarab:
Mulkchilik shakliga qarab:
- Davlat; jamoa; xususiy kabi guruhlarga bo`lish mumkin.
Murakkab hodisalarni o`rganishda kombinasion guruhlash usuli juda keng qo`llaniladi. Guruhlash usuli yordamida bir-biri bilan bog`liq bo`lgan quyidagi 3 turdagi vazifa yechiladi:
Hodisalar ijtimoiy-iqtisodiy tiplarga ajratiladi;
Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar tuzilmasi o`rganiladi;
Hodisalar o`rtasidagi bog`lanish aniqlanadi.
Tipologik;
Tuzulmaviy;
Analitik guruhlashlarga bo`linadi
Ko`zlangan maqsad va vazifalarni hal qilish nuqtayi nazaridan statistik guruhlash 3 turga:
Tipologik guruhlash yordamida to`plamning turli xildagi birliklari sifat jihatdan bir xil guruhlarga, bir xil tiplarga ajratiladi.
Tuzilmaviy guruhlash yordamida bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil bo`lgan bo`lgan guruhlarning salmog`I hisoblanadi va shu tariqa to`plam tarkibi o`rganiladi.
Analitik guruhlash yordamida hodisalar o`rtasidagi o`zaro bog`lanish o`rganiladi.
Dastlabki guruhlangan ma`lumotlarga asoslanib, yangi guruhlarni hosil qilish statistikada ikkilamchi guruhlash deb yuritiladi. Bu usul odatda:
Sifat jihatdan bir xil tipga ega bo`lgan guruhlarni hosil qilish:
Bir yoki bir necha guruhlarni br-biri bilan taqqoslash;
Umumiy qonuniyat yaqqol ko`rinuvchi yirik oraliqli guruhlarni xosil qilish maqsadida qo`llaniladi.
Ijtimoiy mahsulot tarkibi;
.
Mavjud asosiy fondlar tarkibi;
;
Xodimlar tarkibi
Investitsiyaning tarkibi
Tuzilmaviy guruhlash yordamida:
Svodkalash va guruhlash natijalari jadval ko`rinishida ifodalanadi. Statistikadagi jadvallar logarifmik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular tuzilishi jihatidan tikka va yotiq chiziqlarning kesishmasidan tashkil topadi. Mazmunan esa ular juda boy bo`lib, o`rganilayotgan statistik to`plamning umumiy miqdori tavsifnomasini beradi.
Ega xarakteriga qarab, statistik jadvallar: oddiy; guruhiy kombinatsion jadvallar ga bo`linadi.
Oddiy jadvallar deyilganda egasi faqat hodisalar yillar, obyektlar ro`yhatidan tashkil topgan jadvallar tushuniladi. Bu yerda xech qanday ishlov berilmasdan, to`g`ridan to`g`ri boshlang`ich kuzatish materiallaridan olinadi.
Jadval egasi biron-bir belgi bo`yicha guruhlarga ajratilgan bo`lsa, bunday jadvallar GURUHIY JADVALLAR deyiladi.
Agar muhim belgi bo`yicha guruhlangan jadval egasi yana guruhchalarga ajratilsa yoki jadval kesimi ham guruhlangan ko`rinishda bo`lsa, u holda bunday jadvallar KOMBINATSION JADVALLAR deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |