Joriy kuzatish deganda u yoki bu hodisalarni sodir bo‘lishi bilan uzluksiz yozib borish (qayd qilish)ga tushuniladi. Bu kuzatishni uzluksiz kuzatish deb atash mumkin.
Davriy kuzatish deganda hodisalar sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum vaqt ichida ularning qayd qilinishi tushuniladi. Bunday kuzatishlar odatda teng vaqt oralig‘ida takrorlanib turadi, ijtimo-iy hodisalarni 5 kunda, oyda, chorakda, yilda va hokazo.
Biryo‘la kuzatish zaruriyat tug‘ilganda hodisalarni aniq mud-datlarda qayd qilishdir. Uy-joy fondini ro‘yxatga olish, ko‘p yil-lik meva daraxtlarni ro‘yxatga olish kabi hodisalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.