Statistik guruhlash deb ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va har tomonlama o`rganish maqsadida eng muhim, xarakterli belgilar bo`yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o`rganishga aytiladi. Guruhlash o`rganilayotgan hodisaning harakterli xususiyatini, undagi qonuniyatni aniqlashga imkon beradi. Ana shu tomoni bilan u svodkalashning asosiy unsuri bo`lib hisoblanadi.