Mavzu: Statistika fani predmeti va uslubi


Mavzu: Sug’urta bozorini statistik o’rganish



Yüklə 130,76 Kb.
səhifə25/25
tarix22.12.2023
ölçüsü130,76 Kb.
#190643
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Mavzu Statistika fani predmeti va uslubi

Mavzu: Sug’urta bozorini statistik o’rganish

Reja:



  • Sug`urta bozori


  • Sug`urta bozorini statistik ko`rsatgichlari

Sugʻurta xizmatlari bozori - sugʻurta xizmatlari oldisotdisi bilan bogʻliq iktisodiy munosabatlar majmui. Sugʻurtalovchilar, qayta sugʻurtalovchilar, sugʻurta brokerlari va agentlari Sugʻurta xizmatlari bozorib. ning professional ishtirokchilari hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan keng kamrovli islohotlar va sugʻurta sohasida davlat monopoliyasining bekor kilinishi Sugʻurta xizmatlari bozorib. ning shakllanishi uchun shartsharoitlar yaratdi.

Sugʻurta xizmatlari bozorib. hududiy jihatdan xalqaro, mintaqaviy va milliy Sugʻurta xizmatlari bozorib.ga boʻlinadi. Xal qaro Sugʻurta xizmatlari bozorib. nisbatan taraqkiy etgan baʼzi davlatlar sugʻurta tashkilotlarining xalqaro miqyosda koʻrsatayotgan sugʻurta xizmatlarini qamraydi. Chunonchi, AQShning "AIG" (Ameriken Interneyshnl Grupp) sugʻurta kompaniyasi jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ham sugʻurta faoliyatini amalga oshiradi.


Sugʻurta xizmatlari bozorib. sugʻurtaning u yoki bu sohasida ixtisoslashganligiga qarab hayot sugʻurtasi bilan bogʻliq Sugʻurta xizmatlari bozorib.; qayot sugʻurtasidan tashqari umumiy sugʻurta xizmatlari bozoriga boʻlinadi. Mac, AQSH, Yaponiya va Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlarida gʻayotni sugʻurtalash bilan bogʻliq sugʻurta xizmatlari bozori ancha rivojlangan.Respublika bo‘yicha sug‘urta summasi jami 690 462,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2018 yilga nisbatan 15,6 foizga yoki 93 012,4 mlrd. so‘mga ko‘paydi.
Kundan kunga sug`urta qiluvchilarni statistik ko`rsatgichlari ortmoqda bunga sabab esa aholi sonini oshishi hamda turmush sharoitlarining yaxshilanishi hisoblanadi.Statistik ko`rsatgichlar shuni ko`rsatib turibdiki kelgusi yil ham sug`urtalash holatlari ko`payib sug`urtalash bu yilga nisbatan 12% ga ko`payishi kutilmoqda.
Sug’urta mablag’lari, xususan qayta sug’urtalash bilan bog’liq pul aylanmalari xalqaro miqyosda juda muhim hisoblanadi. Ushbu pul aylanmalari MTHdagi kabi ham moliyaviy xizmat uchun to’lovga nisbatan, ham sug’urtalash va qayta sug’urtalash bo’yicha birlashtirilmagan alohida to’lovlarga nisbatan bir hil tartibda hisoblanadi.
Hozirgi kunda jahon amaliyotida sug‘urtada ikki tendensiya amal qilmoqda: sug‘urtalovchilarning ixtisoslashuvi va universallashuvi, ya’ni ma’lum sug‘urta kompaniyalari sug‘urtaning deyarli barcha turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yib o‘z faoliyatlarini kengaytirsalar, boshqa bir kompaniyalar sug‘urtaning ma’lum bir turlari bo‘yicha ixtisoslashib ushbu xizmat turini mukammal o‘zlashtirib olmoqdalar. Bu yo‘nalishlarning birinchisi bevosita mehnatning ijtimoiy taqsimlanishining kuchayishi bilan bog‘liqdir: ushbu jarayon sug‘urta ishida ham obyektiv zarurat tug‘dirmoqda.

Sug‘urtalovchilar faoliyatining universallashish tendensiyalari ko‘proq iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi unchalik yuqori bo‘lmagan, sug‘urta xizmatlariga talabgorlar soni u qadar ko‘p bo‘lmagan mamlakat, hudud yoki mintaqalarda yuz bersa, ixtisoslashuv jarayonlari iqtisodiyoti va sug‘urta tizimi rivojlangan, sug‘urta xizmatlariga talabgorlar soni ko‘p bo‘lgan mamlakat, hudud yoki mintaqalarga xosdir, chunki sug‘urta bozori endigina rivojlanayotgan, sug‘urtalashga talabgorlar soni u darajada ko‘p bo‘lmagan mamlakatlardagi sug‘urta kompaniyalari bir yoki ikki sug‘urta turiga ixtisoslashish bilan yetarli darajada mijozlarga ega bo‘la olmaydilar. Shuning uchun ham ular mumkin qadar ko‘proq turdagi sug‘urta xizmatlarini amalga oshirib ko‘proq mijozlarga ega bo‘lishga harakat qiladilar. Sug‘urta bozori rivojlangan mamlakatlarda esa sug‘urtalanishga talabgorlar soni yetarli darajada bo‘lib, ammo ularning talablari ham yuqori darajadadir, bunday talablarni qondirish uchun esa ma’lum bir sug‘urta turiga ixtisoslashib, ushbu tur bo‘yicha mukammal bilimlarni egallash va katta tajribaga ega bo‘lish talab etiladi.


Etiboringiz uchun raxmat !!!


http://fayllar.org
Yüklə 130,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin