Mavzu: Statistika fani predmeti va uslubi



Yüklə 130,76 Kb.
səhifə1/25
tarix22.12.2023
ölçüsü130,76 Kb.
#190643
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Mavzu Statistika fani predmeti va uslubi


Mavzu: Statistika fani predmeti va uslubi

Mavzu: Statistika fani predmeti va uslubi
Reja:
1. Statistika togrisida umumiy tushuncha.
2. Statitsika fani predmeti va uning oziga xos xususiyatlari.
3. Statistika fani metodi. 4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistika roli va ahamiyati
Statistika togrisida umumiy tushuncha. Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bogliq bolgan. qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish, soliqqa tortish obektlarini belgilash zarurati tugilgan, natijada aholi soni, uning yoshi va jinsi jihatdan tuzilishi haqidagi malumotlarga ehtiyojlar paydo boldi. Bu esa davlatni aholi soni va tarkibida bolayotgan ozgarishlar ustidan kuzatishlar olib borishga undagan. Fuqarolik munosabatlari rivojlanib borgan sari ular bilan bevosita bogliq bolgan voqealarni qayd qilishga zaruriyat ortib borgan. SHuning uchun tugilish, olish, nikohga olish, ajralish kabi hodisalarni yozib borish tartibi ornatilgan, keyinchalik esa odamlarning bir joydan ikkinchisiga kochib yurishi bilan bogliq bolgan migratsiyasi (harakati)ni qayd qilish tartibi belgilangan.
Bozor munosabatlari va aholi tabaqalari orasida ozaro aloqalar kengayishi bilan birga davlatni iqtisodiyotga aralashuvi obektiv zaruriyat bolib qoladi. Bu esa, oz navbatida, yangidan-yangi malumotlar toplash, iqtisodiy hayotning hamma muhim tomonlarini qamrab olgan iqtisodiy axborot yaratish ehtiyojini tugdiradi. SHu bilan birga davlatlar orasida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, butun jahon xojaligining shakllanishi va taraqqiy etishi ayrim milliy iqtisodiyot va butun jaxon xojaligi miqyosida tovar va xizmatlar hamda daromadlarni yaratish, taqsimlash va istemol qilish jarayonlarini har taraflama tasvirlaydigan batafsil hisob-kitob yuritishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu masala ayrim milliy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ammo, ilk bor vujudga kelishidayoq statistika davlatni boshqarish muhim quroli sifatida shakllangan va rivojlanib borgan bolsa ham, shu bilan bir vaqtda kopdan kop voqealarni, faktlarni miqdoriy jihatdan hisobga olish va malum darajada tartibga solish natijasida ilmiy jihatdan juda qiziqarli materiallar ham jamgarildi. Bu ishning dastlabki onlaridayoq sezgir kuzatuvchi tarqoq butunlay tasodifiy tuyulgan ogil yoki qiz bola tugilish soni, nikoxlanish, yoki u yo bu yoshda olish soni va hokazo, shularga oxshash hodisalarda malum tartib- qoidalar borligini payqab hayratda qoldi. Natijada buning sabablarini anglash ishtiyoqi kishida uygonib,ularni tushuntirish yollarini izlab topish ehtiyoji tugildi. Ana shu ehtiyojni qondirish uchun statistika xizmat qilaboshlashi bilan birga ilm-fan sohasiga aylandi. Amaliy faoliyatda toplangan tajribalarni umumlashtirish yoli bilan dastlab davlatni boshqarish uchun zarur malumotlar toplash, qayta ishlash, tahlil qilish va talqin etish qoidalari, tartiblari, yollari, usullari yaratildi. Statistika ana shunday fan sifatida qaralib yangi izlanishlar asosida boyib bordi. Uning mohiyati va usullarini takomillashtirishda matematika usullari, qurollari va yangi nazariyalaridan foydalanish juda qol keldi, chunki statistika ham matematikaga oxshab sonlar, miqdorlar bilan shugullanadi, ammo shunday toifalari bilan-ki, ular sifatga ega bolib, ommaviy hodisalarni olchash natijasida hosil boladi.
Statistika lotincha status - ahvol, holat sozi bilan italyancha state - davlat sozidan kelib chiqib, davlat ahvoli haqidagi fan. Dastlab davlatshu-noslik fani statisti-ka deb ataldi Hozirgi zamon statistikasi davlatshu-noslikdan axborotlar-ning tolaligi, turli tumanligi va xarakteri bilan tubdan farq qiladi. Statistika - bu fan tarmogi, amaliy faoliyat sohasi, bilim yonalishi, bilish quroli. Tasviriy statistika - bu malumotlar toplash, tas-niflash, umumlashtirish va talqin etish yollaridir.
Statitsika fani predmeti va uning oziga xos xususiyatlari. Predmet sozi bir necha lugaviy manoga ega. Bu: 1. bizdan tashqarida va ongimizga bogliq bolmagan mavjudot, moddiy buyum, narsa; 2. organiladigan hodisa, voqea, fakt; 3. fikr yuritish obekti, fikrlash mazmunini tashkil etuvchi biror narsa yoki qandaydir xarakat yonalgan narsa; 4. fan mazmunini belgilovchi bilimlar doirasi;
Statistika organish obekti - bu ommaviy hodisa va jarayonlardir. ommaviy hodisa - biror obektlar toplamida sodir bolgan voqea, harakat natijasi.

Yüklə 130,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin