Mavzu: O’rtacha miqdorlar O‘rtacha miqdorlarning mohiyati va ahamiyati
Kundalik hayotimizda, turmushimizda o‘rtacha miqdorlarni har qadamda uchratamiz va qo‘llaymiz, ammo odatda o‘rtacha so‘zining o‘zini iboramizda kam ishlatamiz. Masalan, qancha ish haqi olayapsiz degan savolga oyiga shuncha so‘m deb javob qilamiz. Aslida hamma oylarda o‘sha miqdorda ish haqi olayotganimiz yo‘q, bu yerda ham o‘rtacha oylik ish haqi nazarda tutilyapti.
Xo‘sh, o‘rtacha miqdor nima va u qanday xususiyatlarga ega? O‘rtacha miqdorlarning qanday turlari va shakllari mavjud? Degan savollar tug‘ilishi tabiiydir.
Umumiy holda o‘rtacha miqdor taqsimot qatorini siqib ixchamlash-tirish jarayonida olingan miqdordir. U qatorning katta va kichik hadlari o‘rtasida yotadi. Masalani soddalashtirish uchun statistik qatorni yon bag‘ridan siqib asta-sekin ixchamlashtirayotirmiz, deb faraz qilaylik. Bu holda uning variantalari orasidagi miqdoriy farqlar yoqala borib, ular yiriklashadi, soni esa kamayadi. Shuning hisobiga qator variantlarining soni ko‘payadi. Ixchamlashtirish jarayonini davom ettiraversak, pirovard natijada qator variantasi bir miqdor bilan ifodalanadi. Variantlar soni esa boshlang‘ich qatorning jamlama soniga teng bo‘ladi. Ana shu miqdor ushbu qatorning o‘rtacha miqdoridir. U qatorning eng katta va eng kichik miqdorlari o‘rtasida yotadi. Bu yerda statistik qator deganda sof matematik qator, ya’ni musaffo sonlar qatori nazarda tutiladi. Bu sonlar na sharoitga va na bir-biriga bog‘liq, to‘liq erkinlikka ega.
Statistik qatorlar matematik sonlar qatoridan tubdan farq qiladi. Ular moddiy dunyo hodisalarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar qatoridir, miqdoriy qiymatlari esa hodisalarining yuzaga chiqish sharoitlariga bog‘liq.
O‘rtacha statistik to‘plamni umumlashtirib ta’riflovchi ko‘rsatkichdir. Shunday qilib, o‘rganilayotgan statistik to‘plamni o‘zgaruvchan belgilari bo‘yicha umumlashtirib ta’riflaydigan ko‘rsatkichlar o‘rtacha ko‘rsatkichlar (miqdorlar) deb ataladi. O‘rtacha miqdorlar variatsion qatorlarning muhim tasviriy parametri sifatida quyidagi xossalarga ega (6.1. rasm).
6.1-rasm. O‘rtacha miqdorlarning muhim xususiyatlari.
O‘rtacha miqdor qator miqdorlaridan tafovutda bo‘ladi, ulardan chetlanadi. O‘rtacha miqdorni hisoblash katta sonlar qonuni amal qiladigan ommaviy jarayon singari amaldir. Muayyan taqsimot qatorining variantalari birin-ketin bir biriga qo‘shib (birlashtirilib) boriladi. Natijada katta-kichik miqdorlar bir-biriga ta’sir etib, birikib o‘zaro siyqalanadi. Ular o‘rtasidagi farqlar o‘zaro yoyishib yo‘qola boradi. Pirovard oqibatda qator tekislanadi, uning variantalari miqdoran barovarlashib ma’lum o‘rtacha daraja bilan ifodalanadi. Demak, o‘rtacha miqdorlarning xususiyati yana shundan iboratki, ular qator unsurlarning bir-biridan ajratib turuvchi xossalarini nazardan soqit qiladi, ulardan doimo abstraktsiyalanadi.
O‘rtacha o‘z funksiyalarini to‘la va aniq bajarish uchun bir qator talablarga javob berishi kerak. O‘rtacha miqdor o‘zining funksiyalarini to‘la va aniq ado etishi uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi lozim:
- o‘rtacha miqdori aniqlanadigan to‘plam bir jinsli, hajm jihatdan yetarli sonda bo‘lishi kerak;
o‘rganilayotgan to‘plam birliklariga tegishli belgining miqdoriy qiymatlari bo‘yicha ularning taqsimoti yetarli darajada hodisaga xos obyektiv taqsimot qonuniyati bilan hamohang bo‘lishi zarur. Bu talab katta sonlar qonuni amal qilishidan kelib chiqadi.
Qatorning ichki qonuni statistik to‘plamning tub xossalari o‘rtasidagi zaruriy o‘zaro tub bog‘lanishlarni ifodalaydi va o‘rtacha miqdorni shakllantiradi. Sharoit esa tasodifiy kuchlar sifatida sabab bilan natijaga ta’sir ko‘rsatadi va qator miqdorlari o‘rtachadan turlicha tafovutlarda bo‘lishiga olib keladi. Pirovard oqibatda qator variantalarining ayrim miqdoriy qiymatlari va taqsimot qonuniyatlari asosiy ichki sabablar bilan tashki sharoitning tasodifiy kuchlari birgalikda amal qilishi va o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadi. Katta sonlar qonuni amal qilishi sababli tasodifiyat ta’siri ostida bu miqdorlar orasida yuzaga chiquvchi tafovutlar bir-birini o‘zaro yeyishtiradi va o‘rtachada o‘zaro barovarlashgan tendensiya, qonuniyat namoyon bo‘ladi.
Haqiqatda ham, agarda asosiy ichki sabablar ta’sirida vujudga kelgan ayrim miqdorlar qiymatini Xai va tasodifiy sabablar natijasini deb belgilasak, u holda qator hadlarining ayrim miqdorlari
Bundan:
yoki (6.1)
Katta sonlar qonuni ta’siri ostida manfiy va musbat qiymatlarga ega bo‘lib, ularning yig‘indisi ånolga teng bo‘ladi va shu sababli . Natijada .
Demak, o‘rtacha miqdorlar statistik to‘plamlarga xos umumiy qonuniyatlarni ifodalaydi.
O‘rtacha miqdor og‘irlik markaziga o‘xshaydi. U ham barcha teng ta’sir etuvchi kuchlar orqali badan yoki jism og‘irligi tushadigan nuqta singari real ma’noga va ahamiyatga ega.
2. O‘rtacha miqdor turlari va ularni hisoblash tartibi
Statistikada o‘rtacha miqdorlarning xilma-xil turlari va shakllari mavjud. Chunonchi, agregat (nozohir shaklli) o‘rtacha, o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha geometrik, o‘rtacha garmonik, o‘rtacha kvadratik, o‘rtacha kubik, o‘rtacha xronologik va h.k. shular jumlasidandir. Bular bilan bir qatorda taqsimot qatorlarida o‘rtachaga o‘xshash funksiyani bajaruvchi o‘rta miqdorlar (varianta qiymatlari) ham bor. Bular moda, mediana va turli kvantililardan tarkib topadi. Ular qatorning tartibli yoki davriy o‘rta hadlari (miqdorlari) deb ataladi.
O‘rtacha miqdorlarning u yoki bu turi va shaklini qo‘llash tekshirishda ko‘zlangan maqsad va vazifalarga, o‘rganilayotgan jarayon va hodisa xususiyatlariga hamda muayyan sharoitda qo‘limizda bo‘lgan ma’lumotlar xarakterigabog‘liq.