Guruxlangan ma’lumotlar asosida tug‘ri chiziqli regressiya tenglamasini aniqlash
Egri chiziqli regressiya tenglamalarini aniqlash
Bir omilli regressiya tenglamasini baxolash va taxlil qilish. Juft korrelyasiya koeffisiyenti
Ko‘p omilli chiziqli regressiya tenglamasini aniqlash
7.Ishtimoiy iqtisodiyodda regression-korrelyatsion tahlilni tutgan o‘rni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Korrelyatsion-regression model - bu o‘rganilayotgan hodisalar orasidagi bog‘lanishni natijaviy belgi bilan muhim omillar o‘rtasidagi ishonchli miqdoriy nisbatlar orqali ifodalashdir.
Korrelyatsion - regression model deb shunday regressiya tenglamasiga aytiladiki, u o‘rganilayotgan hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni natijaviy belgi bilan muhim omillar o‘rtasidagi ishonchli miqdoriy nisbatlar orqali ifodalab beradi. Uning determinatsiya va regressiya koeffitsiyentlari mohiyatan bog‘lanishning sotsial-iqtisodiy tabiati haqidagi ilmiy nazariyaga to‘la mos bo‘lib, ishonchli oraliq ehtimoliga ega bo‘ladi.
Istiqbolni nuqtali baholashning amalga oshish ehtimoli kichik.
Korrelyatsion-regression modellarni tuzish uchun statistika nazariyasi va amaliyoti tomonidan qator tavsiyalar ishlab chiqilgan:
- omil sifatida olinadigan belgilar natijaviy belgi bilan sabab-oqibat bog‘lanishda bo‘lishi kerak;
- omil qilib olinayotgan belgilar natijaviy belgining tarkibiy elementi yoki uning funksiyasi bo‘lmasligi lozim;
- omil sifatida olinayotgan belgilar bir birini takrorlamasligi, ya’ni kolleniear bo‘lmasligi kerak (korrelyatsiya koeffitsiyenti0,8 bo‘lmasligi shart);
- natijaviy belgi qanday to‘plam birligiga tegishli bo‘lsa, omil belgilarni ham unga nisbatan olish ma’qul;