O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR VA TEXNIKA FAKULTETI
IQTISODIYOT KAFEDRASI
,,IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan
K U R S I S H I Mavzu: Iqtisodiyot fanining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni
Bajardi: S 41-IQ-22 guruh talabasi G’aybullayev Haydar ______
(imzo) .Kurs ishi himoya qiling an sana “____” __________ 2023 yil Baho “___” ___________________
Ilmiy rahbar: _______________________________________________
(imzo) (ism, sharif) Komissiya a’zolari: ________________________________________________
(imzo) (ism, sharif) ________________________________________________
(imzo) (ism, sharif)
Buxoro-2023
MAVZU: IQTISODIYOT FANINING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI
REJA: Kirish.
I-BOB.IQTISODIYOT FANI VUJUDGA KELISHINING ASOSIY BOSQICHLARI. IQTISODIYOT NAZARIYASINING PREDMETI VA USLUBI. 1.1. Iqtisodiyot fanining vujudga kelishi va tarixi;
1.2. Iqtisodiyot fanlarining ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi;
1.3. Iqtisodiyot fanining taraqqiyot bosqichlari;
II- BOB. IQTISODIY TARAQQIYOTNING UMUMIY ASOSLARI.
2.1. Iqtisodiyot nazariya fanining predmeti va vazifalari;
2.2. Iqtisodiyot nazariyaining fan sifatida shakllanishi;
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Shavkat Mirziyoev: Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir
Kirish Mamlakatimiz bundan yigirma bir yil oldin o‘zmustaqilligini e’lon qilib, tarixiy taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu yillar davomida bosib o‘tgan murakkab, shu bilan birga, sharafli yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, O‘zbekistonning o‘tgan davr mobaynida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish borasida erishgan marra va natijalarini xolisona baholash zarurati mavjud ekanini har bir sog‘lom fikrlaydigan inson chuqur anglaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 19 yanvar` kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.
Jahon tarixiga nazar solsak, har bir xalq avvalo ma'naviy birlashuvi, milliy g'oyasi bilan yuksalgan. Bugun yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo'lidan borayotgan mamlakatimizda ham milliy g'oya masalasi juda muhim ahamiyatga ega.
So'nggi yillarda bu borada qator qarorlar qabul qilindi. Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashi raisi Prezident ekani belgilab qo'yildi. Kengashning hududiy bo'limlariga mas'ullik hokimlar zimmasiga yuklatildi. Bu o'zgarish ma'naviy-ma'rifiy ishlarni davlatimiz siyosatida yanada yuksak o'ringa ko'tardi.
– Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir, – dedi Shavkat Mirziyoev yig'ilishda. – Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat.
Yaqinda bo'lib o'tgan yirik tadbirlar – davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, O'zbekiston yoshlarining birinchi forumi hamda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig'ilishida ma'naviyat yo'nalishidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Chunki bu borada echimini kutib turgan, o'zgarishlar shamoli kirib bormagan masalalar ko'p. Milliy g'oyaning mohiyatini to'liq anglab etmagan, eski mafkurani tasavvur qilib, bunga yuzaki qaraydiganlar ham yo'q emas. Shu bois Prezident mamlakatimiz mafkurasining asosiy g'oyasini ta'kidlab o'tdi:
– Biz yaratayotgan yangi O'zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g'oyasi bo'ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan, – dedi davlatimiz rahbari.
Ma'lumki, bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to'qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o'zlik va ma'naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o'zini o'ylash, mehnatga, oilaga engil qarash, iste'molchilik kayfiyati turli yo'llar bilan odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti.
Terrorizm, ekstremizm, transmilliy va kiber-jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlar xavfi oshib bormoqda. Ba'zi hududlarda atayin beqarorlik yuzaga keltirilib, norozilik kayfiyati avj oldirilmoqda.
Bunday tahlikali vaziyatda hushyor va ogoh bo'lib, xalqimizning tinchligi, mamlakatimiz manfaatlarini o'ylab yashash zarur.
Davlatimiz rahbari loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni kamaytirish uchun nuroniylar tarbiyasi, jamoatchilik nazorati etishmayotganini ta'kidladi.
Yig'ilishda qayd etilganidek, ijtimoiy-ma'naviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilishni davrning o'zi talab etmoqda. Jamiyatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlar shunday asosda yo'lga qo'yilmagani uchun ham kutilgan natijani bermayapti.
Shuning uchun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ishini tanqidiy o'rganib chiqib, faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi aytildi.
Prezidentimiz ushbu markazning “Ma'naviyat targ'ibotchisi” o'quv muassasasi negizida Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar institutini tashkil etish taklifini bildirdi.
Yig'ilishda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari belgilandi.
Ma'lumki, hozirgi paytda ma'naviyat targ'iboti bilan o'nlab tashkilotlar shug'ullanadi. Lekin, ularning faoliyati aniq muvofiqlashtirilmayotgani, yagona tizimga birlashmagani sababli bir-birini takrorlash holatlari kuzatilmoqda.
Bundan buyon Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi barcha hududiy kengashlarning, vazirlik, idora va tashkilotlarning ma'naviy-ma'rifiy faoliyatini muvofiqlashtirib borishi belgilandi.
Markaz va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik ta'minoti keskin kuchaytiriladi. Uning faoliyati ilmiy tadqiqot va targ'ibot-tashviqot yo'nalishlarida qayta tashkil qilinadi.
Tarbiyada tanaffus bo'lmaydi, deydi xalqimiz. Lekin, ma'naviy-ma'rifiy ishlardagi uzviylik hozircha bunday emas. Bu borada bog'cha, maktab, oliy ta'lim, mahalla – har biri alohida ish olib boryapti.
Shu bois ma'naviy-ma'rifiy ishlarning yagona tizimini yaratish, xususan, o'g'il-qizlarni bolaligidanoq bilimli va fazilatli etib tarbiyalash, buning uchun maktabgacha ta'lim muassasalariga metodik yordam ko'rsatish muhimligi ta'kidlandi.
Shuningdek, maktablar, o'rta maxsus va oliy ta'lim dargohlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Barcha oliygoh va ularning filiallarida mavjud shtat birliklari doirasida yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor lavozimi joriy etilishi aytildi.
Mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi. “Bir ziyoli – bir mahallaga ma'naviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o'qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirilishi ma'lum qilindi. Shuningdek, Toshkent shahar nuroniylarining tarbiyasi og'ir, ishsiz yoshlarga ko'maklashish bo'yicha tashabbusi qo'llab-quvvatlandi.
Hududlar markazida namunaviy loyiha asosida ma'naviyat va ma'rifat maskanlarini barpo etish, mahalliy byudjetlar hisobidan sohaga qo'shimcha shtatlar ajratish bo'yicha ko'rsatma berildi.
Darhaqiqat,samarali iqtisodiyot bizning nafaqat bugungi, balki ertangi hayotimiz, hozirgi va kelajakdagi farovonligimizdir.
Iqtisodiy fanlarni o’rganishga intilish kuchaydi. Chunki har bir kishi biladiki, farovon hayot kechirish uchun daromad topish zarur. Buning uchun avvalo, iqtisodiyotni, iqtisodiy masalalarni yaxshi bilish zarur bo’lsa, ikkinchidan ro’y berayotgan qiyinchiliklar, muammolarni hal etish uchun ham iqtisodiyotni, uning sir-asrorlarini mukammal bilmoq talab qilinadi.
Ma’lumki, iqtisodiy hayotda doimo yangi-yangi muammolar, savollar vujudga kelib turadi. Masalan, qanday qilib millionlab kishilarning faoliyati muvofiqlashtiriladi? Hozirgi murakkab, mislsiz turli-tuman ne’matlar ishlab chiqarilayotgan bir paytda inflyatsiyani qanday qilib tugatish mumkin? Inqirozdan chiqishning qanaqa yo’llari bor? Iqtisodiyotda tushkunlikni to’xtatgach, uni rivojlantirish uchun qanday yo’l tutish mumkin va hokazo.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (ITT) iqtisodiy fanlar tizimida alohida o‘rin tutadi. U iqtisodiy nazariyani to‘ldiradi va mustaqil fan sifatida iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta rol o‘ynaydi. Ayniqsa, hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo‘shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to‘g‘risida imkoni boricha ko‘proq bilishga intilmoqdalar. Shu maqsadda respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham «Iqtisodiyot asoslari» fani o‘tilmoqda Iqtisodiy ta’limotlar iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan jarayonlarni passiv aks ettirmaydi, balki ularga muayyan ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan ijtimoiy rivojlanishning tezlashishiga yoki sekinlashishiga olib keladi. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar, olim yoki hokimlar tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g‘oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba’zida esa tushkunlikka uchragan. Hammaga ma’lumki, ko‘pchilik konsepsiyalar davlatlarning iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib kelindi. Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi fikrlar A.Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Xalqlar boyligi» asarida asosan to‘la tahlil etib berilgan.Uzoq o‘tmishdagi ko‘pgina o‘gitlar, hayotiy tajribalar, allomalarning fikri va g‘oyalari hozirgi kunda asqotmoqda, ularni o‘rganish va eng muhimi hayotga tatbiq etish zarur.Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965) «Qayerga borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu g‘oya nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, bosib o‘tilgan yo‘lni to‘g‘ri baholash va kelajak istiqbolni ko‘zlash haqida gap boradi. Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to‘la hal etishda o‘tgan davr iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo o‘tgan donishmandlarning fikrmulohazalari hozirda va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish va Yangi g‘oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Aniqrog‘i, oldin yaratgan mashinani qayta kashf qilishga hojat qolmaydi. Zero tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir. Ushbu uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda 27.07.06 yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan «iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanidan Namunvaiy Dasturga asoslanildi.Uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda A.Islomov, E.Egamovning «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» o‘quv qo‘llanmasidan, Razzoqov A. va boshq. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» darslikligidan, Tarjimonlar I. Fozilov va boshqalar tahriridagi «Amaliy iqtisodiyot» o‘quv qo‘llanmasidan hamda R.Qarshiyev, A.To‘xtamishev. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» o‘quv qo‘llanmasidan foydalanildi.