Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə4/11
tarix26.07.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#137590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
IQTISODIYOT FANINING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI Haydar

«Iqtisodiy nazariya» fanida eng‘ muhim iqtisodiy kategoriyalarning so‘nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo bu nazariyalar har doim ham turg‘un bo‘lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa, keskin o‘zgarishlar davrida evolyutsiyada bo‘ladi.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, qonun, ta’limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqgai nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo‘jalik ob’ekti bilan chambarchas bog‘liqpigini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi sababli tamoyilda ilmiy emas deyish mumkin emas», deb yozadi taniqli iqgisodchi T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yeki inkor etish natijasida paydo bo‘lgan. Ba’zi mutaxassislar faqat yangi nazariyalarnigina o‘rganishni taklif etishadi, ammo bu so‘nggi nazariya avvalgi ko‘p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi sifatida namoyon bo‘ladi yoki bugun biz «yangi», degan fikr ma’lum vaqgdan keyin o‘zgarishi mumkin.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqgisodiyot nazariyasi fani bilan bevosita bog‘liq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil xususiyatga ega. Bu fanni o‘rganish orqali ekonomiks, xalq xo‘jalig‘i tarixi, iqgisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishning shart-sharoitlari va oqibatlarini tahlil etishga katta ko‘mak beradi.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»ni o‘rganishda ma’lum davrlash tizimidan foydalaniladi. Hozircha eng maqbul usul ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarning o‘zgarishiga qarab ish yuritishdir. Chunki qaysi formatsiya ustun, ilg‘or boshqarishning amalga oshirish bo‘lsa o‘sha(masalan, quldorlik yoki kapitalizm) davrga xos jamiyatning sinfiy tuzilishi iqtisodiy manfaatlari va boshqalar yotadi. Quldorlik va feodalizm davrida g‘oyalarning tarqalishi (migratsiyasi) juda qiyin bo‘lgan. Shuning uchun bu davrlardagi iqtisodiy fikrlarni mamlakatlar miqyosida alohida-alohida o‘rganishmoqda.
Taniqli iqgisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqgisodiy g‘oyalar o‘z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo‘lib, ular bilan chambarchas bog‘langandir; bu g‘oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o‘zgarishda bo‘ladi, agar bu g‘oyalar o‘z maqsadlariga to‘la javob berishni ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o‘zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi.
Kapitalizm davrida xo‘jalik va ijtimoiy hayotda baynal-milallik (internatsionalizm) ko‘chayganligi tufayli, iqgisodiy fikrning rivojlanishi ham yagona jahon jarayoni-ga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asoschilari A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma’lum bo‘ldi, vaxrlanki, undan avvalgi ko‘pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmasdan «o‘lik mol» sifatida yotgan.
Bu fan doim rivojlanishda bo‘lib, bir-birini to‘ldiruvchi evolyutsion (mavjud g‘oyalarning‘ yanada chuqurroq takomillashuvi) va inqilobiy (butunlay yangicha konsepsiyalar vujudga kelishi) yo‘llari mavjud. Inqilobiy o‘zgarishga misol sifatida A.Smit va uning izdoshlari g‘oyalari, marjinalistik to‘ntarish, yangi klassik yo‘nalish (A.Marshall), J.M.Keynsning iqtisodiy qarashlarini keltirish mumkin. o‘tish davri iqtisodiyoti bo‘yicha g‘oyalar hozirgi davrning muhim qarashlari majmuasiga kiradi va nihoyatda dolzarbdir, bu masala O‘zbekiston misolida qarab chiqiladi.
Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy bosh g‘oya-jamiyat, insoniyat, ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo‘llar nihoyatda xilma-xil ekanligini ko‘ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo‘lgan iqgisodiy g‘oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning asosiy vositasi ekanligi turli yo‘llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy deb hisoblangan,
XIX asr 2-yarmida avvalgi g‘oyalarga marksizmga muqobil ravishda vujudga kelgan va umumlashtirilgan holda «marjinalizm, deb ataladigan ta’limot hozirgi zamonning asosiy» iqtisodiy goyasi hisoblanadi. Lekin shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, biror ta’limot doimo sof qolda amalda deyarli qo‘llanilmaydi. Har bir ta’limotning ko‘plab turli oqim va yo‘nalishlari mavjud. Odatda sof erkin bozor munosabatlari deyarli uchramaydi. Bozor munosabatlarining unsurlari, ular o‘rtasidagi nisbat ham doimo o‘zgarib turadi. Demak, iqgisodiy ta’limotlar tarixi fanining muhim xususiyatlaridan biri, bu uning doimo harakatda, o‘zgarish, rivojlanishda ekanlishdir. Bir mamlakat chegarasida iqgisodiy ta’limot ta’siri ostida iqtisodiy siyosat har doim rivojlanishda bo‘lishi kerak.
90-yillarda tarixiy jarayonlarda yana bir holat qayd etilmoqda. Bu «sotsialistik» deb atalgan va iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan («rejali iqtisodiyot» ham deyiladi) mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri amalga oshmokda («o‘tish iqtisodiyoti» deb ham nomlanadi). Bu tarixda birinchi marta ro‘y bermokda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi ham o‘tish davrini boshidan kechirmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham Mustaqillik yillarida (1991-yil 31-avgust) iqtisodiyi-jtimoiy sohada bir qancha ta’limotlar yaratildi, islohatlar amalga oshirildi va ular asosida qator yutuqlarga erishildi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal, muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko‘payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab ko‘rinadi.
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim olish bilan shug‘ullanishdan oldin birlamchi hayotiy ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi, o‘zining kundalik hayotida bir qator muammolarga, ya’ni kiyim-kechak, oziqovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlarni qanday qilib, nima hisobiga qondirish mumkin degan muammolarga duch keladi.
Shu muammolarni echish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo‘nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin