Tarixiy zamini va rivojlanish bosqichlari



Yüklə 32,85 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü32,85 Kb.
#173866

5.2.O’zbekistonda ilmiy-tadqiqotlar tizimini shakllanishini
tarixiy zamini va rivojlanish bosqichlari
Fan inson ongi, ma’naviyatining bir ko’rinishi, yangi ilmiy bilimlar
hosil qilish sohasi, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining hal qiluvchi
elementi, ko’p qirrali hodisa, maxsus ijtimoiy institut sifatida namoyon
bo’ladi. U jamiyatning tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy,
ma’rifiy va boshqa tizimlari bilan chambarchas bog’langan.
Fanning asosiy funksiyasi – uzluksiz yangi ilmiy bilimlarni yaratish
vazifasining muvaffaqiyatli bajarilishi ko’p jihatdan uning institusionalligi
bilan belgilanadi. Jamiyat hayotidagi har qanday ijtimoiy , iqtisodiy
o’zgarishlar fanning jamiyatdagi o’rnining o’zgarishiga olib keladi. Shu
bilan birga, fan va ilmiy izlanishlarni rivojlantirishga xalaqit beradigan
ijtimoiy, iqtisodiy , tashkiliy, siyosiy va boshqa to’siqlar yuzaga keladi.
Bular fanning rivojlanish yo’lidagi institusional to’siqlar bo’lib, ularning
yuzaga kelishini oldindan ko’ra bilish, bartaraf etishga tayyor turish ilm-
fan boshqaruvini amalga oshiruvchi organlarning yangi va muhim
vazifalaridir.
O’zbekistonda ilmiy tadqiqotlarni shakllantirish tarixi uzoq
o’tmishga borib taqaladi. Qadimdan fan, ma’rifat va madaniyat olamining
markazlari dastavval ilmparvar, odil, kelajakni ko’zlagan, xalq
manfaatlarini o’ylagan shohlar saroylarida yuzaga kelgan.
O’zbekistonning ilmiy salohiyati tarixi uning eng yorug’ sarchasmasi
bo’lgan «Avesto»ning yozilishidan boshlangan, desak xato bo’lmaydi.
XX asr oxirida ilm-fan taraqqiyotining eng muhim va o’ziga xos
jihati uning tabiat sirlarini chuqur tanishib borishida, ularni o’rganish
natijalarining insoniyat turmush darajasini yaxshilashga yo’llanganligidadir. Olimlar tabiat va materiyaning ishlab chiqarishda hali
foydalanilmagan jihatlarini o’rganib, tamoman yangi mahsulotlar ishlab
chiqarish ustida tinmay izlanishlar olib bormoqdalar, hozirgi davrdagi
yutuqlar, ilmiy natijalar tabiatni, materiyani tadqiq qilishning natijasidir.
Davlatning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, Prezidentimiz
ta’kidlaganidek, fundamental ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish milliy
xo’jalik sanoatini yangi bosqichga olib chiquvchi muhim omildir.
Ilmiy-texnik siyosatning maqsadi davlatning ilm-fan sohasida
tadbirkorlikni kuchaytirish, institut , universitetlar o’rtasidagi aloqalarni
mustahkamlash, ilmiy izlanish, loyiha konstruktorlik ishlarini
muvofiqlashtirish, ilmiy muassasa va laboratoriyalarda foydalanilayotgan
asbob-uskunalarni yangilash, ilmiy va injener kadrlarni tayyorlash,
malakasini oshirish ishlarini kuchaytirishdir.
Bu maqsadga erishishda ikki fundamental yo’nalishning birga
qo’shib olib borilishiga alohida e’tibor berildi: birinchidan, ilmiy tadqiqot ,
loyiha konstruktorlik izlanishlarni amalga oshirishning davlat tomonidan
moliyalashtirilishi va bu jarayon sur’atini oshirishga; ikkinchidan, yangi
mahsulotlarni yaratish va xizmat turlarini topish, tijorat maqsadida amalga
oshirilayotgan tadqiqotlarni xususiy investitsiyalar
hisobiga moliyalashtirish usullaridan keng foydalanishga o’tish.
Yangiliklarni joriy qilishni rag’batlantirishning muhim yo’nalishi
davlat tomonidan ajratilgan moliyaviy resurslar emas, balki soliq-
amortizatsiya imtiyozlaridir. Ulardan keng foydalanish milliy ilmiy-texnik
taraqqiyot sohasidagi ustuvor yo’nalishlarni aniqlashga, moddiy va
moliyaviy imkoniyatlarni safarbar etishga imkon beradi. Ustuvor
yo’nalishlarni sanoatning rivojlanishi, raqobat kurashi va bozor mexanizmi
belgilaydi.
Ilmiy-texnik taraqqiyotga bunday yondashishning asosi, umuman
olganda, 1993 yili O’zbekiston Respublikasining Fan-texnika davlat
ko’mitasi tuzilgan davrda yaratilgan. O’tish davrida moliyaviy
qiyinchiliklar natijasida ilm-fanga ajratilgan mablag’larni kamaytirish,
ba’zi dasturlarni amalga oshirishni noma’lum muddatlarga kechiktirishga
to’g’ri kelgan. Lekin bu ko’mita tez orada ilm-fan, texnika sohasidagi
siyosatning asosiy prinsiplarini ishlab chiqdi; optimal muddatga
mo’ljallangan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish dasturlarini , maqsadli
ilmiy izlanishlar, fanning turli sohalarida yetakchi bo’lgan universitet,
ilmiy institut, laboratoriyalar aniqlandi, ustuvor yo’nalishlar belgilab
olindi.
Mamlakatda qisqa vaqt ichida ilmiy-texnik siyosatning tashkiliy va
huquqiy asoslari yaratildi; yangiliklarni joriy qilish, xorijiy sarmoyalardan
keng foydalanish yo’llari, ularning kafolatini ta’minlash choralari ishlab
chiqildi va ular muvaffaqiyat bilan amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda ilmiy-texnik taraqqiyotni va ilmiy faoliyat
qirralarini huquqiy me’yorlashtirish sohasida bir qancha ishlar amalga
oshirildi. Oliy Majlis qabul qilgan qonunlarning bir qismiy ilmiy
tashkilotlar faoliyatini hamda intellektual salohiyat sohasidagi
munosabatlarni , investitsion jarayonlarni huquqiy ta’minlashga qaratilgan.
Bu hujjatlarni har tomonlama muhokama qilmaslikning, ularda qayd
etilgan eng muhim , ilm-fanni tashkil qilishdagi o’ta yangi quyidagi
prinsiplarni aytib o’tmaslikning iloji yo’q:
1) muayyan darajada o’zini o’zi tashkil qilish prinsipi, ya’ni olim va
injenerlarning o’z tashabbuslari bilan ilmiy-texnik kooperativlar,
muvaqqat ijodiy jamoalar, assosiatsiya, uyushma va shu kabi tashkilotlar,
fondlar tuzish imkoniyatining yaratilishi;
2) ilmiy-texnik mahsulotlarga, ya’ni ijod mahsuliga narx belgilash
mexanizmining davlat nazoratidan chiqarilib, ijrochi hamda buyurtmachi
o’rtasidagi kelishuv orqali belgilanishi;
3) mavjud ijod tashkilotlar ustidan mahkama, idora va yuqori
tashkilotlar tazyiqi birmuncha kamaytirilishi; ilmiy jamoalar safidagi
muayyan ilmiy yutuqlarga ega, yetakchi tashkilotlar, ulardagi ilmiy
kengashlar zimmasiga katta huquqlar va majburiyatlar yuklatilishi;
4) Respublika Konstitutsiyasida belgilangan ijod erkinligi prinsiplari
asosida ilmiy-injener kadrlarning erkin faoliyatiga yo’l ochilishi, ish haqi
borasidagi barcha cheklanishlarning bartaraf etilishi.
Ilm-fanga
munosabat sohasidagi bu o’zgarishlar natijasida
respublikada juda ko’plab ilmiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi mustaqil
jamoalar, uyushmalar, turli mulk shaklidagi korxonalar vujudga kela
boshladi.
Respublikada 1997 yilda ilmiy-texnik faoliyat bilan shug’ullanadigan
mingdan ziyod jamoalar faol ishladilar. Ularda band bo’lgan bir necha
mingdan ortiq ilmiy , injener va texnik xodimlar fanning turli tarmoqlariga
o’zlarining munosib hissalarini qo’shmoqdalar. Ilmiy ijodiy markazlar ,
turli fondlar faoliyatini takomillashtirish uchun davlat tomonidan
ajratilayotgan mablag’lar, moliyaviy resurslarning miqdori mustaqillikning
dastlabki o’n yillik davri mobaynida 2,5 barobar ko’paydi.
Ilmiy tadqiqotlar ishlab chiqarishga kirib borib, keng joriy etilgan
sari mehnat jarayonining intellektuallashuvi ortib boradi. Bu jarayon, o’z
navbatida , mehnat aholining ijodiy qobiliyatining rivojlanishida, aql-
zakovatning yuqori pog’onaga ko’tarilishida muhim omil bo’ladi.
Respublikamizda aniqlangan ilmiy tadqiqotlarning tashkiliy tizimida
Fanlar akademiyasi alohida o’rin tutadi.
Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilot bo’lib, ilmiy-tadqiqot instutlarida,
o’quv yurtlarida va boshqa ilmiy muassasalarda olib boriladigan ilmiy
izlanishlarga umumiy rahbarlik vazifasini amalga oshiradi. Bundan
tashqari, tashkiliy ishlarni bajarish ham uning huquqiy statusida o’z
ifodasini topgan. O’z tarkibidagi ilmiy tashkilotlarni boshqarib, u nodavlat
organ sifatida faoliyat yurgizib kelmoqda.
Akademiya – olimlar uyushmasi sifatida keng doiradagi vazifalarni
bajarib kelmoqda hamda davlat dasturlarini amalga oshirishda keng
imkoniyatlar va huquqlarga egadirlar.
O’zbekiston Fanlar akademiyasi dastlab 1940 yilning 8 oktyabrida
Sobiq Ittifoq FA sho’’basi sifatida tuzilgan. Bu dargoh respublikaning
muhim ilmiy markaziga aylangan.
Akademiyaning tashkil topishi respublika ilm-fanning rivojlanishida
g’oyat muhim bosqich bo’lgan Urush davrining og’ir sharoitlariga
qaramasdan, ilmiy xodimlar, olimlar, injenerlar davlat ishlarini bajarish
yo’lida katta ishlarni amalga oshirganlar. Yangi institut, stansiya,
laboratoriyalar tashkil topgan. Urushdan keyingi yillarda fanga va ilmiy
ishlarga bo’lgan talab ancha o’zgargan. Yangi yo’nalishlarni o’rganish,
ijtimoiy-iqtisodiy hayot qo’yayotgan dolzrb muammolarni hal etish
ehtiyoji tug’ilgan. 50-yillarda O’zbekistonda 17 dan ortiq ilmiy tekshirish
institutlari barpo etildi, 1958 yilda Toshkentda yadro reaktori qurildi.
Fan sohasidagi siyosatni takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni
kengaytirish masalalari Ittifoq va respublika miqyosidagi qurultoy,
kengash, simpozimlarda keng jamoatchilik ishtirokida tez-tez muxokama
qilingan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 11 noyabrdagi
«Xorazm Ma’mun akademiyasini tiklash to’g’risida»gi Farmoniga binoan,
Fanlar akademiyasi Xorazm bo’limining tashkil etilishi e’tiborga loyiq
voqea bo’ldi.
O’zbekiston mustaqilligini yangi pog’onaga ko’tarish mamlakatimiz
salohiyatini samarali amalga oshirish yo’lidir. Bu yo’lda oliy va o’rta
ta’limni rivojlantirish , ularni tamoman yangi prinsiplar asosida qayta
tashkil qilish, o’qitish jarayonini mamlakatda ishlab chiqilgan Kadrlar
tayyorlashning milliy dasturi asosida qayta qurish muammolarini hal
qilishi lozim.
O’zbekistonda oliy o’quv yurtlari xalq xo’jaligining turli tarmoqlari
uchun malakali mutahassislar tayyorlash bilan bir qatorda yana bir muhim
vazifani bajaradilar – muayyan hajmdagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib
boradilar. Ularning bu ikki funksiyasi bir-biri bilan uzviy bog’lik. Oliy
o’quv yurtlarida olib borilayotgan tadqiqotlar , ilmiy izlanishlar miqyosi kengayibgina qolmay, balki professor-o’qituvchilarning milliy
xo’jalikning dolzarb muommolrini yechishda ishtirok etishiga ham
imkoniyat tug’diradi. Bu esa, o’z navbatida mutaxassislar yetishtirishni
takomillashtiradi, yangi ilmiy kadrlar tayyorlashga asos bo’ladi. Ilmiy
ishlarni o’tkazmaydigan yoki kam xajmdagi o’tkazadigan o’quv yurtlarida
to’laqonli, har tomonlama yetuk mutaxassislar tayyorlash xususida gap
bo’lishi ham mumkin emas. Bunday o’quv yurtlarida tayyorlangan
mutaxassislar davr talabiga to’la javob bermaydilar.
Yuqorida qayd etilgan ikki muhim vazifadan tashqari, yetakchi oliy
o’quv yurtlari ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash , qayta tayyorlash va
ularni malakasini oshirish bilan ham shug’ullanadilar.
Respublikamizda fundamental tadqiqotlarni amalga oshirishning
o’ziga xos jihatlari shundaki, ularning aksariyati akademiyaning ilmiy
tekshirish institutlarida o’tkaziladi. Oxirgi yillarda fundamental tadqiqotlar
uchun ajratilgan moliyaviy resurslarning aksariyati akademiya institutlariga yuborilgan.
Universitetlarda ham fundamental tadqiqotlar olib boriladi, lekin
ularning ko’lami bugungi kun talabiga umuman javob bermaydi. Oliy
o’quv yurtlarida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarda markaziy
tadqiqotchi fan doktoridir. Ular ilmiy g’oyalarni ilgari suradilar, yuqori
kurs talabalari, aspirant, yosh o’qituvchi ijtirok etayotgan guruhlarga
rahbarlikni amalga oshiradilar. Afsuski, bu ishlarni samarasi ilmiy-texnik
rivojlanishning talablariga javob bermaydi.
Fundamental tadqiqotlar universitetlarda byudjetdan ajratilgan
moliyaviy mablag’lar hisobigagina amalga oshiriladi. Shu bilan birga , bu
tadqiqotlarni moliyalashtirishning yana bir manbai bo’lgan shartnoma
asosida sanoat korxonalaridan jalb qilingan mablag’lar hisobiga ham
o’tkazish mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda ilmiy izlanishlarni moliyalashtirish
olimning obro’-e’tiboriga,uning ilmiy maktabning yutuqlari, «imijiga»
hamda tadqiq qilinayotgan muammolarning dolzarbligiga bog’liq. Undan
tashqari , universitetlar qoshida yosh pedagog olimlarni qo’llab-
quvvatlaygan turli jamg’armalar tashkil qilinganligi, ular ham bu
dargohdagi ilmiy izlanishlarning ko’lami va samarasiga katta ta’sir
ko’rsatadi.
Xorijiy mamlakatlarda ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning eng
muhim va salmoqli manbai xususiy sanoat korxonalaridir. Ularning
laboratoriya va ilmiy tadqiqot tashkilotlarida amaliy va tadqiqiy
muammolar o’rganiladi. Kichik innovatsiya firmalari, ixtisoslashgan ilmiy
tadqiqot markazlari va korxonalari ilmiy izlanishlarni amalga oshirishda
muhim o’rin tutadilar. Ana shu tajribadan biz ham foydalansak, ilmiy
tadqiqotlar yanada jonlanar edi.
Ilmiy izlanishlar va loyiha - konstruktorlik tadqiqotlarining sanoatda
jamlanishi darajasining ko’rsatkichlari rivojlangan mamlakatlarda ishlab
chiqarish va kapitalning jamlanishi ko’rsatkichlaridan yuqori turadi.
Masalan, o’tgan asrning 90-yillarida rivojlangan mamlakatlarda , xususan ,
AQShda 10 mingdan ziyod xodimi bo’lgan kompaniyalar sanoat
tarmoqlarida ilmiy izlanishlar olib boradigan olim va injenerlarning 78
foizidan ortiq qismini, 25 mingdan ortiq xizmatchisi mavjud kompaniyalar
esa 64 foizni o’zlarida jamlaganlar. Amerika biznesmenlarining ilmiy-
tadqiqot va loyiha-konstruktorlik izlanishlari uchun ajratgan
mablag’larining 21 foizi to’rtta yirik kompaniya –IBM, «Jeneral motors»,
ATT va «Ford»ga to’g’ri keladi.
Bu ma’lumotlar Amerika sanoatida ilmiy izlanishlarga bo’lgan
e’tiborning qay darjada ekanligini ko’rsatadi, hamda keskin raqobat
kurashi sharoitida faqat kelajakni qo’zlab , ilmiy izlanishlarga moliyaviy,
moddiy resurslarni ayamay sarf qiladigan firma va konsernlargina ishlab
chiqarishning turli jabhalarida yutuqqa erishishlari mumkin, degan fikrni
tasdiqlaydi.
Xulosa shuki, O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy mustaqilligini
ta’minlash ko’p jihatdan ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish, uning
ko’lami va erishilgan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bilan
belgilanadi. Shunday ekan, respublikamizda fanga, ilmiy tadqiqotlar
o’tkazish ko’lami va sifatiga, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishga tezda
joriy qilishga , yangi texnika va texnologiyaning keng qo’llnishiga alohida
e’bori berish kerak.
Fan-texnika taraqqiyotining darajasi fanning jamiyatda tutgan o’rni
bilan belgilanadi. Uning rivojlanishida ijodning mustaqilligi hal qiluvi
omildir. Ijodiy-ilmiy imkoniyatning yanada raqnoq topishi uchun bir qator
vazifalar bajarilishi, muayyan sharoitlar yaratilishi talab qilinadi.
Shuning takidlash lozimki, respublikamizda ilm-fanni rivojlantirishning yangi bosqichi «Fan va texnikani rivojlantirishning
davlat siyosati to’g’risida»gi yangi qonunning qabul qilinishi hamda ushbu
qonun asosida O’zbekiston Respublikasida fan va texnikani rivojlantirish
milliy dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish bilan belgilanadi. Bu
dasturni ishlash chiqishda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi,
Vazirlar Maxkamasi huzurida tuzilgan Muvoqlashtirish kengashi, Patent
mahkamasi , Oliy Attestatsiya komissiyasi va ilm-fan borasidagi nufuzli
tashkilotlarning ishtirok etishni ko’zda tutish lozim.
5.3.Mustaqil davlatning ilm-fan sohasidagi faoliyati.
Fanni rivojlantirishni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlardan
tashqarida amalga oshirish mumkin emas. Uning maqsadi va vazifalari shu
munosabatlarining o’ziga xosligi bilan belgilanadi, ya’ni fan sohasidagi
siyosat davlat siyosatining ajralmas bir bo’lagi, asosiy yo’nalishlaridan biri
sifatida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlardagi ilmiy faoliyat sohasidagi siyosatda davlatning har bir tarixiy davrda amalga oshirilayotgan vazifalari va turli voqealiklar o’z ifodasini topadi. O’zbekiston davlatining ilm-fan sohasidagi siyosatining asosiy
prinsiplarining shakllanishi mustaqillikning dastlabki yillariga to’g’ri
keldi. Bu davrda amalga oshirilayotgan siyosatda davlat mavqeini oshirish
prinsipining ustunligi yaqqol namoyon bo’ldi.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda amalga
oshirilayotgan tub islohotlar ilm-sohasidagi siyosatning ustuvor
yo’nalishlarini ishlab chiqishni taqazo etdi va etmoqda. Bu yo’nalishlar,
albatta, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bir bosqichdan ikkinchisiga
o’tish respublika ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, xalq xo’jaligi
oldiga qo’yiladigan vazifalarning murakkablashuvi, O’zbekistonning
umumjahon xo’jaligi oldiga qo’yiladigan vazifalarning murakkablashuvi,
O’zbekistonning umumjahon xo’jaligiga qo’shilib borishi bilan boqliqlikda belgilanadi.
Fan-texnika taraqqiyotining umumdavlat miqyosdagi dasturi 90-
yillar boshida ilmiy izlanish va tajriba konstruktorlik tadqiqotlarini
rag’batlantirishning ikki prinsipining mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Xususan, ilmiy izlanishlar sohasida o’zini o’zi boshqarish hamda ilmiy
tadqiqotlarni davlat tomonidan rejalashtirish prinsiplaridir.
Davlat tomonidan rejalashtirish, albatta, faqat uning tasarufidagi
mahkamalar va institutlarga taalluqli bo’lib, boshqa shakldagi mulk
munosabatlriga asoslangan tashkilotlar uchun tavsiya maqomiga ega.
Bunday yondashish mamlakatimizda yangidan shakllanib kelayotgan ilmiy
tadqiqotlar sohasidagi turli yo’nalishlarni hisobga olish asosida kelib
chiqmoqda.
Uzoq yillar davomida O’zbekistonda ilmiy tadqiqotlarni moliyaviy
ta’minlash faqat davlat ixtiyorida bo’lgan . Maxkama, vazirlik va
korxonalarning ilmiy tadqiqotlar uchun ajratgan moliyaviy resurslari o’ta
cheklangan bo’lib, umumiy hajmda respublika byudjetining 1-2 foizidan
oshmagan. Xo’jalik hisobi prinsiplari asosida amalga oshiriladigan
tadqiqotlar ko’lami ham katta foizni tashkil qilmagan.
Ilmiy tadqiqotlarni davlat tomondan rag’batlantirish to’g’ridan-
to’g’ri ,ya’ni bevosita hamda bilvosita usullar bilan amalga oshirilishi
mumkin. Bevosita rag’batlantirishni Davlat Fan-texnika ko’mitasi amalga
oshirgan , hozirda bu vazifa respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida
tashkil etilgan Muvofiqlashtirilgan komissiyasi zimmasiga yuklatildi.
Bunday siyosat uzoq muddatga mo’ljallangan , butun mamlakat
ahamiyatiga ega bo’lgan milliy ho’jalikning muhim tarmoqlariga taalluqli
tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlashga asoslangan. Natijada o’z vaqtida olib
borilgan tadqiqotlr yangi texnologiyalar va mahsulotlar yaratib, ishlab
chiqarishning ichki va dunyo bozorida raqobatdosh bo’lish qobiliyatini
oshirish imkoniyatini tug’diradi.
Bevosita rag’batlantirish quyidagi ko’rinishlarda amalga oshirilishi
mumkin:
- ilmiy jamolar imkoniyatiga mos buyurtma, shartnoma, kontrakt va
dasturlarni topshirish;
- davlat byudjetidan dotatsiya ajratish;
- kredit imtiyozlarini berish, innovatsiya banklari orqali to’la yoki
qisman qaytarilmaydigan qarzlar berish;
- turli grantlar, kafolatlar berish, ilmiy tadqiqotlar uchun
mo’ljallangan moliyalarning 50 foizinigina qoplash va boshqalar.
Bilvosita rag’batlantirishning maqsadi yangiliklarni keng ko’lamli
o’zlashtirishga qaratilgan. Odatda, bunday rag’batlantirishga asoslangan
tadqiqotlar davlatning maqsadli dasturlari bilan bog’langan hamda fan-
texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, mag’sulot assortimentini
yangilashga, fantalab tarmoqlarning raqobatdoshlik darajasini oshirishga
qaratiladi.
Bilvosita rag’batlantirishga uning quyidagi shakllari kiradi:
- soliqlarni tartibga solish, ya’ni ilmiy tadqiqotlarga sarf qilinayotgan
kapital mablag’larga amortizatsiya va soliq imtiyozlarining qo’llanishi;
- ilmiy tadqiqotlarni tashqil qilish, fundamental va amaliy
izlanishlarni bir-biriga mosligini ta’minlash. Ilmiy salohiyat imkoniyati
mavjud institut va universitetlarning kadrlar bilan ta’minlanishi hamda
moddiy resurslarni shakllantirishga shart-sharoit yaratish;
- iqtisodiy regionlarda, viloyatlarda ham muayyan darajadagi ilmiy
ishlarni olib borishni tashkil qilish; mahalliy byudjetdan moliya
resurslarini ajratish va boshqalar.
Bu ikki rag’batlantirishning bevosita usuli bugungi kunda ustuvor
bo’lishi, uni hukumatning keng qo’llashi maqsadga muvofiqdir. Bugungi
kunda bevosita rag’batlantirish usulining keng qo’llanishi va
mablag’larning kichik va o’rta tadbirkorlik shakllariga, ilmiy-amaliy
assosiatsiyalarga ajratilishi ilmiy tadqiqotlar ko’lami va samarasini
oshirishga sabab bo’ladi.
Ilmiy tadqiqotlar borasida respublika xukumati oldida turgan muhim
vazifa – ilm-fan sohasida ish olib boruvchi kichik va o’rta tadbirkorlikni
qo’llab-quvvatlashdir.
Ilmiy tadqiqotlar sohasidagi kichik va o’rta tadbirkorlik respublika
iqtisodiyotida muhim o’rin tutishi lozim. Ishlab chiqarish tizimini bozor
kon’yukturasi asosida zudlik bilan qayta ko’rib chiqish lozim. Chunki
yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlangan va boshqa xususiyatga ega
bo’lgan kichik va o’rta korxonalar katta kompaniyalardan yangiliklarni tez
sur’atlarda joriy qilish bilan farqlanadi. Shu bilan birga, ularda yetarli
darajada rivojlangan ilmiy ishlab chiqarish
imkoniyatlarining cheklanganligi, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy
resurslarning yetishmasligi ularning zaifligidan dalolat beradi. Bunday
kichik va o’rta korxonalarning raqobat kurashiga dosh bera olmasligi
aniqdir. Demak, bunday ilmiy tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash,
ularni yangiliklarni joriy etishdagi faolligini oshirish, respublikada
innovatsion jarayonlarni kuchaytirishga , kichik va o’rta tadqiqot
shakllarining iqtisodiy rivojlanishiga qo’shayotgan xissalarini oshirishga
imkoniyat yaratadi.
Davlatning fan-texnika siyosatida muhim o’rin tutgan kichik va o’rta
tadbirkorlik kompaniyalari faoliyatini jonlantirishning asosiy yo’nalishlari
quyidagilardan iborat bo’lishi lozim: maxsus axborot tizimi tarmog’ini
kengaytirish; patent sohasidagi ishlarni yaxshilash, ilmiy ish va loyihalar
natijalarini ishlab chiqarishga joriy qildishga takomillashtirish va yangi
usullarni amalda qo’llash; sanoat firmalarini davlat idoralari va oliy o’quv
yurtlaridagi ilmiy-texnik ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini
kengaytirish; maslahat beruvchi vositachi firmalar tarmog’ini ko’paytirish;
ulardagi yangiliklar, texnologiya, turli tahlil natijalaridan keng
foydalanish.
Hukumatning mahalliy hokimlarning faol ishtirokida viloyatlarda
ixtisoslashgan axborot markazlarini , kutubxonalar tizimini yaratishga va
ularni umum respublika tizimiga qo’shishiga hamda patent va litsenziya
sohasidagi qonunlarni xalqaro qonunlar tizimiga moslashtirishga alohida
e’tibor berishi taqozo etiladi.
Yuqorida qayd etilgan yo’nalishlar sohasida samarali ish olib borilsa
, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga, ularni natijalarini ishlab chiqarishga
joriy qilishga keng imkon tug’iladi. Bu sohada davlatning o’rni muhim
bo’lib, fan va texnika sohasida u olib borgan siyosat natijalari oxir-
oqibatda respublikadagi litsenzion balans-foydalanilayotgan milliy va
xorijiy patentlar nisbati bilan belgilanadi.
Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlanishiga to’sqinlik qiluvchi omillar ham mavjud. Ular doirasiga
xususiy mulkchilik , raqobat kurashi , tijorat siri va boshqalar qiradi. Bu
omillar fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan to’la foydalanish imkoniyatini
cheklaydi.
Yuqorida qayd etilgan ilm-fan va texnikani rivojlantirish yo’lidagi
to’siq va muammolar vaqtinchalik bo’lib, so’ngi yillar maboynida bu
borada ayrim yutuqlar qo’lga kiritilmoqda. Vazirlar Maxkamasi huzurida
tashkil etilgan Muvofiqlashtirish kengashi respublikada yuzaga kelgan
holatni chuqur tahlil qilib, yillar davomida misqollab to’plagan ilmiy
salohiyatini saqlab qolish, olimlar uyushmalari kuchini respublikaning
ravnoqi yo’lidagi muammolarini hal etishga yo’llash maqsadida ilmiy va
boshqa muassasalarning jamoalari bilan birgalikda respublikamiz ilmiy-
texnik siyosatining yaqin kelajakka mo’ljallangan konsepsiyasini ishlab
chiqdi. Bu konsepsiyaning asosini quyidagilar tashkil qiladi:
1.Fanni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, ilmiy-texnik imkoniyatlarni saqlash, fanni kelajagi bormi yoki yo’qmi kabi
shubhalardan holi tarzda qo’llab-quvvatlashdan voz kechish. Ilmiy
muassasalar va ilmiy izlanishlarga tanlov prinsipi nuqtai nazaridan
yondashish. Fan-texnika sohalarida bozor munosabatlarini keng joriy etish.
2.Fundamental tadqiqotlar sohalaridagi o’zbek milliy ilmiy
maktablarining eng yaxshilarini saqlab qolish, buning uchun ushbu
tadqiqotlarni byudjetdan ajratiladigan hamda byudjetdan tashqari
moliyaviy mablag’lar bilan to’la ta’minlash.
3. Ilmiy tashkilotlarni moliyaviy jihatdan ta’minlashdan maqsadli
ilmiy dastur va loyihalarni moliyalashtirishga o’tish.
4.Moliyalashtirish manbalarini turliligini ta’minlash.
5.Fan va texnikani rivojlantirishni qo’llab-quvvatlaydigan xududiy
fondlarni tashkil qilish, ularning mahalliy byudjet mablag’lari hisobiga
shakllanishini ta’minlash va shuning hisobiga markaziy moliyalashtirish hajmini kengaytirish.
6.Ilmiy, injener va texnik kadrlarni ijtimoiy himoya qilish, ilmiy xodimning statusi va obro’sini oshirish. Ilm-fanni rivojlantirish o’ta murakkab jarayon bo’lib, u ko’pgina muhim omillar ta’sirida ro’y beradi: ilmiy xodimlar, olimlar va injener
kadrlarni tayyorlash, ularning uyushmalarini tashkil etish bilan bir qatorda zamonaviy ilmiy infratuzilmani shakllantirishni taqazo etadi. Ilmiy infratuzilmani yaratish O’zbekiston Respublikasi uchun o’ta dolzarb masaladir. Buning sababi birinchidan, sobiq Ittifoq tarkibida bo’lgan davrda fanni, ilmiy izlanishlarni boshqarishda o’ta markazlashgan tizim yuzaga kelgap bo’lib, ilmiy tekshirish institutlari va ilmiy jamoalarning mustaqilligi , erkin faoliyatni amalga oshirish cheklangan edi. Ikkinchidan, ilmiy infratuzilma elementlari o’rtasida uzilish, nomutonosiblik mavjud bo’lgan. Uchinchidan, fan ijtimoiy sohaning bir tarmog’i sifatida, unga bo’lgan e’tibor qurboni bo’lganligi hammaga ayon. Fanning asosiy va eng muhim vazifasi – yangi ilmiy bilimlarni yaratishdan iboratdir. Bu jarayonni samaradorligini ta’minlovchi omil ilmiy infratuzilma elementlarini shakllantirishdir. Masalaga bunday yondashish ilmiy siyosat sohasidagi ishlarni samarali amalga oshirish imkonini tug’diradi.
Yüklə 32,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin