Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Iqtisodiyot nazariya fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə7/11
tarix26.07.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#137590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
IQTISODIYOT FANINING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI Haydar

2.1. Iqtisodiyot nazariya fanining predmeti va vazifalari.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanning predmeti bo‘lib- bu ma’lum davrlardagi u yoki bu sinflar, ijtimoy qatlamlar, insonlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy g‘oyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashuvining tarixiy jarayonini o‘rganadigan fandir.
Iqtisodiyot nazariyasi – umumiqtisodiy fan, uning predmeti kishilar iqtisodiy xatti-harakatining shart-sharoiti va qonun-qoidalaridir. Mazkur fanning metodologik tamoyillari iqtisodiyotni tizim sifatida o‘rganish, unga noiqtisodiy omillar va tabiiy shart-sharoit, texnologik o‘zgarishlar ta’sirini nazarda tutish, iqtisodiyotni statistikada emas, balki dinamikada o‘rganishdir.
Ushbu fanda iqtisodiy hodisalarni kuzatish, abstraksiyalash orqali nazariy xulosa chiqarish, nazariy modellar yaratish, pozitiv va normativ usullarni qo‘llash, miqdoriy va sifatli tahlilni birlashtirish, oddiy hodisalardan murakkab hodisalarni o‘rganishga o‘tish, iqtisodiyotni uning turli darajalarida o‘rganish kabi usullar qo‘llaniladi. Bu fan o‘z predmetini o‘rganishda shunday qonun va kategoriyalarni qo‘llaydiki, ular umumiqtisodiy va ayrim tizimlarga xos bo‘ladi. Fanning funksiyalari iqtisodiy hodisalarni idrok etish, kishilarga iqtisodiy bilim berish, boshqa iqtisodiy fanlarga nazariy asos bo‘lish, shuningdek, iqtisodiy siyosatga oid amaliy tavsiyalar berishdan iborat.
Iqtisodiyot nazariyasi fani predmetiga oid qarashlar (tariflar) quyidagicha:
iqtisodiyot nazariyasi – boylik to‘g‘risidagi fan;
iqtisodiyot nazariyasi- jamiyatda yuz beradigan iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning qonun-qoidalarini o‘rgatuvchi fan;
iqtisodiyot nazariyasi– kishilar tomonidan har-xil tovarlarni (bug‘doy, mol go‘shti, palto va h.k.) ishlab chiqarish maqsadida noyob va cheklangan unumli resurslardan (yer, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar, mehnat, mashinalar) foydalanish to‘g‘risidagi fan;
iqtisodiyot nazariyasi–ayirboshlash, pulli bitimlar bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat turlari.
iqtisodiyot nazariyasi-ishlab chiqarish insonning iste’mol borasida o‘z vazifalarini qanday bajarayotganligi to‘g‘risidagi fan;
iqtisodiyot nazariyasi – kishilarning kundalik ishbilarmonlik faoliyati, tirikchilik manbai, o‘z mablag‘idan foydalanishi to‘g‘risidagi fan va h.k.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari quyidagicha:
iqtisodning sir-asrorlarini o‘rganish, ularni ommaga yetkazib, iqtisodiy bilim saviyasini oshirish;
boshqa iqtisodiy fanlarga ilmiy- uslubiy asos bo‘lib xizmat qilish. Boshqa fanlar iqtisodiy nazariya asoslab bergan kategoriya va qonunlarga tayangan holda o‘z predmetini o‘rganadi. Ayni vaqtda nazariya boshqa fanlar xulosalariga asoslanib iqtisodiy hodisalarni umumlashtiradi;
amaliy tavsiyalar berish. Bu tavsiyalar umumiqtisodiy siyosatga tegishli bo‘ladi. Ular iqtisodiy o‘sishni va uning samaradorligini oshirish, aholini to‘la ish bilan ta’minlash va uning farovonligini oshirish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va inflatsiyani bartaraf etish, iqtisodiy integratsiyalash va tashqi aloqalarni kengaytirish kabi umumiy ahamiyatga ega tavsiyalardir.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining uslublari: umumiylik va xususiylikning birligi;
ilmiy abstraksiya;
tarixiylik va mantiqiylikning birligi;
nazariyani ijtimoiy amaliyot bilan bog‘lash; induksiya va deduksiya;
analiz va sintez;
miqdor va sifat tahlilining yaxlitligi.
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin