Iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiy jarayonlarga bo‘lgan iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi, iqtisodiy g‘oya va nazariyalarning shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. ITT vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro etilgan quldorlik davridan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini, barcha tarixiy davrlarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab, to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash. nazariya va ta’limotlarni o‘z ichiga oladi. Bu g‘oyalar ayrim iqgisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va yo‘nalishlarga tegishlidir.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab to xrzirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash, nazariya va ta’limotlarni o‘z ichiga oladi.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o‘rganish uslubi.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy fanlar, ayniqsa iqtisodiy nazariyasi fani bilan bevosita bog‘liq. Iqtisodiy tarix ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil harakterga ega. Bu fanni o‘rganish orqali ekonomiks, xalq xujaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalari hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishlarni shart-sharoitlari va oqibatlarini taxlil etishga katta ko‘mak beradi.
Masalan: bizga bugun yangidek tuyilgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Halqlar boyligi» asarida asosan to‘la tahlil etib berilgan. Ba’zi iqtisodiy g‘oyalar esa qadimdan ma’lum, ularni o‘rganishda eng muhimi hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko‘p xollarda Amerikani yangidan kashf etishga xojat qolmaydi.
Uslubiy jihatdan bu fan iqtisodiy taxlilning ilg‘or uslublari yig‘indisidan iborat bo‘lib, tarixiy, induksiya, deduksiya, mantiqiy abstraksiya kabi usullardan keng foydalanadi.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani «Iqisodiy nazariya» fani bilan chambarchas bog‘liq, lekin undan katta farq qiladi.