1.2. Iqtisodiyot fanlarining ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi. Iqtisodiy munosabatlaming paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o‘zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o‘zgarib, rivojlanib boradi. Shunga ko‘ra, mazkur bobda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ulami bilishga bo‘lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ко‘rib chiqiladi. Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ulaming xususiyatlari ko‘rsatib beriladi.
Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlaming o‘zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlami o‘rganish iqtisodiy jarayonlami, ulaming o‘zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir.
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilami ajratib ko‘rsatish mumkin:
- tarixiy-formatsion yondashuv;
- madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi jihatidan yondashuv;
- texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;
- iqtisodiy tizimlar о‘zgarishi jihatidan yondashuv.
1-rasm.Taraqqiyot bosqichlari
Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan.
Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish (iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar - bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko‘rsatkichidir.
Odamlar ishlab chiqarish jarayonidafaqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy ashyolar bilan emas, shu bilan birga o‘zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda bo‘ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar o‘rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo‘lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlaming xususiyatlarini va ulaming ijtimoiy uyg‘unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan, mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, ishlab chiqarishning to‘planishi va uyg‘unlashtirilishidir. Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo‘ladi. Bu ijtimoiy shakl iqtisodiy munosabatlami vujudga keltiradi, ulaming mohiyati va asosini ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi.
Iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o‘zaro ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina o‘zaro aloqada bo‘lib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida ishlab chiqarish munosabatlarining ushbu tizimiga xos bo‘lgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlaming alohida turlari qad ko‘taradi. Ana shulaming yig‘indisi jamiyatning ustqurmasini tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va ustqurmaning boshqa elementlari ham faol rol o‘ynaydi, o‘zlarini vujudga keltirgan ishlab chiqarish munosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham aks ta’sir ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani tashkil etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy qismlarini alohida rasm orqali ifodalash mumkin (3.1-rasm). Bu yerda ikki holatga e’tibor berish muhim. Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari mustaqil, alohida tizimni tashkil qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham, shuningdek, ustqurma bilan ham har doim o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Ikkinchidan, turli formatsiyalarda o‘ziga xos ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir formatsiyaga mos keluvchi ishlab chiqarish usulini belgilab beradi.
Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashib kelgan qator ishlab chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar ajralib turadi. Ishlab chiqarish usullari almashuvining klassik namunasi Yevropada namoyon bo‘lgan deb hisoblanadi. Yevropa hududida bir-biri bilan almashib, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal va kapitalistik munosabatlar izchil tarkib topdi. Boshqa qit’alarga qaraganda bu yerda kapitalizmgacha bo‘lgan davrda mana shu munosabatlaming hammasi aniqroq qayd etilgan. Osiyo, Afrika, Avstraliyada Yevropa mustamlakachiligining ta’siri seziladi. Adabiyotlarda Osiyocha ishlab chiqarish usuli deb atalmish usul haqida ham qayd qilinadi. Bu usulning shakllanishida mamlakatlaming katta turkumiga xos bo‘lgan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining sug‘orish tizimlarini markazlashtirilgan tarzda tartibga solib turish va davlatning ana shu sharoitlarda alohida roli bilan bog‘liq sifat xususiyatlari aks etadi.
Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni sivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish tiplari natijasi sifatida o‘rganish ham muhim o‘rin tutadi. «Sivilizatsiya» so‘zi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan ma’nolami anglatadi. Bu tushuncha fanga fransuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt - ikki asr oldin kiritiigan bo‘lib, tafakkur va erkinlik hukmron bo‘lgan jamiyatlarni tavsiflash uchun qo‘llanilgan. Umuman olganda sivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy munosabatlaming oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi.
Jamiyat taraqqiyotini sivilizatsiya nuqtai-nazaridan o‘rganishda sivilizatsiyalaming almashuvi nazariyasi muhim o‘rin tutadi. Bu nazariya tarafdorlari quyidagi 7 ta bosqichdan iborat sivilizatsiyani ajratib ko‘rsatadilar:
1) davomiylik muddati 30-35 asrni о ‘ z ichiga olgan neolit davri;
2) davomiylik muddati 20-23 asrni o‘z ichiga olgan sharqiy quldorlik davri (bronza asri);
3) davomiylik muddati 12—13 asrni o‘z ichiga olgan antik davr (temir asri);
4) davomiylik muddati 7 asrni o‘z ichiga olgan erta feodal davri;
5) davomiylik muddati 4,5 asrni o‘z ichiga olgan industrlashishdan oldingi davr;
6) davomiylik muddati 2,5 asrni o‘z ichiga olgan industrial davri;
7) davomiylik muddati 1,3 asrni o‘z ichiga olgan yuqori industrlashish davri.
Bu qayd qilingan bosqichlardan ko‘rinib turibdiki, ushbu nazariyada turli qarashlar va yondashuvlami aralashtirish holatiga yo‘l qo‘yilib, jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini ajratishning aniq bir mezoni yoki belgisi mavjud emas.
Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga texnologik yondashuv ham ma’lum bir oqim hisoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ko‘lami va tavsifini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil etish, mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish zarur deb hisoblaydilar.
Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi. Ular o‘rtasidagi chegaralami jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik bosqichlari ajratib turadi. Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o‘tish asosan, mehnat vositalarining tavsifidagi o‘zgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida farqlanadi. Bular oddiy kooperatsiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish. Oddiy kooperatsiya - bu bir xil tovarni ishlab chiqarish yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushishi, birgalashib ma’lum tartib va reja asosida ishlaydigan kishilar guruhidir. Kooperatsiyaning yakka tartibdagi hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan afzalliklari quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi:
1) ko‘plab ishchilaming birgalikdagi mehnati ishchi kuchidagi alohida tafovutlaming yo‘qolishiga, ulaming sifat jihatidan bir xillashuviga olib keldi;
2) bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida yoqilg‘i, yoritish va boshqa shu kabi xarajatlaming kam sarflanishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarish vositalarining tejalishiga olib keldi;
3) birgalikdagi mehnat bellashuvni keltirib chiqarib, mehnat unumdorligini oshirdi.