IQTISODIYOT FANINING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI Haydar
I- BOB.IQTISODIYOT FANI VUJUDGA KELISHINING ASOSIY BOSQICHLARI. IQTISODIYOT NAZARIYASINING PREDMETI VA USLUBI. 1.1 Iqtisodiyot fanining vujudga kelishi va tarixi. Uzoq davrlar davomida insoniyat tafakkuri aniqlagan ayiim masalalar bugun juda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo'lgan narsaga o'xshab korinadi.
Masalan, hammaga ma'lumki, siyosat, san'at, adabiyot, ma'rifat, madaniyat bilan shug'ullanishdan oldin insonlar oziq — ovqat va kiyim — kechakka ega boiishlari lozim.
Demak, inson mehnat qilishi, xo'jalikning turli sohalarida faoliyat ko'rsatishi kerak bo'ladi. Insoniyatning mavjud bo'lishini va uning taraqqiyotini ta'minlaydigan asosiy faoliyat moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratish hamda xizmat ko'rsatish hisoblanadi. Bu iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Iqtisodiyotga oid bilimlar va uning sirlari antik dunyoning ko'zga ko'ringan olimlari Ksenofot, Aflotun, Araslu asarlarida, shuningdek, qadimgi Kisr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo c'imlanniny asarlarida aks ettirilgan.
Fan, ya'ni iqtisodiy tizimning mohiyati, maqsadi va vazifalari to'g'risidagi tizimiy bilim sifatida iqtisodiy nazariya XVI—XVII asrlarda yuzaga keldi. Bu kapitalizmning shakllanishi, manufakturaning yuzaga kelishi, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashishi, ichki va tashqi bozorlarning kengayishi, pul muomalasining intensivlashuvi davridir.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanishi va rivojlanishining birinchi bosqichi bu merkantilizmning yuzaga kelishidir.
Merkantilistlar ta'limotining mohiyati boyiikning yuzaga kelishi manbasiga berilgan ta'rifdan iborat (ularning xizmati shundadir, chunki ular bu to'q'risida birinchi bo'lib fikr bildirganlar) Biroq. ular bu masalani noto'gri lalqm qilganlar, chunki boyiikning manbami muomala sohasidan keltinb chiqarganlar, boylikni esa pul bilan tenglashtirganlar. Mazkur ta'limotning nomi ham shundan kelib chiqqan, chunki "merkantil" tarjimada "pullik" ma'nosini anglatadi. Merkantilistlar savdogarlar vakillari bo'lib, ularning manfaatlarim himoya qilganlar.
Merkantilizmga fikran yaqin bo'lgan ta'limot proteksionizm siyosatidir. U milliy iqbsodiyotni bosliqa davlatlar bilan bo'ladigcin raqobatda bojxona to'siqlarini joriy qilish, mamlakatga chet el tovarlari va kapitallarini kirib kelishini cheklash yo'li bilan himoya qilish va saqlashga yo'naltirilgan.
Merkantilizmrnng eng ko'zga ko'ringan vakillari bo'lib T. Man (1571—1641), A. Monkretyen do Vaffevil (1575—1621), G. Skarufli (1519- 1584), D. Nore (1641-1691), D. Yum (1711 - 1776) hisoblanadi.
Keyingi oqim «fiziokratiya», ya’ni «tabiat hukmronligi» deb alalyan. Ular rnerkantilistlardan tarqli o'laroq, «boylik qishloq xo'jaligida yaratiladi va ko'payadi» degan g'oyani ilgari suradilar. Keyincha iqtisod fanining mumtoz (klassik) maktabi namoyandalari bo'lmish A.Smit, U.Petti, I). Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik laqatgina qishloq xo'jaligidagma emas, shu bilan birga, sanoat, transport, qurilish va boshqa xizmat ko'rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar, hamma boylikning onasi yer, otasi mehnat, degan qat'iy ilmiy xulosaga keldilar.
Markaziy Osiyoda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishi Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, A. Navoiy va boshqa dunyoga mashhur olimlar nomlari bilan bog'liq.
Ularning asarlarida iqtisodiy tikriar hali falsafiy va butun ijtimoiy bilimlar majmuidan ajralmagan bo'lsada, katta ahamiyatga ega edi.
Hozirgi paytda marjenalizm, monetari/ i, keyinschilik va boshqa qator yo'nalishdagi iqtisodiy ta'limotlar yiq'indisi «Ekonomiks» («Iqtisod») nomli kitobda mujassamlashgan bo'lib, u AQSH, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida o'tiladi Rus tiliga tarjima qilinib, bizqa ma'lum bo'lgan P. Samuelson, K. Makkormell, S.Kryu kitoblari uning namunalaridir. Shunday qilib, yuqorida aytib o’tilgan iqtisodiy g'oyalar asosida iqtisodiyot nazanyasi tan sifatida vujudga kelgan.