3. Statistika fanining asosiy kategoriyalari va tushunchalari.
Statistika iqtisodiy fanlar tizimida bazaviy fanlardan biri hisoblanadi.
G.Axenvall (1719-1772 ) birinchi marta «statistika» so’zini qo’llagan. «Statistika» atamasi lotincha «Status» so`zidan olingan bo`lib, hodisalarning holati, ahvolini bildiradi. «Status» so`zi negizidan «Stato» - davlat, «statusta» - davlatni biluvchi, «statustica», ya`ni davlat to`grisida muayyan bilim, ma`lumotlar yig’indisi degan tushunchalar kelib chiqqan.
Statistika deganda nima tushuniladi:
Statistika deganda, mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ, ya’ni statistika organlari tushuniladi. Statistika deganda biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig’indisi tushuniladi. Statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to’plash va interpretatsiya (izohlash, talqin qilish) metodlarini o’rgatuvchi fan tushuniladi.
Statistika predmeti
Statistika fanining predmeti deb ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uyg’unlikda, aniq makon va zamonda o’rganishga aytiladi. Statistikaning o’rganish obyekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir. Statistika fanining predmeti deb ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uyg’unlikda, aniq makon va zamonda o’rganishga aytiladi. Statistikaning o’rganish obekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir.
Statistika fani predmetini aniqlash prinsiplari
Statistik usullar guruhlari
Statistik kuzatishnini tashkil etish va o’tkazish usullari
Statistik kuzatish ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida qo’llaniladigan guruhlash usullari
To’plangan ma’lumotlarni umumlashtirish usullari
Statistik metodologiya bosqishlari
O’rganilayotgan obekt to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash
Jamlash va guruhlash
Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni hisoblash va talqin qilish