Gidroakkumulyatorlar. Gidravlik sistemalarda bosim va suyuqlik sirtini ortib ketishi yoki kamayish hollari bo’ladi. Bunday hollarda bosim va sirtni normallashtirish uchun gidroakkumulyatorlardan foydalaniladi. Ular suyuqlik sirti yoki bosimi ortib ketganda yuqori bosimdagi suyuqlikning bir qismini o’ziga olib sistemadagi bosim va sirtni kamaytiradi, teskari holda esa o’zidagi suyuqlikni sistemaga berish yo’li bilan bosimni va sirtni oshiradi. Gidroakkumulyatorlar, gidrotormozlar, ko’targichlar, presslar, chigirlar va boshqa gidromashinalar ishlatiladi.
Potentsial energiya qaysi usul bilan to’planishi va qaytarib berilishiga qarab pnevmatik, prujinali va yukli gidroakkumulyatorlarga bo’linadi. Yukli gidroakkumulyatorlar tsilindr, uning ichida harakatlanuvchi va yuk ortilgan yelka (obkash) li plunjerdan iborat bo’lib, tsilindrga gidrosistemaning suyuqlik harakat qiluvchi qismlari Quvur orqali tutashtirilgan bo’ladi. Sistemada bosim ortib ketsa, suyuqlik tsilindrga o’tib yukli plunjerni ko’taradi, bosim kamayganda esa plunjer pastga tushib suyuqlik tsilindrdan sistemaga qarab oqadi. Natijada bosimning o’zgarishi tekislanadi.
9.3-rasm. Pnevmatik gidroakkumulyator sxemasi.
9.3–rasmda pnevmatik gidroakkumulyator sxemasi ko’rsatilgan. U korpus 1, diafragma 2 dan tuzilgan bo’lib, shtutser 4 orqali gidrosistemaga ulangan bo’ladi. SHtutser 5 gidroakkumulyatorni gaz bilan to’ldirish uchun xizmat qiladi. SHayba 3 esa gazning rezina diafragmani korpusga (akkumulyatorda bosim kamayganda) ezib kuyishidan saqlaydi.
Diafragmani harakatga keltiruvchi kuch:
F1= ( p1 - p2 ) S. (9.8)
Suyuqlikda ishqalanish kuchi F2 mavjud. U holda diafragmaga ta’sir etuvchi kuch orqali xaqiqiy bosim quyidagicha aniqlanadi:
(9.9)
Bu holda xaqiqiy bajarilgan ish
(9.10)
Bu yerda - gidroakkumulyatorning foydali ish koeffitsienti.
Gidrosistemadan gidropressga suyuqlik oqib o’tganida yuz beradigan qarshilikni hisobga olish mumkin edi. Bu gidroakkumulyatorga suyuqlik o’tishi tomomlanmagan taqdirdagina kerak. Boshqa hamma hollarda yuqoridagi formula gidroakkumulyatorlarni hisoblash uchun o’rinli bo’ladi.
b) Gidroakkumulyatorlar gidrosistemadagi bosimni, uning biror qismida oshirib berish uchun foydalinadi. Bu vazifa ko’p hollarda xususan gidroakkumulyatorlar yetarli bosimni ta’minlab berolmaganda muhim ahamiyatga ega. 9.4-rasmda gidromultiplikkatorning soddalashtirilgan sxemasi keltirilgan. U differentsial tsilindirda harakatlanuvchi differentsial porshendan tashkil topgan. Bo’shliq 1 gidrosistemaga ulangan, bo’shliq 2 ortiqcha suyuqlikning oqib ketishi uchun, bo’shliq 3 esa suyuqlikning – gidrosistemaning ish bajaruvchi organiga bog’langan.
9.4–rasm. Gidromultiplikator chizmasi.
Bo’shliq 2 dagi chegirma bosimni hisobga olmaganimizda uchinchi bo’shliqdagi bosim quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
(9.11)
bu yerda: g-gidravlik qarshiliklarini hisobga oluvchi koeffitsient;
mek -mexanik qarshiliklarni hisobga oluvchi koeffitsient;
Gidromultipliqatorlarning sarfi suyuqlik sarfining miqdoriga qarab hisobga olinadi va ular suyuqlik sarfining kichik qiymatlari uchun ishlatiladi. Suyuqlik sarfi katta o’zgarishlarga to’g’ri kelganda bunga qaraganda boshqacharok sxemalar ishlatiladi.
SINOV SAVOLLARI:
Paskal qonunini ayting?
Gidropressning tuzilishi, ishlash prinspi va qo’llanishini ayting?
Gidroakkumulyator va gidrosilindrning ishlash prinsipini tushintiring ?
Dostları ilə paylaş: |