Yorug’lik oqimi Yorug’lik oqimi – lampaning barcha taraflariga tarqalayotgan yorug’likning miqdori va kuchini belgilovchi kattalik. O’lchov birligi lyumen (lm).
Svetodiodli lampalarning eng katta afzallik jihatlaridan biri elektr energiyasini kam iste’mol qilishiga qaramasdan katta yorug’lik oqimiga egaligidir. Ushbu tipdagi lampalarni xarid qilishda cho’g’lanma lampalar kabi quvvatdan kelib chiqqan xolda xulosa qilish biroz noto’gri. Chunki, quvvat yorug’lik oqimining ko’rsatkichi emas, balki, iste’mol qilinadigan energiya miqdorini xarakterlaydi.
Quyida uch turdagi lampalarning quvvati bo’yicha qanday yo’rug’lik oqimiga ega ekanligi haqida solishtirma jadval keltirilgan.
Cho’g’lanma lampa (лампа накаливания)
Quvvat, Vatt
5
15
25
40
60
75
100
150
200
Yorug’lik oqimi, lm
20
120
220
415
710
935
1350
2160
3040
Lyuminestsent lampa (люминесцентная лампа)
Quvvat, Vatt
5
7
9
11
15
21
23
26
Yorug’lik oqimi, lm
145-
225
250-
345
320-
600
500-
900
875-
1050
900-
1200
1485-
1500
1450-
1600
Svetodiodli lampa (светодиодная лампа)
Quvvat, Vatt
3
5
6
7
10
12
15
20
Yorug’lik oqimi, lm
180-
360
420-
540
540-
620
620-
680
840-
920
950-
1170
1150-
1300
1700-
2200
Bu ko’rsatkichlarni umumlashtirgan holda quyidagi jadvalni tuzish mumkin:
Cho’g’lanma lampa, Vatt
Lyuminestsent lampa, Vatt
Svetodiodli lampa, Vatt
40
8
5
60
12
7
100
20
12-13
150
30
20
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, svetodiodli lampalar oddiy cho’g’lanma lampalarga nisbatan 7-8 marta, lyuminestsent lampalarga nisbatan 2 barobar energiya tejamkordir.
Yana shunday vaziyatni ham inobatga olish kerakki, lampaning rang harorati qanchalik yuqori bo’lsa, uning yorug’lik oqimi va yorqinligi shuncha yuqori bo’ladi.
O’ylaymanki, maqola Sizga manzur keldi. Maqolada xato va kamchiliklarni uchratgan bo’lsangiz, izoh qoldirishingizni so’rayman.