Mavzu: syujet va kompozitsiya


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 139,29 Kb.
səhifə2/8
tarix25.12.2023
ölçüsü139,29 Kb.
#195342
1   2   3   4   5   6   7   8
25-MAVZU. SYUJET VA KOMPOZITSIYA. KURS ISHI. MIRZAYEVA LAYLO

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ana shunday yuksak g`oyalar yo`lida jonbozlik ko`rsatib, o`zining butun ijodiy faoliyatini yosh avlodni insoniylik ruhida tarbiyalash ishiga bag`ishlagan, badiiiy baquvvat asarlari bilan o`zbek adabiyotshunosligi soxasini boyitgan adibiyotshunoslar talaygina. Ta‘kidlash joizki, adabiyotshunosligimizda shu kungacha syujet,uning turlari, komponentlari,konflikt va uning turlari,badiiy asar kompozitsiyasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, shakllanishi va taraqqiyotining mukammal ilmiy tarixi yaratilgani yo`q. Ayniqsa, badiiy asarlarning shakllanish jarayonida syujet, konflikt, kompozitsiyaning tutgan о`rni va ahamiyatini kо`rsatuvchi monografik asosdagi tadqiqot olib borilmagan.
Kurs ishining ob’ekti va predmeti. Zamonaviy o`zbek nasrida syujetning bu tipi kengroq tarqalgan: "O`tgan kunlar", "Mehrobdan chayon", "Kecha va kunduz", "Qutlug` qon", "Sarob" — bularning barida tashqi harakat dinamikasi yetakchilik qiladi. Ayni paytda, bu asarlarda "ichki harakat" dinamikasi ham kuzatiladi, biroq u mavqe jihatidan syujet tipini belgilashga ojizlik qiladi. Syujetning ikkinchi tipiga asoslangan asarlar adabiyotimizda ancha keyin, 80- yillardan boshlab maydonga kela boshladi. Hozircha, syujetning mazkur navi nasrning kichik shakllarida, shuningdek, bir qator dramatik (masalan, Sh.Boshbekovning "Taqdir eshigi", "Eshik qoqqan kim bo`ldi" pyesalari) sinab ko`rildi. Xususan, A.A`zamning "Bu kunning davomi", "Asqartog` tomonlarda" nomli qissalarida voqealar o`z holicha emas, personaj ruhiyatidagi jarayonga turtki berishi jihatidan ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining xulosasi. Badiiy asar syujeti voqealardan, voqealar esa personajlarning xatti-harakatlari, o`zaro murakkab munosabatlari, ziddiyatlaridan tarkib topgani bois ham uni hayot ziddiyatlarini umumlashtiruvchi voqealar sistemasi sifatida ta`riflanadi. Syujet bilan konflikt orasida ikkiyoqlama aloqa kuzatiladi: bir tomondan, syujet konfliktlarni umumlashtirib namoyon qiladi, ikkinchi tomondan, konflikt syujetni harakatga keltiruvchi asosiy kuch sanaladi. Ko`rinadiki, syujet va konflikt badiiy asarda uyg`unlashadi, biri ikkinchisini taqozo qiladi. Konflikt (lat., to`qnashuv) deganda badiiy asar personajlarining o`zaro kurashlari, qahramonning o`z muhiti bilan ziddiyatlari, shuningdek, uning ruhiyatida kechuvchi qarama-qarshiliklar tushuniladi.

Yüklə 139,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin